К содержанию
РецензированоUZ2015

Odam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi diniy qarashlar evolutsiyasi

Computing (NCBDC’) · At: Trichy.

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 83-91 · 2015

Аннотация

Ushbu maqolada odam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi diniy qarashlar evolutsiyasi, olam va odamning vujudga kelishi haqida olimlarning fekrlari, mifologik dunyoqarashga asoslangan dinlarning dastlabki unsurlari, olam va odamning vujudga kelishi haqida Qur’oni Karimda keltirilgan bir qator ma'lumotlar keltirilganligi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: Diniy qarashlar evolutsiyasi, mifos - afsona, rivoyat, hikoyat, Dioxronik aspect, sinxromk, “Alak” surasi, “Zumar” surasi, “Fussilat” surasi, Kronos, Zevs. Odamzod yaratilibdiki, u muttasil ravishda atrofni, o'rab turgan borliqni tadqiq etib kelmoqda. Bu jarayonda odamzod ulkan bilimlar imoratiga asos soldi. Hozirda insoniyat to‘plagan tarixiy tajribasi va bilimi orqali yer kurrasidan chiqib, koinot sirlarini ham tadqiq etishiga qadam qo'ydi. Bu natijalarning asosi bo‘lgan ilmiy bilish jarayoni naqadar mashaqqatli, zahmatli b‘lmasin, odamzod o‘z tabiatidagi qiziqishi tufayli bu qiyinchiliklarni yengib kelmoqda. Insoniyatning bu mashaqqatli mehnati orqali biz butun jamiyat, tabiat va koinot haqida ilmiy fundamental bilimlarga ega bo‘lib bormoqdamiz. Hozirda bu bilimlarning tarmoqlanishi juda ko‘plab fanlarni vujudga keltirib, ular orqali odamlar tabiatidagi eng kichik zarralardan tortib, ulkan narsa-hodisalarning mohiyati tadqiq etmoqda. Insoniyatning bu faoliyatidan, albatta, odamning o‘zi ham chetda qolmayapti. Hozirgi kunda olam va odamning vujudga kelishi haqida olimlar tomonidan juda ko‘plab ilmiy nazariyalar yaratilgan. Hozirda olam va odamning vujudga kelishi haqidagi bu nazariyalar qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, ming yillar davomida shakllangan va ildiz otgan qarashlar ham shunchalik kata rol o’ynamoqda. Ma’lumki, mif (yun. mifos - afsona, rivoyat, hikoyat) - bu ibtidoiy davr kishilarining ongi va tushunchasida odam, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bo‘lishi bilan bogiiq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishidir. Ibtidoiy davrda yashagan odamlar tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan voqea va hodisalarning asl sabablarini to‘g‘ri anglab yetmaganlar va ularga qandaydir tashqi qudrat ifodasi deya qaraganlar. Mifologik tasavvurlar dunyoni mifologik obrazlar orqali anglash jarayoni sifatida obyekt bilan subyekt hamda ijtimoiylik bilan tabiylik o‘rtasidagi munosabatlarning о‘tа sodda ifodasi bo'lib, o'z navbatida, totemizm, letishizm, animizm, afsungarlik (magiya) va boshqa qator shakllarda namoyon bo’ladi. Har qanday miflar, odatda, o'zida ikki aspektni mujassamlashtiradi. Dioxronik aspekt o‘zida o‘tmish voqea va hodisalari to'g'risida bayon qiladi va, shuningdek, sinxromk - hozirgi va kelgusi zamon voqea va hodisalari to‘g‘risida bayon qiiib, ibtidoiy jamoa indivud- lari ongida real mavjud hodisa tarzida aks etadi. Mifologik dunyoqarashga asoslangan dinlarning dastlabki unsurlari odamlar hayotida o‘z-o‘zidan shakllanib, takomillashib borgan. Chunonchi, mifologik qarashlar vujudga keladigan vaqtlarda dastlabki ibtidoiy odam to‘dalarida, xuddi hayvonlar ichida hozir ham mavjud bo‘lganidek, о‘zaro ishonch va ishonchsizlik ruhiy holati hukm surgan. Ibtidoiy odamlar uchim ishonch va ishonchsizlik ruhiy holati ularning yashab qolishida katta rol o‘ynagan. Ibtidoiy odamlaming jamoa bo‘lib yashashlari xavf- xatarlarga qarshi birga kurashishlarida ularda o‘zaro ishonchdan tashqari, urug'larda ruxsat va taqiqlar (tabu) tiziminirig shakllanib borishi ham katta ahamiyat kasb etgan. Ibtidoiy jamoalardagi bu ikki holatda, ya‘ni o‘zaro ishonch va ishonchsizlik holati haqida ruxsat va taqiqlar (tabu) tizimida dastlab hech qanday diniy dunyoqarashlar unsurlari bo‘lmagan. Ular urug' jamoa a'zolarini muayyan tartib doirasida ushlab turish, oziq-ovqati va jinsiy aloqalarga doir bo‘lgan zero, «moddiy va 624 jinsiy ehtiyojlar kabi nihoyatda muhim individual ehtiyojlarni jilovlamay va muayyan me’yorga solmay turib, odamzodning jamiyat bo'lib yashashi amri mahol edi». Vaqtlar o‘tishi bilan jamoaning kengayishi, tabiiy zaxiralarning kamayishi va boshqa holatlar tufayli odamlaming jamoa bo'lib yashashlari uchun oddiy o‘zaro ishonch va jamoaning ruxsat va taqiqlar (tabu) tizirni kifoya qilmay qoidi. Jamoaning ana shu ehtiyojidan, odamlarning tabiat oldidagi ojizligi va tushunmasligidan hamda boshqa sabablar iufayli miflologik dunyoqarash jamoaning birligini saqlash va odamlarning tabiat kuchlari oldidagi qo‘rquvi tufayli tug‘ilgan ma’naviy ehtiyojni to‘ldirishda muhim rol o‘ynadi. Har bir qit’a va mintaqada mifologik dunyoqarash alohida-alohida ajralgan holda o'ziga xos xususiyatlar bilan vujudga kelgan, ular shaklan bir-biridan farqlansa-da, ammo mohiyati e’tiboriga ko‘ra, mazmunan odamlardagi zoologik instinktlarni chegaralashga qaratilgan va olamda qandaydir sirli kuchlar borligi, ular bilan aloqa o‘rnatish orqali lurli tasodifiy ofatlar va yo‘qotishlardan forig‘ bo‘lish, birgalikda yashash sharoitini yaxshilash, taqdirini o‘zgartirish mumkinligiga ishonch ruhi qaror topa boshlagan. Shunday qilib, ilgarigidek oddiy ishonchdan farq qil

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada odam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi diniy qarashlar evolutsiyasi, olam va odamning vujudga kelishi haqida olimlarning fekrlari, mifologik dunyoqarashga asoslangan dinlarning dastlabki unsurlari, ol…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada odam va odamning paydo bo‘lishi haqidagi diniy qarashlar evolutsiyasi, olam va odamning vujudga kelishi haqida olimlarning fekrlari, mifologik dunyoqarashga asoslangan dinlarning dastlabki unsurlari, ol… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kronos, hikoyat, sinxromk, rivoyat, "Fussilat" surah, сура «Фуссилат», story, narrative, Эволюция религиозных взглядов, Дихронический аспект, “Fussilat” surasi, Кронос, mifos - afsona, рассказ, Зевс, Zevs., Zeus., Dichronic aspect, mythos - myth, мифос – миф, synchronism, “Zumar” surasi, "Alak" surah, Diniy qarashlar evolutsiyasi, Evolution of religious views, синхронизм, “Alak” surasi, Dioxronik aspect, сура «Алак», повествование, "Zumar" surah, сура «Зумар»
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники