Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОСОБЕННОСТИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI · Umarova Gulshod Abdujabbarovna · Xayrullayeva Dinora Azamatjon qizi (Guliston davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi.)
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Economic education is very important for preschool children. Every parent wants to send their child to the most knowledgeable, highly enlightened, skillful, creative educator. The article talks about the peculiarity of giving economic nature to preschool children, ways of using new pedagogical technologies to teach economic concepts in preschool educational organizations. Key words: Economic education, family, economic function, middle group, large group, land and land wealth. ОСОБЕННОСТИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА Аннотация. Экономическое образование очень важно для детей дошкольного возраста. Каждый родитель хочет отдать своего ребенка к самому знающему, высокообразованному, умелому и творческому педагогу. В статье говорится об особенности придания экономического характера детям дошкольного возраста, способах использования новых педагогических технологий при обучении экономическим понятиям в дошкольных образовательных организациях. Ключевые слова. Экономическое образование, семья, экономическая функция, средняя группа, большая группа, земля и земельное богатство. 284 Bugungi kunda ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidir. Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Ta’lim sohasidagi islohotlarning mazmunida yosh avlodga ilmiy bilimlarni berish, ularda keng dunyoqarashni shakllantirish va ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga nisbatan yangi talablarning belgilanganligi pedagogik faoliyatni tashkil etishga nisbatan innovatsion yondashuvni qaror toptirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bunga asos sifatida Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevnining yaqin besh yildagi, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini isloh qilinishiga oid bir qator hujjatlarni tasdiqlab, uni amaliyotga tadbiq etganliklarini ko‘rsatish mumkin. Keltirilgan fikrlarga asoslangan holada maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga tadbiq etish masalasi hozirgi kunda ham dolzarb masalalardan sanaladi. Iqtisodiy tarbiya avvalambor oiladan boshlanadi. Keyinchalik Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarga tarbiyaning mazmun mohiyati tushuntirib boriladi. Tarbiyachi bolalarga iqtisodiy tarbiyani o‘yin mashg‘ulotlari asosida ham o‘rgatib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berish, ularning mantiqiy fikrlash doiralarini o‘stirish, ishbilarmonlik, tejamkorlik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. O‘rta guruh bolalariga ilk iqtisodiy tushunchalarni berish quyidagi bo‘limlar: Inson va uning ehtiyojlari; Inson va iqtisod; Pul, mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlash asosida tashkil etiladi. Inson va uning ehtiyojlari haqida tushuncha berishda, inson uchun zarur bo‘lgan hayotiy ehtiyojlar (kiyim-kechak, oziq-ovqat va hokazo), tejamkorlik haqida (suvni, vaqtni tejash), maktabgacha ta‟lim tashkilotlaridagi va uydagi jihozlardan (o‘yinchoq, kitob va hokazo) tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish vaqt haqida ilk tushuncha berish orqali vaqt tejash haqida tushunchalar beriladi. Bu tushunchalarni berish orqali tevarak-atrofdagi buyum va xomashyolar, ularning xilma-xil sifatlariga, uy-ro‘zg‘or buyumlari (ko‘rpa-to‘shak, ko‘rpacha, yostiq, choyshab, idish- tovoqlar) ularni bir-biridan farqlash va umumlashtirish, ustki kiyimlar turlari haqida tasavvurlarini aniqlash va kengaytirishadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishdan asosiy maqsad bu bolaning tejamkor bo‘lishi, narsalarning qadr-qimmatini bilishi uchundir. Iqtisodiy tarbiya berish asosan o‘rta guruhlardan boshlanadi. O‘rta guruhdagi bolalarda bozor haqida bozordagi jarayonlar haqida 285 tushunchalarni shakllantirish kerak. Katta guruhdagi bolalarda bozor, sotuvchi, xaridor, mahsulotlarni ayirboshlash, pul birliklarini to'liq holda o'rgatish zarur. Ibn Sino materiyanining eng sodda bo‘laklarga bo‘linmaydigan shakli to‘rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat, ularning o‘simlik, hayvonot olamiga ta’siri bebaho boyliklarni asrab- avaylash kerakligi to‘g‘risida o‘zining “Aqsom ul-ulum ul-aqliya” (aqliy bilimlar tasnifi) asarida fikr yuritadi. Amir Temur mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko‘tarishda savdoning ahamiyatini tushunib bozorlar, rastalar, turli-tuman ustaxonalar barpo ettirib xalq hunarmandchilik san’atini taraqqiy ettirdi. Shuningdek, xalq farovonligi, mamlakat obodonchiligi yo‘lida suv omborlari, to‘g‘onlar qurishga, yangi yerlarni o‘zlashtirishga e’tibor berdi. Amir Temurning soliqlar haqidagi qoidasi muhim ahamiyatga egadir. A.N.Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: “Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonn
Доказательный фрагмент
«Economic education is very important for preschool children.»
Образец извлечения
Демо-превьюEconomic education is very important for preschool children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Economic education, family, economic function, middle group, large group
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026