Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
Chiqayotgan, kirayotgan va tranzit pochta jo‘natmalarini saralash jarayonlarini avtomatlashtirish yo‘llari
Axmadbekov Xokimbek Xasan o‘g‘li
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2012
Аннотация
Ushbu maqolada pochta jo‘natmasiga ishlov berishda saralash jarayonlarining o‘rni, pochta aloqasida chiqayotgan, kirayotgan va tranzit pochta jo‘natmalariga ishlov berish jarayonlari, bu borada xorijiy olimlarning fikr-mulohazalari asosida jo‘natmani manzilga yetkazib berishning o‘ziga xos yo‘llariga to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: jo‘natma, saralash, mexanizatsiya, konveyyer, oqim, tranzit, pochta, banderol, lenta. Hozirgi vaqtda, jo‘natmalarni avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish uchun mo‘ljallangan mashinalar tizimi ishlab chiqilgan va joriy etilgan bo‘lib, ular jo‘natmani o‘lchamlari va qattiqligi bo‘yicha ajratuvchi, ustiga shtamp bosuvchi, manzil raqam kodi bo‘yicha saralovchi avtomatlashtirilgan mashinalarni o‘z ichiga oladi. Bunday mashinalar tizimini yaratishda texnikaviy masalalarni hal qilish bilan bir qatorda, pochta korxonalarini raqamli indeksatsiyalash tizimini ishlab chiqildi. Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining ikkinchi bobi pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining huquq va majburiyatlari belgilangan bo‘lib, uning 181-bandida pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan texnologik uskunalar, mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va axborotlashtirish vositalariga ega bo‘lishi[1] zarurligi belgilab o‘tilgan. Olim Verxova G.V. fikricha pochta aloqasini yangi loyihalashtirish, qurish, texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, pochta aloqasini modernizatsiya qilish, zamonaviy mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalarini joriy etish asosida logistika va transport aloqalari va vositalari tizimi, pochta aloqasini ilmiy ko‘llab-quvvatlashni rivojlantirish, ilmiy- texnik bazani takomillashtirish va qayta qurish, texnologik taraqqiyotning istiqbolli yo‘nalishlari, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalarini hal qilishga imkon beradigan ilmiy-texnik bazani takomillashtirish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish[2] juda muhim bo‘lib, bunda jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etish, pochta aloqasini modernizatsiya qilish, zamonaviy mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Butun dunyo bo‘ylab pochta aloqasi operatorlari bugungi kunda jiddiy muammolarga duch kelmoqdalar. Masalan ichki raqobat, xususiy kompaniyalar va kurerli xizmatlari[3] bugun barcha sohada aholi tomonidan talab va takliflar ortib bormoqda. Bu esa pochta aloqa tizimida mavjud xizmatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor berish kerakligini ko‘rsatmoqda. Pochta foydalanuvchilarining ehtiyojlari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi pochta tizimlari o‘zgarmoqda. Mijozlar va korxonalar tomonidan yuborilgan pochta jo‘natmalar soni pasayishda davom etmoqda, ammo posilkalar hajmi yildan yilga o‘sib bormoqda. Covid-19 pandemiyasi 569 ushbu tendensiyalarni tezlashtirdi va Buyuk Britaniya bo‘ylab doimiy mijozlar va korxonalar uchun pochta xizmatlarining muhimligini ta’kidladi. Bu esa pochta operatorlarining rivojlanishiga olib keldi. Pochta xizmatlari uchun ayniqsa onlayn xarid qilish buyurtmalarini bajarish uchun raqobat kuchaydi. Bu iste’molchilarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga javoban innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. Bugungi kunda misol uchun “Royal mail” tomonidan boshqa operatorlar singari, o‘z biznesini rivojlantirib, shu bilan birga universal pochta xizmatini aholiga taqdim etishni davom ettirmoqda[4]. Hozirgi kunda, jo‘natmalarni jo‘natish havo transporti orqali Turkiya, Estoniya, Litva, Singapur, Fransiya, Belgiya, Shveysariya, Daniya va Gollandiya davlatlaridan, yеr usti transporti orqali esa Latviya, Xitoy, Estoniya, Gruziya davlatlaridan O‘zbekistonga yuborilmoqda. Har bir pochta jo‘natmasi jo‘natuvchidan oluvchiga qadar yagona ishlab chiqarish jarayonining bir qancha majburiy bosqichlaridan o‘tadi. Buning natijasida pochta aloqasi xizmatiga berilgan buyurtma pochta aloqasi mahsulotiga aylanadi. Yagona ishlab chiqarish jarayonini har bir pochta korxonasi uchun o‘ziga xos bo‘lgan va ularda to‘la bajariladigan alohida jarayonlarga ajratish mumkin. Ularda chiqayotgan, kirayotgan va tranzit pochta jo‘natmalariga ishlov berish jarayonlari qamrab oladi. Jo‘natmalarni saralash uskunalarining funksional sxemasi tarkibiga ishga tushirish qurilmasi, taqsimlash konveyyeri va yig‘gichlar orqali amalga oshiriladi. Kiruvchi jo‘natmalarni yig‘ish, tashish va avtomashinalarga topshiriladi. Chiquvchi va tranzit jo‘natmalar solingan konteynerlarni tashish va topshirish esa quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Konteynerlar ombor liniyalaridan konveyyerlar orqali tartibga solish doiralari deb ataluvchi joyga chiqariladi. Bu doiralardan konteynerlar pochta vagoni yukxonasiga joylashtirish tartibiga muvofiq ravishda ketma-ket tanlab olinadi va konveyyerning tushirish bo‘lmasi yordamida pochta vagoni yonidagi platformaga o‘rnatiladi. Bu yerdan konteynerlar vagon krani orqali yukxonaga joylanadi. Konveyyerlar, asosan, pochtani qayta ishlashda operatsiyalar transport ishlarida va pochta korxonalarida hamda turli xil pochtani qayta ishlovchi mashinalarning ta
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada pochta jo‘natmasiga ishlov berishda saralash jarayonlarining o‘rni, pochta aloqasida chiqayotgan, kirayotgan va tranzit pochta jo‘natmalariga ishlov berish jarayonlari, bu borada xorijiy olimlarning fik…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada pochta jo‘natmasiga ishlov berishda saralash jarayonlarining o‘rni, pochta aloqasida chiqayotgan, kirayotgan va tranzit pochta jo‘natmalariga ishlov berish jarayonlari, bu borada xorijiy olimlarning fik… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- saralash, transit, jo‘natma, поток, lenta., скотч., сортировка, бандероль, отправка, mexanizatsiya, транзит, flow, tape., conveyor, почта, banderol, konveyyer, механизация, sorting, конвейер, mechanization, oqim, tranzit, pochta, dispatch, mail
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021