К содержанию
РецензированоUZ2022

Kasb ta`lim dizayn yo'nalishida ixtisoslik fanlarini 3d texnologiyalaridan foydalanib o'qitishning axborot dedaktik ta`minoti

А Гофурова (Джизакский Государственный Педагогический Университет)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2022

Аннотация

Ushbu maqolada libos dizayni yo'nalishining o'quv rejasidagi ixtisoslik fanlarini kompyuter texnologiyasining maxsus darsturlaridan foydalanib o'qitish texnologiyasi va ushbu tavsiya etilayotgan maxsus dasturlar haqida ma`lumotlar keltirilgan. Kalit so'zlar: dizayn, kompyuter dasturi, o'qitish, ixtisoslik, 3D MAX Mamlakatimizda zamonaviy ta`lim tendentsiyalari asosida kasbiy ta`lim tizimini isloh qilish, uning samaradorligini oshirish va shu orqali malakali kadrlar tayyorlashga alohida eъtibor qaratilmoqda. Shundan kelib chiqib ushbu tadqiqot ishining asosiy maqsadi dizayn yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashning ta’lim jarayonida ixtisoslik fanlarini o‘qitish sifatini oshirish va takomillashtirishga qaratilgan. Shu vaqtga qadar olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ixtisos fanlarining xususiyatidan kelib chiqqan xolda qo‘llaniladigan 3D max texnologiyasining dastur vositalarining turlari aniq ko‘rsatib o‘tilmagan[1]. Axborot texnologiyalariga bo'lgan talablarning oshib borishi kompyuter dasturlarining yangi turlarini yaratilishiga turtki bo'lmoqda. Shu qatori 3D max texnologiyasining dasturlari ham. 3D max dasturlari bir –biridan farq qilib, ular qo‘llanilish sohasiga ko‘ra turlicha imkoniyatlar va qulayliklarga ega. Xozirda “Libos dizayni” yo‘nalishida Dizaynerlarni tayyorlashning amaldagi mavjud tizimi zamonaviy kompyuter texnologiyalariga, jumladan, 3D мах texnologiyasining maxsus dasturlariga to‘liq asoslanmagan vа jamiyatni kompyuterlashtirishning zamonaviy sharoitida bo‘lajak dizaynerlarni kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun tayyorlashni to‘liq ta’minlamaydi. Kompyuter texnologiyalari keng qamrovli tarkibga ega bo‘lib, ularni kompyuter tizimlari texnologiyasi, kompyuter qurilmalari, kompyuter komponentlari va kompyuter dasturlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Dizaynning deyarli barcha sohalarigа kompyuter grafikasidan foydalanishni tavsiya etish dizayn ta’limining rivojlanishi, shuningdek dizaynerlarni kasbiy tayyorlashda kompyuter grafikasidan kompleks foydalanishning ilmiy va uslubiy yondashuvlariga asoslanadi[2]. Kompyuterda 3D modellashtirish - bu kompyutor texnologiyani o‘rganishning yanada murakkab darajasidir. Buni o`zlashtirish unga qo`yilgan talablarni e’tiborga olgan holda kasbiy faoliyatlarning muayyan turlaridа ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasida amalga oshiriladi. Buning uchun kadrlarga qo'yiladigan malaka talabalar va maxsus tayyorlangan fanning dasturi mavjud bo'lishi lozim. Ixtisoslik fanlarining dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilarining talabalari inobatga olinadi. Shundan kelib chiqib xozirda Dizayn yo‘nalishlariga “Dizayn ob’ektini kompyuterda modellash” fani kiritilgan bo‘lib bu fan ko‘proq texnik sohada (loyihaviy faoliyatda) qo‘llanilishi yaxshi samara berishi amalda sinab ko‘rilgan. Bu fan bugungi kunda Libos dizayni yo'nalishining o'quv rejasiga ham kiritilgan. Dizayn yo‘nalishining ixtisoslik fanlar blokida kiyimning fazoviy hajmiy shaklini xosil qilish usullari nuqtai nazaridan kelib chiqib, shakli hosil qilinayotgan model uchun ishlatiladigan original material bilan maket materialining xususiyatlari orasidagi farqni tushuna olish; murakkab bichimli har xil shakl va xajmdagi kiyimlarning texnik eskizini uch tomonlama ko‘rinishini chiza olish; kiyim eskiz va texnik eskizlarni taxlil qila olish va ular orasidagi farqni tushunish; yelkada va belda turuvchi kiyim detallarining (lif old va ort) bo‘laklari qadalmalarini bilish: murakkab shakl va murakkab bichimli kiyimlar maketini xosil qilish; murakkab shakldagi kiyimlar uchun xosila va yordamchi andazalarni yarata olish; ixtisoslik fanlarni o‘qitishdagi talablarda belgilab qo‘yilgan. Shu talablardan kelib chiqib libos dizayni talabalariga ixtisos fanlarni o‘qitishda o‘quv rejasiga “Dizayn ob’ektini kompyuterda modellash” fanini kiritish lozim deb topilgan. Shundan kelib chiqib ushbu fan asosida Oliy ta’limda dizayn yo‘nalishi talabalariga liboslarni dizayn loyihalash, konstruksiyalash, modellashtirishni o‘rgatishda 3D 560 texnologiyasining “Nano CAD”, Assyst CAD, CLO 3D, kompyuter dasturlaridan foydalanish o‘qitish jarayonini takomillashtirish amaliyotini joriy etadi[3]. Bu fanni libos dizaynining o‘quv rejasidagi umumkasbiy fanlariga integratsiyalash imkoniyatlarini tahlil qilib, tasviriy san’at, rangtasvir, kompozitsiya, libos dizayni fanlariga ham qo'llash mumkin. Kiyimlarni dizayn loyihalash jarayoniga kompyuter dasturlarining faol kiritilishi nafaqat dizayner ishining asboblari, balki yakuniy mahsulot turi ham o‘zgardi. Shu bilan birga, dizaynerning kasbiy muhiti uning ishiga yangi talablar qo‘yadi va oliy ta’lim bitiruvchisining qiyofasini belgilaydi. Tadqiqotimiz muammolarini hal qilish uchun "Dizayn" mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan universitetlarning o‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish xususiyatlarini o‘rganish muammosiga batafsil to‘xtalib o‘tish kerak. Oliy ta`lim muassalarida dizayn yo'nalishining ixti

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada libos dizayni yo'nalishining o'quv rejasidagi ixtisoslik fanlarini kompyuter texnologiyasining maxsus darsturlaridan foydalanib o'qitish texnologiyasi va ushbu tavsiya etilayotgan maxsus dasturlar haqid…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada libos dizayni yo'nalishining o'quv rejasidagi ixtisoslik fanlarini kompyuter texnologiyasining maxsus darsturlaridan foydalanib o'qitish texnologiyasi va ushbu tavsiya etilayotgan maxsus dasturlar haqid… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dizayn, kompyuter dasturi, o'qitish, ixtisoslik, 3D MAX, specialization, обучение, специализация, design, teaching, компьютерное программное обеспечение, дизайн, computer software
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники