К содержанию
РецензированоUZ2019

Hunarmandchilik mahsulotlari korxonalarida marketing strategiyalarining ahamiyati

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR · STRATEGIYALARINING AHAMIYATI. · Ravshanova Gulchexra Ravshanovna

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2019

Аннотация

Ushbu maqolada hunarmandchilik mahsulotlari savdosini kengaytirishga qaratilgan marketing strategiyalarining mohiyati va ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek maqolada hunarmandchilik mahsulotlari bozoridagi korxonalarda eng ko’p qo’llanilgan marketing strategiyalarining tasnifi keltirilgan. Kalit so’zlar: marketing strategiyasi, raqamli marketi,ng, account-bassed marketing (ABM), SEO marketing, Ijtimoiy media marketingi (SMM) Bugungi kunda O’zbekistonda milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish , ularni xarid qilish va sotishga katta e’tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidanti va hukumati tomonidan milliy hunarmandchilik sohasini qo’llab-quvvatlash maqsadida bir qator qonun va qarorlar qabul qilinib kelinmoqda. Bunga yaqqol misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli: “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” farmonida [1] keltirilgan davlat dasturida xususiy sektorning eksportdagi ulushini oshirish, shuningdek dasturning ustuvor yo‘nalishlar, maqsadlar va vazifalarida hunarmandlar mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama qilish xarajatlarini eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab berish kabi amalga oshirish mexanizmlari ta’kidlab o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-77-sonli Qarorida [2] ham aynan hunarmandchilik faoliyatini qo’llab quvvatlash tizimini rivojlantirishga oid vazifalar keltirib o’tilgan. Ushbu farmon va qarorlar ijrosini amalga oshirishda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, soha vakillarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar natijasida so’nggi besh yilda mamlakatimizdagi usta hunarmandlar soni 7 barobarga, shogirdlar 9 barobarga ko’payib, sohada band bo’lganlar soni 230 ming nafarga yetdi[4]. Hunarmandchilik mahsulotlari korxonalarining o’z mahsulotlarini sotishda marketing strategiyasi muhim rol o’ynaydi. Chunki marketing strategiyasi harakat yo'nalishini, 237 strategiyaning bir qismi sifatida amalga oshiriladigan tanlovlarni aniqlash, raqobatdosh ustunlikni aniqlash va bu tanlovlardan barqaror foyda olishdan iborat[3]. Strategik marketing jarayoni marketing maqsadlarini tanlashdan boshlanadi. Ushbu sohada marketing strategiyasining asosiy maqsadlari[8]: 1. Milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdo hajmini oshirish maqsadida mijozlarni jalb qilish va buyurtmalar sonini oshirish 2. Maqsadli auditoriyaning hunarmandchilik mahsulotlariga qiziqishini oshirish. 3. Korxona foydasini oshirish. 4. Hunarmandchilik mahsulotlari bozorning katta ulushini egallaydi. 5. Tanlangan bozor segmentida ushbu turdagi mahsulotlarning yetakchiligi. Demak yuqoridagi maqsadlarga erishih uchun hunarmandchilik mahsulotlari korxonalari quyidagi marketing strategiyalaridan foydalansa, sotish hajmini va talabni shakllantirishga muvaffaq bo’ladi: - Raqamli marketingdan hunarmandchilikda foydalanishda bir qancha elementlar ta'sir qiladi. Hunarmandchilik korxonalari “tezkorlik” tufayli boshqa marketing muammolariga duch kelmoqda iste'molchilarning xohish-istaklari va didlarining o'zgarishi, reklama va reklamaning noto'g'riligi, to'lovsiz narx belgilash va vositachilar tomonidan ekspluatatsiya kabilar[5]. Bugungi kunda barcha ijtimoiy guruhlar internetda faol bo‘lib, u yerda o‘z fikr- mulohazalarini hamma bilan baham ko‘rmoqdalar. Shu boisdan, tadqiqotchilar ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, forumlar, sharhlar va boshqa manbalarda tegishli ma’lumotlarni izlaydilar va mijozlarning xohish va ehtiyojlarini aniqlaydilar. Bu esa, raqamli marketing tadqiqoti World Wide Web orqali va undan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholashni tavsiflaydi. Bu ma’lumotlar to‘plamlarini qo‘lda tahlil qilishdan sun’iy intellekt gacha bo‘lgan raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash yordamida amalga oshiriladi[11]. - account-bassed marketing (ABM) – marketing faoliyatini mahsulotni sotib olishga qaror qilgan aniq mijozlar uchun ishlab chiqishni o'z ichiga oladi[4].. ABM - bu qaror qabul qiladigan aniq odamlarni qidirish va ular bilan ishlash tizimidir. Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotish siyosatini ishlab chiqishda ABM marketing turidan foydalanish asosida mijozlarni jalb qilish imkoniyati yaratiladi; - SEO raqamli marketingning asosiy qismidir. Sababi insonlar har yili trillionlab qidiruvlarni amalga oshiradilar, bunda asosan tijorat boʻyicha mahsulot va xizmatlar qidiriladi. Qidiruvlar brendlar uchun raqamli trafikning asosiy manbayi boʻlib, boshqa marketing kanallarini ham to‘ldiradi[7]. Biroq, soʻnggi bir necha yil ichida qidiruv natijalari foydalanuvchilarga koʻproq toʻgʻridan-toʻgʻri javoblar va maʼlumotlar berish uchun rivojlanmoqda, bu foydalanuvchilarni boshqa saytlarga olib borish oʻrniga natijala

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada hunarmandchilik mahsulotlari savdosini kengaytirishga qaratilgan marketing strategiyalarining mohiyati va ahamiyati ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada hunarmandchilik mahsulotlari savdosini kengaytirishga qaratilgan marketing strategiyalarining mohiyati va ahamiyati ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zilzilalar, intensivlik. seysmik ta'sir, intensivlikning oshishi. geologik va, маркетинг SEO, маркетинг в социальных медиа (SMM), marketing strategiyasi, Ijtimoiy media marketingi (SMM), ng, цифровой маркетинг, маркетинг на основе учетных записей (ABM), стратегия маркетинга, account-based marketing (ABM), SEO marketing, account-bassed marketing (ABM), digital marketing, social media marketing (SMM), raqamli marketi, marketing strategy
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники