К содержанию
РецензированоUZ2026

Gender tilshunoslikning taqdiqot ob’ekti sifatida

Мафтунахон Убайдуллаева (Коканский государственный педагогический институт)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 3 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada genderning tilshunoslikda o‘rganilishiga oid qarashlar tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada genderning tadqiq etilish jarayoni va uning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: gender, atama, jins, pragmatika, gender tilshunoslik, diskurs, bosqich, madaniyat, psixologiya, sotsiologiya. Ilm-fan taraqqiyoti natijasida tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari paydo bo‘ldi. Bu jarayonda terminologiyaning leksik sathi ham yangi atamalar bilan boyib bordi. Jumladan, R.Stoller tomonidan “gender” (gender) atamasi 1963-yilda psixoanalitiklar kongressida birinchi marta qo’llanilgan. R. Stoller “Jins va gender” kitobida jins va genderni alohida o‘rganish kerakligini ta’kidlab o‘tadi[1,383]. Olimning ta’limotiga ko‘ra, jins, ya’ni, ingliz tilidagi sex biologiya va fiziologiya fanlarining predmeti hisoblanadi. Gender esa (inglizcha – gender) farqli ravishda psixologiya va sotsiologiya fanlari doirasida tadqiq etilishi maqsadga muvofiq ekanligini ilgari suradi[2,17]. Tilshunoslikda dastlab bu atama boshqa fan tarmoqlariga nisbatan torroq maʼno kasb etgan. Gender deganda “ma’lum bir madaniyatda erkak va ayol bo’lish nimani anglatishi haqidagi g‘oyalarni to‘playdigan odatiy mafkuraviy tuzilma” tushuniladi. Genderga oid bo‘lgan masalalar jamiyatning madaniyat, qolaversa, ilm-fan tarmoqlarida 20-asrning 70-yillaridan boshlab o‘rganilib kelinmoqda. Tilshunoslikda genderni tadqiq etish yaqin tarixda boshlanigan bo‘lishiga qaramay, bu jarayon yana bir zamonaviy yo‘nalish – “gender tilshunoslik”ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Gender tilshunosligi tilshunoslikning zamonaviy tarmog‘i sifatida shakllanguniga qadar, genderga oid bo‘lgan masalalarning muhokamasi turli bosqichlarda davom etdi. Dastlabki bosqichda tilshunoslar tomondan gender va tildan foydalanish haqidagi umumiy fundamental qarashlarga izoh berilgan. Bu jarayonda “gender” termini, uning bilogiyadagi “jins” atamasidan bir qator xususiaytlari bilan farq qilishi, gender va til o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning tarixiy jihatlarini ham yotirib berilgan. Muayyan insonlar tomonidan “gender” atamasi u “jins” bilan bir xil deb hisoblagan holda noto‘g‘ri tahlil etib kelingan. Aksincha, ular turlicha ta’riflar bilan izohlanadi. Bu bosqichni tahlil qilgan tilshunoslardan biri SH.P.Gaur o‘z fikrini quyidagicha ifodalaydi: “Jins biologiyaga asoslangan ajratishdir, gender esa oila, jamiyat va ta’lim muhitidagi o‘zaro munosabatlar jarayoning ijtimoiy va psixologik tuzilmasidir”[3,12]. Keyingi bosqichda esa birinchisidan farqli ravishda, genderni muhokama qilish maqsadli tarzda amalga oshirilgani bilan ajralib turadi. Aniq bir mavzu yoki yo‘nalish doirasida genderni tahlil qilinishiga oid nazariya va qarashlarning vujudga kelishi shu bosqichga to‘g‘ri keladi. Misol uchun, pragmatika va uning tildan foydalanishdagi gender masalalari bilan aloqasi yoritiladi. Chunki pragmatika orqali har qanday og‘zaki nutq yoki yozma matn o‘rganiladi, ijtimoy hayotdagi tilning ifodalanishi yoki g‘oya va fikrlarning inson ongidan diskursga ko‘chishi tahlil qilinadi. Gender dastlab jamiyatning faol a’zolari tomonidan o‘rganilgan. Unga oid masalalar til, xo‘jalik yuritish ning bir qator aspektlairda, siyosiy jabhalarda tadqiq etib kelinmoqda. Shu o‘rinda tilshunoslik nuqtai nazaridan genderga oid muammolar qarama-qarshi jins vakillarining tildan foydalanishdagi o‘ziga xos xusussiyatlari, izmorfik va allomorfik jihatlarini tahlilga tortish bilan belgilanib kelingan. Inson o‘z mulohazalarini til yordamida diskursga ko‘chirar ekan, qarama-qarshi jins vakillari, ya’ni, erkak va ayollar turli lisoniy kodlardan foydalanishadi. Erkaklar va ayollar o‘z g‘oyalarini diskursga ko‘chirishda ularni bir-biridan farq qiluvchi terminlar, so‘zlar bilan ifodalashi ushbu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday farqlardan birini Rahmi Zakaria quyidagicha izohlaydi: “Ayollar va erkalar turlicha gapirishadi, ayollarning suhbatlashish usuli ahamiyatsiz va kuchsiz bo‘lganligi sababli erkaklar nutqidan quyi tabaqada turadi”[4,80]. Muallifning ushbu tadqiqot natijalarining chop etilishi nafaqat ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, balki gender va diskurs orasidagi bog‘liqlikni tadqiq etuvchi boshqa ishlanishlarga ham turtki bo‘ldi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, genderga bilan bog‘liq muammolar tlishunoslikda 1970-yillarda tadqiqotlar maydonidan joy ola boshlagan. Garchi gender va tilga oid masalalar 513 ko‘plab olimlar va tilshunoslar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsada, bugungi kunga kelib ham u tadqiqotlarning markazidan joy olib kelmoqda. Jamiyatning tibbiyot, madaniyat, iqtisodiyot kabi bir qator tarmoqlari ham uni ob’ekti sifatida tadqiq etib kelmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Stoller R. Jins va jins: Erkaklikni rivojlantirish va Ayollik / R. Stoller. - Nyu-York: Fanlar uyi, 1968. - 383 p. 2. Гриценко Е. С. Язык как средство конструирования гендера: дис. …д-ра филол. наук / Е. С. Гриценко. – Н. Новгород, 2005. – 401 с. 3. Gaur P. Achivieving Inter-Gender Communication Effectivene

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada genderning tilshunoslikda o‘rganilishiga oid qarashlar tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada genderning tilshunoslikda o‘rganilishiga oid qarashlar tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
atama, madaniyat, гендер, psixologiya, сцена, психология, jins, term, sotsiologiya, bosqich, gender, psychology, гендерная лингвистика, discourse, культура, социология, gender tilshunoslik, gender linguistics, sociology, stage, дискурс, diskurs, culture, pragmatics, термин, прагматика, pragmatika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3