К содержанию
РецензированоUZ2001

Aholi ijtimoiy hayotida xizmat ko’rsatish muassasalari faoliyati (sovet davrida O’zbekiston umumiy ovqatlanish tizimi misolida)

Nasirov Bunyod Uralovich (13. Арипов М. Информатика ва ҳисоблаш техникаси асослари. – Т.: Университет, 2001.)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 8 · 2001

Аннотация

Maqolada muallif tomonidan O‘zbekistonda sovet hukumati davrida ijtimoiy-maishiy infrastruktura muassasalarining shakllanishi va faoliyatida mavjud bo‘lgan bir qator muammolarning aholi kundalik hayotida aks etgani yoritilgan. Xususan, sovet davrida aholining kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan maishiy va umumiy ovqatlanish tizimi faoliyatida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Tarkibida yangi yo‘nalishlari vujudga keldi. Qishloq turar joylarida ijtimoiy-maishiy infrastrukturalarni rivojlantirish rejalashtirildi. Biroq, XX asrning 70-80 yillarida respublikadagi qator xo‘jaliklar, tashkilotlar hamda o‘quv muassasalarida maishiy va umumiy ovqatlanish muassasalariga aholining ehtiyoji katta bo‘ldi. Kalit so‘zlar: sovet hokimiyati, ijtimoiy-maishiy, infrastruktura, soha, maishiy xizmat, umumiy oqatlanish, aholi, ittifoq. Bugungi kunda inson manfaatlari va uning ehtiyojlarini xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirish orqali ta’minlashga alohida e’tibor berilayotganini milliy iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasining ulushini ko‘paytirish hamda “xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish” [O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2017 yildagi PF-4477-son Farmoni] nazarda tutilayotganida ko‘rish mumkin. Xizmat ko‘rsatish muassasalarining rivojlanish bosqichlari iqtisodiyotning ijtimoiy holati va inson ehtiyojlarini qondirilganlik darajasini ko‘rsatadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari yangi texnologiyalar sababli muntazam ravishda o‘zgarib bormoqda [Shainyan 2007: 169-173]. Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan davlatlarda xizmat ko‘rsatish sohasida ishlayotganlar ulushi iqtisodiyotda band aholining 55-70 foizini tashkil qilmoqda [Saidov 2011: 80]. Aytish lozimki, bugungi kunda yurtimizda xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar kishilarning turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilib kelmoqda. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasida ishlayotganlar ulushi iqtisodiyotda band jami aholining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etadi [Haydarov 2015: 29]. Bu ko‘rsatkich iqtisodiy rivojlangan davlatlarda xizmat ko‘rsatish sohasida ishlayotganlar ulushi bilan deyarli teng. 419 Darhaqiqat, ijtimoiy-maishiy infrastrukturalar inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalar faoliyati, shart-sharoitlar va ularning rivoji borasidagi imkoniyatlar xususida fikr yuritar ekanmiz, bu sohaning sovet davridagi faoliyatiga to‘xtab o‘tishni joiz deb hisobladik. Ma’lumki, umumiy ovqatlanish tizimi kishilar hayotida alohida o‘ringa ega bo‘lib, unda ishning to‘g‘ri tashkil etilishi, sharoiti, sifati, aholining ehtiyoj va takliflarini inobatga olinishi o‘z o‘rnida muassasa rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy ovqatlanish muassasalari uzoq tarixga ega bo‘lib, ularning zamonaviy ko‘rinishlarini vujudga kelishida quyidagilarni e’tirof etish lozim. Bugungi kunda ham aholi ko‘p tashrif buyuradigan choyxonalar qadimda rabotlar, bozor, guzarlar va mahallalardagi xushmanzara joylarga qurilgan, ularda choy-nondan tashqari turli qand-qurs, meva qoqilar sotilgan, taomlar ham tayyorlangan. Choyxonalarlar musofirlar, yo‘lovchilar tunab qoladigan joy vazifasini ham bajargan. XIX asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bosib olganidan keyin “Rivera”, “Parij”, “Shimol” (Samarqand), “Regina”, “Buffa”, “Anona” (Toshkent) kabi restoranlarda faqat yuqori tabaqa vakillariga xizmat ko‘rsatilgan [O‘zME 2005]. Keyinchalik sovet hokimiyati o‘z g‘oyalarini aholiga singdirishda ular uchun uzoq davrdan buyon an’anaviy bo‘lgan choyxonalardan ustalik bilan foydalanishga harakat qilgan. Ularda turli mavzularda ma’ruzalar o‘tkazish, gazeta va jurnallarni o‘qish ishlari keng ko‘lamda olib borilgan [Beshimov 1963: 180]. Umumiy ovqatlanish xizmati bo‘yicha fikrimizni davom ettirsak, O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish muassasalari soni 10.000 nafar aholiga 1940 yilda 4 taga, 1955 yil esa 5 taga va 1960 yilda 7 taga to‘g‘ri kelgan [Народное хозяйство СССР за 70 лет 1987 ]. 1960 yillarda respublikadagi bir qancha viloyatlarda umumiy ovqatlanish tizimni rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi binolar barpo etish hamda umumiy ovqatlanish muassasalarini tegishli muammolarini bartaraf etishga yetarli e’tibor qaratmaganliklari natijasida respublikadagi zavod va fabrikalardagi oshxonalarda bir o‘ringa Ittifoqda belgilangan me’yor bo‘yicha 6 kishi o‘rniga 11 kishi to‘g‘ri kelgan [O‘z MA, R.91-fond. 11-r., 298-ish, 59- v.]. 1960-yillar yakunida Samarqand, Bekobod shaharlaridagi temir beton buyumlari va sement zavodlari, Qo‘qondagi paxta zavodi, Buxorodagi poyabzal fabrikasi hamda boshqa fabrikalardagi oshxona va bufetlar xizmat ko‘rsatish uchun noqulay binolarda joylashgan, omborxonalar yo‘qligi,

Доказательный фрагмент

«Maqolada muallif tomonidan O‘zbekistonda sovet hukumati davrida ijtimoiy-maishiy infrastruktura muassasalarining shakllanishi va faoliyatida mavjud bo‘lgan bir qator muammolarning aholi kundalik hayotida aks etgani yo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada muallif tomonidan O‘zbekistonda sovet hukumati davrida ijtimoiy-maishiy infrastruktura muassasalarining shakllanishi va faoliyatida mavjud bo‘lgan bir qator muammolarning aholi kundalik hayotida aks etgani yo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
infrastruktura, бытовое обслуживание, промышленность, социально-бытовая, maishiy xizmat, всеобщий выпуск, союз, Советская власть, union, infrastructure, aholi, social-household, general release, Soviet power, household service, sovet hokimiyati, ijtimoiy-maishiy, population, инфраструктура, umumiy oqatlanish, industry, население, ittifoq, soha
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4