Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
Xizmat ko’rsatish sohasi rivojlanishining asosiy yo’nalishlari
Xилола Абдуллаева (Бухарский государственный университет) · Манучехр Равшанов (Бухарский государственный университет)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 420 · 2016
Аннотация
Xizmat ko’rsatish sohasi - mijozlarning ehtiyojlari, istaklari yoki intilishlarini qondiradigan xizmatlarni taqdim etish uchun moʻljallangan texnologiya va tashkiliy tarmoqlar konfiguratsiyasi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: xizmat, iqtisodiyot, muassasa, xizmatlar sohasi, hududlar bozor xizmatlari, ishlab chiqarish Xizmatlar sohasi bu –korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan turli xil turdagi xizmatlar, ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan holda umumlashtirilgan toifadir. Xizmatlar sohasi zamonaviy iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari orasida ustunlik mavqeini egallaydi. Bu murakkab ko‘p qirrali mexanizm bo‘lib, savdo va transportdan tortib ta‘lim va sug‘urta xizmatlarigacha bo‘lgan keng doiradagi faoliyatni qamrab oluvchi zamonaviy iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Restoran va mehmonxona, sartaroshxona va ta’mirlash ustaxonalari, sport klublari va ta’lim muassasalari, sayyohlik kompaniyalari, auditorlik va konsalting kompaniyalari, banklar, poliklinikalar, sanatoriylar, dam olish uylari - bularning barchasi xizmatlar sohasiga taalluqlidir. Xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi aholining hududiy va ijtimoiy harakatchanligini, yangi xo‘jalik hududlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini va moddiy mahsulotlar iste’molini oshirishni ta’minlaydi. Xizmatlar faoliyatining xilma xilligi, shuningdek, xizmatlar sohasidagi turli faoliyatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu sohaning jadal rivojlanishi uchun omil bo‘lib xizmat qiladi. Ichki talabni muvozanatli rag‘batlantirish va mahalliy xizmat ishlab chiqaruvchilarni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar xizmatlarga bo‘lgan iste’mol talabining tarkibidagi o‘zgarishlarni ta’minladi. Transport va mobil aloqa xizmatlari, oilaviy tadbirlar va dam olishni tashkil qilish, internet xizmatlari, maishiy, sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talab ortdi. Deyarli barcha hududlarda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining o‘sishiga ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibida moliyaviy va transport xizmatlari, savdo, aloqa va axborotlashtirish kabi xizmatlarning ulushini ortishi ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Eng yuqori o‘sish sur’atlari moliyaviy xizmatlar (140,6 %), ta’lim sohasidagi xizmatlar (133,9 %), sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (129,5 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (115,1 %) qayd etildi. Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish bosqichida xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2022 yilda qabul qilingan «Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori sohada kichik korxonalar va mikrofirmalarni imtiyozli kreditlash, imtiyozli soliq stavkalarini joriy etish, yangicha xizmat turlarini tashkil etish yuzasidan infrastrukturalarni yaxshilash hamda tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali xizmatlar xajmini yanada kengaytirish uchun rag‘bat bo‘lmoqda. 123 Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yilning I yilligida 469,6 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 foizga o‘sdi. 2023 yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YaIM tarkibida katta bo‘lmagan o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsada, YaIM (YaQQ) tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 44,1 % dan 47,1 % ga oshganini ko‘rishimiz mumkin. YaIMning boshqa tarmoqariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jumladan, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 20,9 % dan 20,1 % ga, sanoatning ulushi 28,0 % dan 26,3 % ga, qurilish tarmog‘ining ulushi 7,0 % dan 6,5 % ga kamaydi. Ushbu YaIMda tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymatlarining hajmi 444,4 trln.so‘m bo‘lib, tarmoqlar kesimida quyidagicha ulushni tashkil etadi: Yuqoridagi raqamlarga asosan, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YaIMda eng yuqori ulush xizmatlar sohasida o‘z ifodasini topmoqda. Joriy yilning o‘tgan 8 oyida tarmoqlar kesimidagi o‘sish ko‘rsatkichlari 2022 yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishlari quyidagicha aks etgan: -xizmat ko‘rsatish sohasi + 58,7trln.so‘mga; - qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi + 12,9 trln.so‘mga; -sanoat sohasi + 12,6trln.so‘mga; - qurilish sohasi + 3,3 trln.so‘mga oshgan. Iqtisodiy tarmoqlarda xizmatlar sohasining o‘sish sur’ati yuqori bo‘lganligi sababli, ushbu sohadagi o‘zgarishlar hamda rivojlanishlar kelgusida ham yanada o‘sishi prognoz qilinmoqda. Xizmatlar sohasi o‘sish tendensiyasi-davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlardan oqilona foydalanish bilan birgalikda, sohaga keng qamrovda tadbirkorlarni jalb qilish va bu orqali aholi bandligini ta’minlash kabi muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar yotadi. Shuningdek, joriy yilning yanvar-avgust oylarida xizmatlar sohasida 40 168 ta (2022 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 2 244 taga ko‘p tashkil etilgan) kichik biznes sub’yektlari tashkil etilib, 1 sentyabr holatiga ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 3
Доказательный фрагмент
«Xizmat ko’rsatish sohasi - mijozlarning ehtiyojlari, istaklari yoki intilishlarini qondiradigan xizmatlarni taqdim etish uchun moʻljallangan texnologiya va tashkiliy tarmoqlar konfiguratsiyasi haqida ma’lumotlar beril…»
Образец извлечения
Демо-превьюXizmat ko’rsatish sohasi - mijozlarning ehtiyojlari, istaklari yoki intilishlarini qondiradigan xizmatlarni taqdim etish uchun moʻljallangan texnologiya va tashkiliy tarmoqlar konfiguratsiyasi haqida ma’lumotlar beril… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Green buildings, Sustainability, Neural networks, Evaluation, Energy, production, xizmat, Translate the following Uzbek text into Russian: услуги, institution, xizmatlar sohasi, ishlab chiqarish, economy, региональные рыночные услуги, service, учреждение, service sector, xizmatlar sohasi, производство, muassasa, экономика, hududlar bozor xizmatlari, regional market services, область услуг, hududlar bozor xizmatlari, iqtisodiyot
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021