Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
Baliqchilik ozuqalarini bir hujayrali suvo‘tlari bilan boyitish biotexnologiyasi
Norboyev Muhammad Tursunpulat o‘g‘li
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 137–244 · 2010
Аннотация
Respublikamiz hududida go‘sht mahsulotlarga bo‘lgan talab yuaqoriligi sababli ichki bozorni sifatli baliq mahsulotlari bilan taminlash uchun baliqchilik xo‘jaligida yetishtirib chiqariladigan baliq mahsulotlari uchun tabiiy ozuqa muhitlrini yetishtirish usullari bayon qilingan. Kalit so’zlar: Baliqchilik, akvakultura, ozuqa muhiti, suvo‘tlari Kirish: Hozirgi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko'p qismi dehqonchilik texnologiyalaridan foydalangan holda hovuz yoki ochiq suvda keng, takomillashtirilgan intensiv va yarim intensiv amaliyotlar asosida amalga oshiriladi. Oziqlantirish ushbu akvakulturaning barqaror rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bois tabiiy ozuqa resurslarini ishlab chiqarish muhim masalalardan hisoblanadi. So‘nggi yillarda respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, jumladan, ichki bozorni sifatli va arzon baliq mahsulotlari bilan to‘ldirish, oziq-ovqat mahsulotlarining talab yuqori bo‘lgan turlariga narxlar barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan maqsadli dasturlar qabul qilindi va amalga oshirilmoqda. Natijada mamlakat miqyosida 3 mingdan ortiq baliqchilik xo‘jaliklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Baliqchilik xo‘jaliklarini rivojlantirishni tizimli qo‘llab- quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilmoqda va ushbu kreditlar suv omborlarida hamda tabiiy havzalardagi sun’iy qurilmalarda intensiv usulda baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etishga yo‘naltirilmoqda[3]. Akvakulturaning barqaror rivojlanishi raqobatdosh foydalanuv-chilarning ehtiyojlarini qondirishni va atrof-muhitning yaxlitligini himoya qilishni hisobga olishi va ta’minlashi kerak. Shu sababli, akvakulturani barqaror boshqarish mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda resurslarni taqsimlash kerak. Baliqlar va boshqa suv hayvonlarining o‘sishi, sog‘lig‘i va ko‘payishi, birinchi navbatda, ular yetishtiriladigan madaniyat tizimidan qat‘iy nazar, miqdori va sifati bo‘yicha ozuqa moddalarining etarli darajada ta‘minlanishiga bog‘liq. O‘stirilayotgan turlarning ozuqa moddalari va energiyaga bo‘lgan talablari qondirilishi va tizimning ishlab chiqarish maqsadlariga erishishi uchun xom ashyo (ozuqa, o‘g‘it va boshqalar) ta‘minlanish muhim. Oziq moddalarga bo‘lgan talablar to‘g‘risida to‘liq ma‘lumotlar faqat cheklangan miqdordagi turlar uchun mavjud. Bir necha baliq va qisqichbaqalar turlari uchun protein va lipidlarga bo‘lgan ehtiyoj va uglevodlardan foydalanish nisbatan yaxshi o‘rganilgan bo‘lsa-da, aminokislotalar, yog‘ kislotalari va minerallar kabi mikroelementlarga bo‘lgan talablar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar faqat eng ko‘p yetishtiriladigan go‘shtli va tanlangan baliq turlari uchun mavjud. Hovuz baliqchilik xo‘jaligida ishlatiladigan baliq ozuqasi 3 turga bo‘linadi. 1. Tabiiy ozuqa. Hovuzdagi tabiiy ozuqa resurslari: fitoplankton, zooplankton - mikroskopik suv o‘tlari, yuksak suv o‘simliklari, tuban va yuksak qisqichbaqasimonlar, bakteriyalar, detrit, zoobentos, nektobentos, hasharotlar va boshqa suv jonivorlarini o‘z ichiga oladi. Tabiiy ozuqa resurslari miqdori, asosan suv sifatiga bog‘liq. Suvdagi gidrobiontlarni ko‘paytirish ham tabiiy ozuqa resurslarini boyitadi. Ularning ozuqa koeffisiyenti 8-10 ga tengdir. 2. Qo‘shimcha ozuqa. Qo‘l bilan hovuzga kiritiladi. Ozuqaning bu turi mahalliy bozorda bor. Chorva chiqindilari, o‘simlik hosili, va oshxona chiqindilarini ham qo‘shimcha ozuqalar qatoriga kiritish mumkin. Bunday ozuqa koeffisiyenta 5-6 ga teng. Hozirgi kunda tayyorlanadigan omixta yem sifatsiz, u kepakdan yoki syellyulozadan iborat. Qo‘shimcha ozuqa 61 sanoat tarzida tayyorlanadigan sun’iy omuxta yem hisoblanadi. U maxsus sanoat usulida tayyorlanadi. 3. Balanslashgan ozuqa. Bu ham baliqshunos tomonidan qo‘l bilan baliqlarga beriladi. Ammo ozuqa nihoyatda to‘yimli, maxsus zavodlarda tayyorlanadi. Ozuqa koeffisiyenta 1.5-2.0 ga teng bo‘lib, baliq mahsuldorligi yuqori, ammo nihoyatda qimmatdir. Bunday ozuqa bilan asosan oddiy laqqa, kanal laqqasi, xonbaliq (forel) va karp kabi baliq turlari boqiladi[6]. Respublika miqyosida akvakultura yoki sun‘iy hovuz baliqchiligi uch yo‘nalishda tashkil qilinganva bular quyidagilar: 1. Yerda qazib tayyorlangan sun‘iy hovuz baliqchilik xo‘jaliklari. 2. Tabiiy suv havzalari hududida sadoq (to‘r hovuzlar) baliqchilik xo‘jaliklari. 3. Basseyn hovuz baliqchilik xo‘jaliklari tashkil qilingan (yopiq va ochiq basseyn). Hozirgi kunda sun’iy hovuz xo‘jaligida baliq boqish va baliqlarni oziqlantirish haqida juda ko‘p adabiyotlar mavjud. Ammo tabiiy suv havzalarida baliqlarni oziqlantirish haqida zarur uslubiy qo‘llanmalar kam. Ayniqsa, baliqlarni ozuqaga bo‘lgan talabi, aniq ozuqa muhitida ozuqa bilan ta’minlash, baliqlarning ozuqa organizmlarni jadal iste’mol qilishi hamda ozuqa ob’yektining baliqlar populyasiyasi tomonidan samarali foydalanishi, qo‘shimcha baliq mahsuloti olish to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Fitoplankton, zooplankton, mikroskopik suv o‘tlari. Mikroskopik suv o'tlari suvda erkin “suzuv
Доказательный фрагмент
«Respublikamiz hududida go‘sht mahsulotlarga bo‘lgan talab yuaqoriligi sababli ichki bozorni sifatli baliq mahsulotlari bilan taminlash uchun baliqchilik xo‘jaligida yetishtirib chiqariladigan baliq mahsulotlari uchun…»
Образец извлечения
Демо-превьюRespublikamiz hududida go‘sht mahsulotlarga bo‘lgan talab yuaqoriligi sababli ichki bozorni sifatli baliq mahsulotlari bilan taminlash uchun baliqchilik xo‘jaligida yetishtirib chiqariladigan baliq mahsulotlari uchun… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fish farming, рекомендации, аквакультура, aquaculture, ozuqa muhiti, suvo‘tlari, водная среда, water resources., Рыболовство, the environment, akvakultura, Baliqchilik
Смежные источники
Экономика и инновационные технологииНаргиза Рашидова, Ахрор Абдуллаев2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025