К содержанию
РецензированоRU2024

ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ ОБУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ СТУДЕНТОВ-СПОРТИВНИКОВ

Абдумаликова Гузал Хaмзаевна

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The article discusses existing difficulties, problems and solutions in teaching and learning English to students studying physical education and sports, as well as modern style and methods of language teaching. Key words: foreign language, English, physical education and sports, activity, problems of language learning, modern style, problem solving. ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ ОБУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ СТУДЕНТОВ- СПОРТИВНИКОВ Аннотация. В статье рассматриваются существующие трудности, проблемы и пути решения в преподавании и обучении английскому языку студентов, изучающих физическое воспитание и спорт, а также современные стиль и методы обучения языку. Ключевые слова: иностранный язык, английский язык, физическое воспитание и спорт, деятельность, проблемы изучения языка, современный стиль, решение проблем. Tilda har bir millatning ruhiyati, o‘tmishi, buguni va kelajagi aks etadi. Shu ma’noda har bir millatning ona tilisida uning bebaho xazinasi, minglab so‘zlar saqlanadi.Bu so‘zlarni asrlar davomida xalq yaratadi, unga sayqal beradi va asrab avaylaydi.Har bir davrda yashagan xalq vakillari bu so‘zlarni e’zozlab, so‘zlarni boyitib,o‘zidan keyingi avlodlarga yetkazishga mas’uldirlar. Insonlar o‘z fikrlarini til vositasida ifodalaydilar va bir-birlarini tushunadilar. Shuning uchun ham, til - insonlar orasidagi eng muhim aloqa vositasidir. Til – inson faoliyatida borliqni bilish, fikr almashish, jamg‘arilgan bilimlarni fanlarga bog‘lagan holda avloddan-avlodga yetkazish vositasidir.Tilda millatning bor-yo‘g‘i, o‘y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari,Vatani, his-tuyg‘ulari aks etadi. Tildagi har bir so‘z inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy hodisalardir. Inson nutqi, til vositalari bo‘lmasa, fikrlash ham bo‘lishi gumon.Tafakkur va til aynan bir xil hodisa emas.Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosi hisoblansa, til fikrni ifodalash usuli, uni boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasidir. Boshqacha aytganda, til-tafakkurning borliq shaklidir. 1 30 4 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma’naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birini yashashi va rivoljlanishiga yordam beradi. Bugungi kunda dunyoda 6000 ga yaqin til bo‘lsada, muloqotdagi tillar soni 600ga yaqindir. Bu tillar bir-biriga bog‘liq rivojlanish tamoyillariga ega bo‘lib, o‘ziga xos oilaviy turkumlikni tashkil qila oladi. Hozirgi kunda ta’lim berish jarayonidagi eng dolzarb masalalaridan biri bu xorijiy tillarni ikkinchi til sifatida o‘rgatish va shu orqali talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash: ona Vatanga muhabbat, sadoqat, yuksak iftixor, milliy g‘urur kabi umuminsoniy qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalashdir. Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir. Tilning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bо‘ladi. Tilning paydo bо‘lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Tilsiz jamiyat, ma’naviyat bo‘lishi mumkin emas, til jamiyat, ma’naviyat, insonlar uchun xizmat qiladi. Shuning uchun u ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Shunigdek, yurtimizda so‘nggi yillarda yosh avlodni ingliz tilini o‘rganishga jalb qilish va ingliz tilining turli darajadagi sertifikat va diplomlarini qo‘lga kiritishlari talab qilinmoqda. Maqsad yoshlarning chet tillarini o‘z ona tilimizdek ravon bilishlari, hech qanday to‘siqlarsiz zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishdir. XXI asr axborot kommunikatsiya rivojlanayotgan bir davrda bir tildan ikkinchi tilga yangi so‘z, atamaning va iboralarning kirib kelishi tabiiy holatga aylanib qoldi. Bu holat tilni boyitish va ravnaq toptirish bilan birgalikda, kirib kelayotgan yangi so‘zlarni o‘zbek tilidagi shu birlik yoki so‘zga to‘g‘ri keladigan so‘z bilan almashtira olish yoki muqobil ma’nosini topa olish kabi xususiyatlarni yoritib bermoqda. Hozirgi paytda ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish juda qiyin vazifa.Ayniqsa, ingliz tilini ma’lum bir soha mutaxassisliklariga yo‘naltirgan holda, juda cheklangan maqsadda xizmat qildirishdir. Xo‘sh, ingliz tilini jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi talabalariga o‘qitishning qanday qiyinchilik va muammolari bor? Asosiy qiyinchiliklar: talabalarning so‘z boyligining kamligi, qiziqishlarining sustligi, nutq muammosi, konsentratsiyaning yetishmasligi, jumladan, ingliz tiliga yetarlicha ta’sir o‘tkazmaslik, sinf xonalarining yetarli darajada jiozlanmaganligi va malakali o‘qituvchilarning yetishmasligidir. Ingliz tili o‘qituvchilarining vazifasi faqatgina o‘qitish yoki talabalarning ingliz tilidagi malakalarini ya’ni o‘qish, yozish, eshitish va gapirish ka

Доказательный фрагмент

«The article discusses existing difficulties, problems and solutions in teaching and learning English to students studying physical education and sports, as well as modern style and methods of language teaching.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses existing difficulties, problems and solutions in teaching and learning English to students studying physical education and sports, as well as modern style and methods of language teaching. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
foreign language, English, physical education and sports, activity, problems, muammolarga yechim., английский язык, иностранный язык, xorijiy til, проблемы изучения языка, современный стиль, problems of language learning, til o‘rganish muammolari, problem solving., решение проблем., деятельность, физическое воспитание и спорт, jismoniy tarbiya va sport, ingliz tili, modern style, faoliyat, zamonaviy uslub
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники