Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ ИНСТИТУТА МЕДИАЦИИ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ГРАЖДАНСКОГО ПРАВОСУДИЯ И ПРОЦЕССУАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЕГО ПРИМЕНЕНИЯ
Husenova Aziza Abubakirovna (FUQAROLIK SUDLOV FAOLIYATIDA MEDIATSIYA INSTITUTINING O‘RNI VA)
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article provides detailed information on the role of the institution of mediation in civil and economic proceedings, the concept of mediation, the main purpose of mediation and the history of its development, as well as procedural features of the use of mediation in civil legal disputes. Key words: Mediation, mediator, principles of mediation, mediation agreement, civil legal dispute, arbitration court, integration. РОЛЬ ИНСТИТУТА МЕДИАЦИИ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ГРАЖДАНСКОГО ПРАВОСУДИЯ И ПРОЦЕССУАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЕГО ПРИМЕНЕНИЯ Аннотация. В данной статье представлена подробная информация о роли института медиации в гражданском и экономическом судопроизводстве, понятии медиации, основной цели медиации и истории ее развития, а также процессуальных особенностях использования медиации в гражданско-правовых спорах. Ключевые слова: Медиация, медиатор, принципы медиации, медиативное соглашение, гражданско-правовой спор, арбитражный суд, интеграция. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlar rivojlanib borar ekan, bozor munosabatlarining subyektlari o‘rtasida turli nizolar vujudga kelishi tabiiy holat sanaladi. Amaliyot ham oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqayotgan nizoli holatlar kam emasligini ko‘rsatmoqda. Bu kabi nizolashayotgan taraflar masalaning yechimini topish maqsadida an’anaviy yo‘lni tanlashga, ya’ni sudga murojaat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya yarashtiruv protsedurasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda ham chinakam bozor mexanizmlarining joriy qilinishi va amalga oshirilishi bozor munosabatlarining har bir sohasini tartibga soluvchi zarur huquqiy zamin yaratilishini talab qiladi. Avvalo mediatsiya tushunchasiga alohida to‘xtaladigan bo‘lsak, ko‘pchilikka tanish bo‘lib ulgurgan bu so‘z lotin tilidagi “mediare” so‘zidan olingan bo‘lib,“vositachilik qilish, kelishtirish maqsadida aralashish” degan ma’nolarni bildiradi. 1 06 4 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mediatsiya – bu bir birini tushunish va nizoli holatni bartaraf etuvchi bitim tuzishga erishish maqsadida xolis shaxs – mediator (vositachi) ishtirokida taraflarning erkin muzokaraga kirish yo‘li bilan nizoni muqobil hal qilish usulidir. Dastlab ilk marotaba Vavilon, Qadimiy Gresiya va Qadimiy Rimda mediatsiyani qo‘llash qayd etilgan. Rim huquqida Yustinian kodeksidan boshlab (miloddan avvalgi VI-asr) bahs- munozaralarni hal qilish uchun vositachilik tan olingan. Vositachilarga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lishgan. Ularni ruhoniylar bilan bir qatorda qo‘yishgan. Mediatsiya texnologiyasi asosan savdoda qo‘llanilgan. BMT ustavining 33-moddasida mediatsiya (vositachilik) nizolarni hal etish vositasi sifatida tan olingan1. Shuningdek, Yevropa parlamenti va kengashining 2008-yilgi 52- direktivasida fuqarolik va tijorat nizolarida mediatsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: “taraflar boshlab bergan yoki sud tomonidan tayinlangan yoxud milliy qonunchilik bilan belgilanganidan qat’i nazar, ikki yoki undan ortiq nizolashuvchi taraflarning nizoni hal etish to‘g‘risida kelishuvga erishish maqsadida uchinchi shaxsga murojaat etish jarayonidir”. Mediatsiyaning maqsadi – nizolashuvchi taraflarning nizolarini mustaqil, o‘zaro foydali shartlar asosida hal etish imkoniyatini topishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lib, uning asosiy tamoyillariga ixtiyoriylik, taraflarning tengligi, betaraflik, mediatorning xolisligi, maxfiylik kabilar kiradi. Mediatsiya jarayoni muzokaralardan iborat bo‘lib, uning muvaffaqiyati nafaqat taraflarning kelishmovchiliklarini hal etishga bo‘lgan irodasi va intilishi, balki mediatorning tajribasi va mahoratiga ham bog‘liqdir. Mediatsiya suddan tashqari tartibida, bahs-munozarani sud tartibida ko‘rib chiqish jarayonida, sudning qaror chiqarish uchun zalni tark etishidan oldin. Agar gap Hakamlik sudi haqida ketayotgan bo‘lsa, shakl xuddi shunday bo‘ladi. Mediatsiyada ishtirok etish fakti aybga iqror bo‘lishning isboti hisoblanmaydi. Mediatsiyaga nisbatan jamiyatda vujudga kelgan ehtiyoj o‘tgan asrda yangi kasb – mediatorlarning shakllanishiga olib kelgan. Mediatorlar dalillarni tekshirmaydi va taraflarning talablari qonuniyligiga baho bermaydi, aksincha, ularning asosiy vazifasi – taraflar o‘rtasida bir- birlarini tushunishga, taraflar uchun maqbul shartlarda muammoni hal etishimkoniyatlarini izlash va hal etishga ko‘maklashishdan iboratdir. Mediatsiya – majburiy kuchga ega bo‘lmagan, taraflarning ixtiyoriyligiga asoslangan konfidensial jarayon. U nizolashayotgan taraflarning ixtiyoriga ko‘ra tanlab olingan betaraf uchinchi shaxsning vositachiligida shartnomaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizoni o‘zaro murosa – yarashuv yo‘li bilan huquqiy asosda hal etish jarayonidir. Betaraf uchinchi shaxs – mediator. Ko‘plab davlatlarda mediatsiya instituti huquq
Доказательный фрагмент
«This article provides detailed information on the role of the institution of mediation in civil and economic proceedings, the concept of mediation, the main purpose of mediation and the history of its development, as…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides detailed information on the role of the institution of mediation in civil and economic proceedings, the concept of mediation, the main purpose of mediation and the history of its development, as… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mediation, mediator, principles of mediation, mediation agreement, civil legal, mediatsiyaning prinsiplari, integratsiya., integration., принципы медиации, fuqarolik huquqiy nizo, civil legal dispute, mediatsiya shartnomasi, Медиация, арбитражный суд, Mediatsiya, гражданско-правовой спор, hakamlik sudi, медиативное соглашение, медиатор, интеграция., arbitration court
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025