Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
Факторы исторического развития в формировании военно-патриотических идей у молодежи
YOSHLARDA HARBIY VATANPARVARLIK G‘OYALARINI · SHAKLLANTIRISHDA TARIXIY TARAQQIYOT OMILLARI. · Usmanov Abdumo‘min Xolmo‘min o‘g‘li
in Library · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada yosh avlodni harbiy vatanparvarlik va burchga sadoqat g‘oyalarini shakllantirishda buyuk davlatchiligimiz tarixini chuqur o‘rganish hamda yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat asosida tarbiyalash orqali jamiyatda maʼnaviy barqarorlik hamda mamlakat xavfsizligini taʼminlashning muhim mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalari xususida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: vatan tuyg‘usi, millatparvarlik, afsonaviy qahramonlar, mardlik, matonat, inson komoloti, ta’lim-tarbiya, harbiy salohiyat. Dunyoda g‘oyaviy va siyosiy kurashlar keskinlashayotgan sharoitda yoshlarda vatanparvarlik, xususan, harbiy vatanparvarlik hissini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarning vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha davlat dasturlari va harbiy vatanparvarlik tarbiyasi samaradorligini oshirish konsepsiyalari qabul qilinmoqda. Jahonda mamlakat mudofaasining asosiy ko‘rsatkichi vatanparvarlik hissi yuqori darajada rivojlangan, fidoiy, bilim va tajribasini Vatanga baxshida etuvchi yosh avlodni shakllantirish hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, mazkur fazilatlarni shakllantirish mexanizmlarini, rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishda milliy davlatchiligimiz tarixini yana chuqur o‘rganish va yoshlar ta’lim-tarbiyasiga muntazam tadbiq etishni taqozo etadi. Ma’lumki, “Vatan” so‘zi aslida, arabchadan olingan bo‘lib, ona yurt tug‘ilgan makon ma’nolarini bildiradi. “Vatan” tushunchasi keng va tor manoda qo‘llaniladi. Tor ma’noda – kishi to‘g‘ilib o‘sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilgan bo‘lsa, bir xalq vakillari jamuljam yashayotgan, ularning ajdodlari azal azaldan istiqomat qilgan hudud ifodalanganida esa - keng ma’noga ega bo‘ladi. Vatanparvarlik — kishilarning ona yurtiga, o‘z oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo‘lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma’naviy qadriyatlardan biri hisoblanadi. Dunyoda har qaysi millatning o‘z afsonaviy qahramonlari o‘zi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari bo‘ladi. Xalqimiz azal-azaldan o‘z vujudi, o‘z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib bo‘lmoqqa intilib, o‘z o‘g‘lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab kelgan. 1081 Tarixdan yaxshi ma’lumki, yer yuzida qaysi mamlakat o‘z davlat mustaqilligi, chegaralari daxlsizligi, halqining tinch va osoyishta hayotini himoya qilib, taraqqiyot borrasidagi yuksak maqsad va muddaolariga erishmoqchi bo‘lsa, avvalo, milliy armiyasini mustahkamlashga, uning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan jangovar tarkib, ya’ni, askar va ofiserlar tarbiyasiga birinchi darajali ahamiyat beradi. Agar jismoniy va jangovar tayyorgalik orqali harbiy qizmatchilar jismonan toblanib, kuch-quvvatga to‘lsa, ma’naviy ma’rifiy tarbiya orqali ularning qalbi, ruhi irodasi mustahkamlanadi. Biz qahramon ota-bobolarimiz, jasur harbiylarimiz haqida so‘z yuritganda, “mard”, “botir”, “matonitli”, “qo‘rqmas”, “sheryurak”, “pahlavon” degan so‘zlarni alohida tilga olamiz. Har bir insonda ana shunday oliyjanob fazilatlarni shakillantirib, yosh yigitlarimizni Vatan uchun qalqon, xaqiqiy mardu- maydon bo‘lishga kerak bo‘lganda hatto o‘z jonini qurbon qilishga undaydigan kuch bu-avvalo ma’naviy –ma’rifiy tarbiyadir. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabiri bilan aytganda, “Armiyamiz unib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va ona yurtga muxabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarga faol kirishganini alohida qayt etish lozim”.1 Shonli tariximizda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zaxiriddin Muxammad Bobur singari buyuk sarkardalarimizning oz sonli qo‘shin bilan dushmanning katta lashkari ustidan g‘alaba qozongani haqida misollar ko‘p. Bu albatta ularning harbiy salohiyati jang maydonida qo‘llagan taktika va strategiyalari, qolaversa sarkardalarning o‘z askarlari qalbiga chinakkakm vatanparvarlikni, jangovar ruhni singdira olgani biz uchun bugun ibratlidir. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning “Men istardimiki, har bir o‘zbek askari va ofiseri qalbida Alpomish, Shiroq, Farhod, Jaloliddin Mangubendi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari milliy qaxramonlarimiz ruhi tug‘yon urishi kerak” degan so‘zlari bejizga aytilmagan.2 Ma’naviyatni shakillantirishga bevosita tasir qiladigan yana bir muhim omil- bu ta’lim tarbiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu-ma’rifat. Ta’lim va tarbiyani inson komoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini xam belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakillantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosida ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi 1 Mirziyoyev Sh.M.: Milliy
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada yosh avlodni harbiy vatanparvarlik va burchga sadoqat g‘oyalarini shakllantirishda buyuk davlatchiligimiz tarixini chuqur o‘rganish hamda yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat asosida tarbiyalash orqal…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada yosh avlodni harbiy vatanparvarlik va burchga sadoqat g‘oyalarini shakllantirishda buyuk davlatchiligimiz tarixini chuqur o‘rganish hamda yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat asosida tarbiyalash orqal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- национализм, education, mardlik, легендарные герои, fortitude, nationalism, afsonaviy qahramonlar, legendary heroes, образование, military potential., harbiy salohiyat., Патриотизм, военный потенциал., inson komoloti, matonat, храбрость, человеческое совершенство, Patriotism, millatparvarlik, сила духа, bravery, human perfection, Vatan tuyg‘usi, ta’lim-tarbiya
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021