Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СВЯЗЬ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ УСЛОВИЙ С ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМ ФАКТОРОМ В «АЛЬ-АДАБ АЛЬ-МУФРАД»
Hamroyeva Robiya · Kitobul adab
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article highlights the content of Imam Bukhari's work “al-Adab al-Mufrad”, as well as analytical approaches to the work on the role of moral and educational factors between parents and children in the psychological conditions of today. Keywords: Jomeus Sahih, Аl-adab Аl-mufrad, adab, Madaba, Sahih, Kitab ul Voiy, muhaddis, Kitabul adab, hadith, Muminah. Imom Buxoriy mashhur «Jome'us-sahih» kitoblarida ham «Kitobul adab» degan qism ochib, uning ichida odob-axloqqa oid hadisi shariflardan bir yuz yigirma sakkiz bobda uch yuzdan ortig‘ini keltirganlar. Lekin imom Buxoriy bu bilan kifoyalanmay, «Jome'us-sahih»ga o‘zlariga yetib kelgan boshqa hadislarni ham qo‘shib, «Al-adab al-mufrad» nomli kitob tasnif qilganlar. U kishi bu 15 mavzuni o‘ta muhim hisoblaganlaridan unga alohida kitob bag‘ishlashni lozim ko‘rgan bo‘lsalar kerak. Bizning tilimizda «odob» tarzida talaffuz qilinishiga odatlanib qolingan arabcha «adab» so‘zi aslida «ma'daba» o‘zagidan olingandir. «Ma'daba» esa, odamlarni da'vat qilingan ziyofatni anglatadi. Odob ham odamlarni doimo da'vat qilinadigan ma'naviy ma'daba – ziyofat bo‘lgani uchun shu nomni olgan. Abu Muhammad o‘zining «Kitobul Vo'iy» nomli asarida: «Odob kishilarni maqtalgan narsalarga chaqirgani uchun «odob» deb nomlangan», deydi. Abu Zayd rahmatullohi alayhi: «Odob fazilatlardan biriga eltuvchi yaxshi urinishga ishlatiladigan ismdir», degan. Odobning ta'rifida juda ko‘p gaplar aytilgan. Jumladan: «Maqtovga sazovor so‘z va amalni ishlatish odobdir». «Karamli axloqlarni ushlash odobdir». «O‘zingdan kattani ulug‘lab, o‘zingdan kichikka mehr ko‘rsatishing odobdir». Shu va shunga o‘xshash barcha ta'riflar bir joyga to‘plansa, odobning Islomda ko‘zlangan ta'rifi kelib chiqadi. Hozirgi kunda g‘arb madaniyatiga tobelik ta'sirida «odob»ni «madaniyat» deyish ham joriy bo‘lgan. Misol uchun, «ovqatlanish odobi» deyish o‘rniga «ovqatlanish madaniyati» deyiladi. «Al-Adab al-mufrad» kitobi ana shu muhim masalaga bag‘ishlangandir. Kitob nomidagi «al-mufrad» so‘zi «fard», ya'ni yolg‘iz degan ma'noni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, faqat, yolg‘iz odob masalasiga bag‘ishlangan kitob, desak ham bo‘laveradi. Imom Buxoriyning ushbu «Al-Adab al-mufrad» kitobi ham juda mo‘'tabar hisoblanadi. Unda imom Buxoriy faqat adabga oid 1322 ta hadisi sharifni keltirganlar va o‘z odatlariga binoan, ularni 644 ta bobga bo‘lganlar. Bu kitobda ijtimoiy aloqalarga va kishilarning o‘zaro muomalalariga oid odoblarga bog‘liq hadisi shariflar keltirilgan. «Al-Adab al-mufrad»da ham imom Buxoriy «Jome'us-sahih»dagi uslubni qo‘llaganlar. Ba'zi o‘rinlarda Qur'oni Karim oyatlaridan hamda sahobalarning asarlaridan ham keltirganlar. Yana ta'kidlab aytilishi lozim narsalardan biri shuki, «Al-Adab al-mufrad»da kelgan barcha hadislar ham «Jome'us-sahih»dagi hadislar darajasida emasdir. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu kitobdagi hadislarning yarmi sahihlik darajasi bo‘yicha «Jome'us-sahih»dagi hadislar bilan bir hil darajadadir. Qolgan yarmi imom Muslimning 16 «Sahih»idan joy olgan hadislardan keyingi va imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja hamda Abu Dovudlarning kitoblaridagi hadislardan yuqori o‘rinda turadi. Bu ilmiy haqiqatni alloma Yusuf Bannuriy ham ta'kidlagan. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Bir arabiy Nabiy (s.a.v) ning huzurlariga kelib: “Sizlar yosh bolalaringizni o‘pasizlarmi? Biz o‘pmaymiz” dedi. Shunda Nabiy (s.a.v.) “Alloh qalbingdan rahmatni sug‘urib olgan bulsa, men nima ham qila olardim”-dedilar. Demak, yosh bolalarni o‘pish, kishi qalbida rahmat borligining alomati ekan. Bola boqish mashaqqatli ekanligi, hamda bola doim mehr va rahm-shafqatga muhtoj bo‘lgani uchun ham Islomda bolaga rahmli bo‘lish katta savobli ish darajasiga ko‘tarilgan. Rasululloh (s.a.v.) Hasan ibn Alini o‘pdilar. Ul-zotning huzurlarida Akra' ibn Xobis Tamimiy o‘tirgan edi. Aqra' “mening o‘nta bolam bor, ularning birortasini ham o‘pganim yo‘q”- Dedi. Rasululloh (s.a.v.) unga nazar soldilar va “Kim rahm qilmasa, unga ham rahm qilinmaydi”- dedilar. Rasululloh (s.a.v.) aytgan bu gaplarinig ma'nosi- kim bandaga rahm qilmasa. Unga ham Alloh taolo rahim qilmaydi deganidir. Bandalarga rahm qilishning eng oliy namunasi yosh bolaga rahm qilishdir. Valid ibn Numayr ibn Avsdan rivoyat qilinadi: “U otasining: “Solihlik Allohdan odob otalardan” deyishar edi” deganini eshitgan ekan. Bu rivoyatdan bolalarining kim bo‘lib yetishishiga, ota-ona tomonidan beriladigan tarbiyani sabab qilib qo‘ygan. Shuning uchun har bir ota-ona farzandlarining tarbiyasi islomiy bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rishi matlubdir. No‘'mon ibn Bashirdan rivoyat qilinadi: “Otam meni ko‘tarib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib bordilar”, Yo Rasululloh! guvoh bo‘ling men No‘'monga o‘z molimdan buni berdim”-dedi. Hamma bolalaringa berdingmi?-dedilar, “yo‘q”-dedi. “mendan boshqani guvoh qil!”-dedilar. So‘ngra “Ularning barchasi senga birdek yaxshilik qilishi seni xursand qilmaydimi?”-dedilar. “qiladi”-dedi. “unday bo‘lsa haligiday qilma!”-dedilar.
Доказательный фрагмент
«This article highlights the content of Imam Bukhari's work “al-Adab al-Mufrad”, as well as analytical approaches to the work on the role of moral and educational factors between parents and children in the psychologic…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the content of Imam Bukhari's work “al-Adab al-Mufrad”, as well as analytical approaches to the work on the role of moral and educational factors between parents and children in the psychologic… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jomeus Sahih, Аl-adab Аl-mufrad, adab, Madaba, Sahih, Kitab ul Voiy, muhaddis, Мумина., Сахих, Джомеус-Сахих, Китабул адаб, адаб, Hadis, Mo’mina., odob, ma’daba, Мадаба, Китабул Воъий, Kitobul Vo’iy, hadith, Kitabul adab, хадис, Muminah., мухаддис, Аль-адаб Аль-муфрад, Al-adab al-mufrad, Kitobul adab, Jome’us-sahih
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025