Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ АДМИНИСТРИРОВАНИЯ АКЦИЗНОГО НАЛОГА
Oʻtayev Suyun Doʻsqobil oʻgʻli
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article examines issues related to the improvement of excise tax administration, the calculation of excise tax and its importance in the formation of the country's budget. Also, changes in excise tax rates and directions for improvement of excise tax administration will be covered. Key words: excise tax, state budget revenues, tax rates, tax code, excise tax payers. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ АДМИНИСТРИРОВАНИЯ АКЦИЗНОГО НАЛОГА Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы, связанные с совершенствованием администрирования акцизного налога, расчетом акцизного налога и его значением в формировании бюджета страны. Также будут освещены изменения ставок акцизного налога и направления совершенствования администрирования акцизного налога. Ключевые слова: акцизный налог, доходы государственного бюджета, налоговые ставки, Налоговый кодекс, плательщики акцизного налога. Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar bevosita va bilvosita soliqlarga boʻlinadi. Bilvosita soliqlarni huquqiy toʻlovchilari mahsulot (ish, xizmat)ni yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin soliq ogʻirligini haqiqatan ham budjetga toʻlovchilari tovar ish, xizmatni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni egri soliqlarning barchasi bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar qiymati ustiga qoʻshimcha ravishda qoʻyiladi. Bilvosita soliqlar, xususan Aksiz soligʻi soliq tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dastlab soliq tizimi vujudga kelishida toʻgʻri, ya’ni bevosita soliqlar shakllanib, keyinchalik davlatning vazifalari kengayib borgandan soʻng bilvosita soliqlar, xususan aksiz soligʻi paydo boʻldi va amaliyotga kiritildi. Aksiz – lotincha “accidere” soʻzidan olingan boʻlib kesish degan ma’noni anglatadi. Adabiyotlarda ushbu soliq turi asosan hashamat tovarlari shuningdek inson salomatligi hamda atrof muhit uchun zararli boʻlgan tovarlarga nisbatan qoʻllanilishi belgilangan. Aksiz soligʻi tovar narxiga qoʻshiladi va davlatga uning qiymatidan bir qismini olishga yoki kesib olishga imkon beradi. Ustiga qoʻyilgan qoʻshimcha narx mahsulot ishlab 9 91 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ chiqarishning unumdorligini yoki biron bir alohida xususiyatlarini bildirmaydi, balki aksiz tvarlarini ishlab chiqarish va realizasiya qilishning alohida sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi. Bilvosita soliqlar xususan, aksiz soligʻi davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy soliqlardan hisoblanadi. Davlat budjeti daromadlari tarkibida eng yuqori soliq tushumlari ushbu soliqlardan tashkil topadi. Aksizni keng va tor ma’noda talqin qilish mumkin. Tor ma’noda bu tushuncha ostida, alohida tovarlarga Aksiz soligʻi yoki individual Aksiz soligʻi tushuniladi. Keng ma’noda esa aksiz tushunchasi individual Aksiz soligʻini ham, universal Aksiz soligʻini ham qamrab oladi. Ular oʻrtasidagi farqi, uni undirish usuli hisoblanishi va amal qilish sohasiga bogʻliq. Bizga ma’lumki, tarixda dastlab individual Aksiz soligʻi paydo boʻlgan. Ular kiritish va undirish tartibi iqtisodiyotning rivojlanish darajasiga bogʻliq boʻlib, soliqning bu turi alohida tovarlardan qat’iy belgilangan stavkalar asosida undirilgan. Universal Aksiz soligʻi esa keng qamrovga ega boʻlib, barcha holatlarda tovarlar, xizmatlar, ishlar realizasiyasi aylanmasi uni undirish obyekti boʻlib hisoblanadi. Universal Aksiz soligʻiga oborotdan soliqlar, sotishdan olingan soliqlar, qoʻshilgan qiymat soliqlari kiritilgan. Individual Aksiz soligʻi chegaralangan ma’lum tovarlarga belgilangan va narxga kiritilib iste’molchi tomonidan toʻlanadi. Hozirgi vaqtda soliq tizimida aksiz soligʻi davlat moliyaviy resurslarining shakllanib borishi uchun muhim rol oʻynaydi. Alohida tovarlardan aksiz soligʻini undirish zarurligi ulardan budjetni toʻldirishning qoʻshimcha manbai sifatida foydalanishdan tashqari, alohida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi bilan ham bogʻliqdir. Ular jumlasiga: 1. Atrof muhit holatiga va inson salomatligiga zarar keltiradigan tovarlar iste’molini cheklash ya’ni alkogol va tamaki mahsulotlari, avtomobil benzini. 2. Yuqori daromad olinadigan aholi iste’moli daromadlarini qayta taqsimlashga boʻlgan ehtiyoj. 3. Davlat monopoliyasida boʻlgan mahsulot ishlab chiqarish va realizasiyadan kelgan yuqori daromadni qayta taqsimlashga boʻlgan ehtiyoj kabilarni kiritish mumkin. Soliq islohotlarini oʻtkazishda soliqqa tortishning an’anaviy tamoyillari oʻzgarmaydi. Lekin amaldagi soliq tizimining iqtisodiy-huquqiy tamoyillarini takomillashtirib boriladi. Bunda soliq munosabatlarining tamoyillari oʻtkazilgan har bir islohotlar natijasida sayqallanadi va mohiyati, mazmuni maqsadlari borgan sari nazariy tamoyillar darajasiga yaqinlashib boradi. Zero har bir davrning oʻziga xos soliq tizimining adolatlilik, samaradorlik va soddalashtirilgan namunasi mavjud. Ana shu koʻrsatkichlar muayyan davrga moslashtirilgan soliq islohotlari oʻtkazilishi natijasida an’anaviy mezonlarga ya
Доказательный фрагмент
«This article examines issues related to the improvement of excise tax administration, the calculation of excise tax and its importance in the formation of the country's budget.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines issues related to the improvement of excise tax administration, the calculation of excise tax and its importance in the formation of the country's budget. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- excise tax, state budget revenues, tax rates, tax code, excise tax payers, aksiz soligi, Налоговый кодекс, soliq kodeksi, aksiz soligi tolovchilari., soliq stavkalari, акцизный налог, доходы государственного бюджета, davlat budjeti daromadlari, плательщики акцизного налога., налоговые ставки, excise tax payers.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026