Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Chet tillarni o’qitishning zamonaviy usullari va xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish chora-tadbirlari
XORIJIY TILLARNI O’RGANISHNI OMMALASHTIRISH CHORA- · Muallif: Nazarova Dilnoza · Ilmiy rahbar: Ibrohimova Lobar
Перспективы внедрения зарубежных инновационных идей и технологий в преподавании иностранных языков в новом Узбекистане · 2021
Аннотация
Chet tillarini o’rganishda zamonaviy usul va yo’nalishga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Xalqaro va milliy sertifikatga ega shaxslar uchun imkoniyatlarning ochib berilishi muhim ta’lim tizimining takomillashtirilishi uchun keng yo’l ochadi. Ushbu maqolada chet tillarini o’ rganishning zamonaviy usullari va imkoniyatlari ochib beriladi. XXI asr butun dunyoda ta’lim tizimi va axborot agentligining rivojlanish asri bo’ldi. Hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanmasdan ta’lim borasida ish olib borish imkonsiz. Ayni vaqtda O’zbekiston rivojlanayotgan davlatlar qatoridadir. Rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish uchun esa respublika ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, imkoniyatlar ko’lamini kengaytirish va, ayniqsa, IT sohasiga bo’lgan talablarni to’laqonli qondirish maqsadida chora- tadbirlar olib borish maqsadga muvofiq. Bu esa o’z-o’zidan talim sohasida yuridik shaxslar uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’lim tizimi bilan bir qatordaonlayn ta’lim tizimini ham teng tarzda yo’lga qo’yish o’quvchi va talabalar o’rtasida bilim salohiyatini kuchaytirish uchun eng qulay yo’l hisoblanadi. Bunda ta’lim oluvchi shaxs pedagog tomonidan turli xil usul va qo’llanmalarni bosqichma- bosqich organadi. O’rganilayotgan mavzu doirasida qo’shimcha ma’lumot va bazaga ega bo’adi. Bu esa talim sohasida olib borilayotgan keng islohotlar debochasi vazifasini o’taydi. Chet tilidan sertifikatga ega bo’lgan pedagog va abiturentlarga bugungi kunda keng imtiyozlar yaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborort va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2021-yil 19-mayda matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Unda abituriyent va pedagog xodimlarga chet tillaridan malaka sertifikati berish, ayni yo’nalishdagi xalqaro hamkorlik yuzasidan ma’lumot berildi. Mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra, 2013-yildan hozirga qadar jami ariza bergan talabalar soni 29 ming 190 nafar bo’lsa, sertifikat olganlar soni 10 ming 293 ta ( 35,3%) ni tashkil etdi. Chet tili pedagoglarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun bo’lib o’tgan test sinovlarida joriy yilda 50 ming 385 nafa r talabgor ishtirok etgan. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining ,, O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida’’gi 2021- yil 19-maydagi PQ 5117-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi ko’plab yangi tadbirlar e’lon qildi. Unga ko’ra: 101 - talab yuqori bo’lgan kamida o’nta tillarni o’rganishni ommalashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar olib borish; -xorijiy tillar o’qituvchilari uchun malaka talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqish hamda ularga malaka toifasini berish jarayonini ochiqlik tamoyili asosida tashkil etish; -xorijiy va mahalliy hamkorlar bilan aloqalar o’rnatib, ularning moliyaviy, uslubiy, zamonaviy, tashkiliy va intensive ko’magini mamlakatda xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirishga jalb qilishni tashkil etish kabi bir qator ishlar olib borish belgilandi. Bizning yosh kadrlar va endi o’sib kelayotgan avlodlarga keng ko’lamdagi imkoniyatlarni ochib berishimiz bevosita Yevropa davlatlari ta’lim tizimiga asoslanib olib boriladi. Oliy ta’lim sohasida chet tillarni bilish rivojlantirilmasa, davlatimiz rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar qatorida orqada qolaveradi. Chet tillarni o’rganishning yanada qulay yo’llaridan biri bu boshlang’ich sinf o’quvchilariga dars jadvali sifatida chet tillarini ertaroq kiritishdir. Ko’pchilik ta’lim muassasalarida pedagoglarning yetishmasligi, malaka doirasida tajribasi kamligi yoki o’qituvchi sonining kamligi sababli chet tillari yuqori sinfga o’tgach kiritiladi. Bu esa talim sohasida bir qancha kechikishlarga va sayozlikka sabab bo’ladi. Respublika miqyosida ayni damdagi masala bo’icha bir qator qaror va farmonlar amalga oshirilmoqda. Xorijiy tillar bo’yicha o’tkaziladigan respublika olimpiadalarida ishtirokchilarning 4 xil ko’nikmasini ( tinglab tushunish, o’qish, yozish hamda gapirish) baholash tartibi joriy etilishini misol qilib olishimiz mumkin. Har bir davlatning ichki ta’lim tizimi, bilim salohiyati kuchli bo’lsa, albatta, ilm-fan sohasida o’zining eng yuksak cho’qqisiga ko’tariladi. Buning uchun o’sib borayotgan avlodga qulay shart-sharoit yaratib berilishi kerak. Chet tillarni rivojlantirishda eng muhim usullardan biri ta’lim oluvchi shaxsni to’g’ri yo’naltirishdir. Bunda o’quvchining qiziqishlari asosiysi hisoblanadi. Demak, bu borada dars mobayni (onlayn yoki an’anaviy)da pedagogning mahorati talabga javob berishi shart. Chet tillarini takomillashtirish yo’lida pedagoglarning, albatta, o’rni beqiyos. O’z yo’nalishi bo’yicha yetarlicha bilim va tajribaga ega bo’lgan pedagoggina ta’lim tizimini takomillashtirishda, kerakli kadrlarni tarbiyalashda, mamlakat kelajagi borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki yuksalishsiz tashqi olam
Доказательный фрагмент
«Chet tillarini o’rganishda zamonaviy usul va yo’nalishga alohida e’tibor qaratilishi kerak.»
Образец извлечения
Демо-превьюChet tillarini o’rganishda zamonaviy usul va yo’nalishga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- modern teaching methods, современные методы обучения, xorijiy til, zamonaviy o'qitish usullari, foreign language, направления в изучении иностранных языков, chet tillarini o'rganish yo'nalishlari, directions in the study of foreign languages, иностранный язык
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Международный мультидисциплинарный журнал исследований и разработокSayfiyev SardorSarvarugli2025