К содержанию
РецензированоRU2026

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ ВЗРОСЛЫХ

Bazarova Gulnoza

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Today, the need for new approaches to the organization of the adult education process and the growing importance of adult education are particularly felt. This article talks about the psychological features of the organization of adult education. Key words: Adult education, pedagogy, psychology, education, methods, educational technologies. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ ВЗРОСЛЫХ Аннотация. Сегодня особенно остро ощущается потребность в новых подходах к организации процесса образования взрослых и возрастающая значимость образования взрослых. В данной статье говорится о психологических особенностях организации образования взрослых. Ключевые слова: Образование взрослых, педагогика, психология, образование, методы, образовательные технологии. "Kattalar ta’limi" deganda biz katta yoshli insonning har tomonlama kamol topishini nazarda tutamiz. Katta yoshli insonning bilimi, malakasi, ko’nikmasini kengaytirish bilan bog’liq har qanday ish kattalar ta’limi xisoblanadi. Ushbu atama bilan bog’liq yana bir qiziq xolat, - kimni katta yoshli deb atash mumkin? - degan mulohazaga chorlovchi fikr keladi. Ko’pincha, kata yoshdagilar deganda 30 dan oshganlardan boshlab va xatto nafaqadagilar ham nazarda tutiladi. Ammo o’rta ma’lumotga ega bo’lgan va mustaqil pul ishlab topishni boshlagan har qanday inson katta yoshli hisoblanadi. Ya’ni, bu toifaga ishlaydigan yoshlar ham, o’rta yoshlilar ham, qariyalar ham kiradilar. Biz insonning o’rta yoki oliy ta’lim tizimida asosiy mutaxassislikga ega bo’lishi bilan bog’liq 84 bo’lmagan ma’naviy va intellectual rivojlanishi haqida so’z yuritamiz. Katta yoshli inson qanday ta’lim olishi, uning o ’quvchi yoki talabadan qanday farqlari borligi, ular bilan ishlashda qanday usullar samarali ekani, bu soxada qanday muammolar borligi va ulami qanday vositalar yordamida xal etish mumkinligini muhokama qilamiz. Hozirgi kunda ta’lim tizimiga berilayotgan katta e’tibor tizimning turli bosqichlariga alohida etibor qaratilishini va ushbu bosqichlarning o‘ziga hos xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda jarayonni tashkil etishni taqazo etmoqda. Ushbu nuqtai-nazardan, xalq ta’limi va oliy va undan keyingi ta’lim tizimi vakillari orasida ko‘p muhokamaga sabab bo‘luvchi pedagogika va andragogika tushunchasiga oydinlik kiritmoqchimiz. So‘zimizni boshini ko‘pchiligimizga tanish bo‘lgan pedagogika, ya’ni soha vakili bo‘lgan “pedagog” tushunchasidan boshlamoqchimiz. Pedagog (Pedagogue), maktab o‘qituvchisi – juda sinchkovlik yoki qat’iyatlik bilan ta’lim beruvchi kishi deb ta’riflanadi. Pedagogik modelda nimani, qachon va qanday o‘qitilish kerakligini o‘qituvchi hal qiladi. Kattalarni o‘qitish, o‘rgatish sohasi hisoblangan “androgogika” esa, aksincha, kattalarga ta’lim beruvchi san’at va fan hisoblanadi. Androgogik model quyidagi beshta asosga tayanadi: 1) o‘rganuvchilarga biror narsani o‘rganish nima uchun muhimligi bildiriladi; 2) o‘rganuvchilarga ma’lumotlar ichida o‘zlarini qanday boshqarishni ko‘rsatadi; 3) mavzu o‘quvchilar tajribasiga bog‘lanadi; 4) odamlar o‘rganishga tayyor bo‘lmagunicha yoki motivlanmagunicha ishga kirishmaydilar; 5) Bu esa o‘rganish bo‘yicha to‘siqlarni, xatti harakatlar va e’tiqodlarni bartaraf etishni talab qiladi. J.Rachal androgogikani kattalarga ta’lim berish vositasi sifatida o‘rganib, oliy ta’limda talabalar o‘z motivatsiyalariga o‘zlari mas’ul bo‘lishlari kerakligini ta’kidlaydi. Androgogika talabalarni nazorat qilishga, egallanayotgan bilimlarni mavjud standartlarga asoslanib baholab borishga va talabalarni o‘rganishga ixtiyoriy jalb etishga chorlaydi. Lekin bu shartlarning aksariyati oliy ta’limda qo‘llanmaydi. Androgogikaning asosiy nazariyalaridan yana biri, o‘qish , o‘rganish haqiqiy qadriyat sifatida ta’qib qilinishidir. Androgogika qoniqishni ko‘lamini va talaba belgilagan natija darajasini talab qiladi. Bu shartlarning hech birini oliy ta’lim mazmuni orasidan osonlikcha topib bo‘lmaydi, ayniqsa, o‘qitilishi nazarda tutilayotgan kursning maqsadiga qoniqish asosiy aniqlovchi sifatida kiritilmagan bo‘lsa. Bolalar ta’limida o‘qituvchilar tashqi motivatsion omillar (baho olish, ota-onaning yoki 85 o‘qituvchining talabi, uyalib qolishdan qo‘rqish va h.z.) sifatida muhim o‘rinni egallasa, oliy ta’limda esa tashqi omillar o‘quv faoliyati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatsa-da, talaba mas’uliyatini kuchaytirmaydi. Bunday farqni ajrata bilgan oliy ta’lim o‘qituvchisigina tegishli metod, texnologiya va yondashuv orqali talabalarga bilim olish ko‘nikmalarini o‘rgatishda muvaffaqiyatga erishadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli o‘qishga bo‘lgan motivatsiya omili ko‘pincha intellekt omilidan kuchliroqdir. O‘rganish jarayonini yoqimli qilishda o‘rganuvchilar motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Shu sababli motivatsiyani shakllantirish, rivojlantirish, kerakli darajada saqlashga doir metod hamda yondashuvlarni inobatga olib, darslar va o‘quv materiallarini tashkillashtirgan holda olib borish talab etiladi. Birinchidan, taqdim etilayotgan matnlar, audiovizual

Доказательный фрагмент

«Today, the need for new approaches to the organization of the adult education process and the growing importance of adult education are particularly felt.»

Образец извлечения

Демо-превью

Today, the need for new approaches to the organization of the adult education process and the growing importance of adult education are particularly felt. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Adult education, pedagogy, psychology, education, methods, educational, educational technologies, metodlari, ta’lim, методы, psixologiya, Kattalar ta’limi, образование, образовательные технологии., pedagogika, педагогика, психология, ta’lim texnologiyalari., Образование взрослых
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники