К содержанию
РецензированоRU2024

ВЫРАЖЕНИЕ АНТОНИМНЫХ ОТНОШЕНИЙ В СТАТЬЯХ

Uzoqova Yulduzxon Dilshodbek qizi

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The emotional power and charm of the Uzbek language is reflected in the proverbs and sayings of our people. Concepts of value in proverbs are often expressed by antonyms. The use of proverbs with an antonymic feature expands their scope. This article is dedicated to the analysis of such proverbs. Key words: proverbs, antonyms, opposition, lexeme, contextual antonymy, affixal antonymy, semasiology, linguistic analysis. ВЫРАЖЕНИЕ АНТОНИМНЫХ ОТНОШЕНИЙ В СТАТЬЯХ Аннотация. Эмоциональная сила и очарование узбекского языка отражены в пословицах и поговорках нашего народа. Понятия ценности в пословицах часто выражаются антонимами. Использование пословиц с антонимическим признаком расширяет их сферу применения. Анализу таких пословиц посвящена данная статья. Ключевые слова: пословицы, антонимы, оппозиция, лексема, контекстуальная антонимия, аффиксальная антонимия, семасиология, лингвистический анализ. Borliqdagi barcha hodisalar o‘rtasida oppozitsiya mavjud. Qarama-qarshiliklar olamni anglashda asosiy mezonlardan biridir. Bu hodisa tilshunoslikda antonimiya nomi ostida talqin qilinadi. Antonimiya - til birliklarining semantik jihatdan o‘zaro zid, qarama-qarshi bo‘lish hodisasi.1 Antonim so‘zlar til birliklaridan biri bo‘lib, badiiy adabiyotda, publisistikada, shuningdek, maqol va matallarda keng qo‘llaniladi. Maqollar insonlar o‘rtasida muloqot jarayonida ma’lum bir voqelikka nisbatan bildirilayotgan fikrni ifodalaydi, ularda antonimlardan foydalanish lingvistik tahlilning, antonimiyaga oid bir qator lug‘atlar, izlanishlarning oshishini ko‘rsatadi. Antonimlarning maqollar tarkibida uchrashini tahlil qilsak, bunday so‘zlar bir qancha ma’nolarni qamrab olishini ko‘rishimiz mumkin. Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan musulmon dinidan. Ushbu maqolda ‘‘yaxshi’’, ‘‘yomon’’ so‘zlari antonimlik hosil qilmoqda. Maqolda ishlatilgan ‘‘ilon’’ obrazi aslida xavfli hayvon bo‘lsa-da, bu obraz tagida salbiy xarakterli insonlar 1 Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати.- ТОШКЕНТ: ‘‘ЎЗБЕК МИЛЛИЙ ЭНЦИКЛОПЕДИЯСИ’’ ДАВЛАТ ИЛМИЙ НАШРИЁТИ. 1 24 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Maqoldagi ‘‘yaxshi’’ so‘zining izohli lug‘atda bir qancha ma’nolari keltirilgan, mazkur maqolda uning - ijobiy sifatga ega bo‘lgan, biror talabga to‘la javob beradigan, kishiga yoqadigan, ma’qul bo‘ladigan2 ma’nosi ifodalangan. Bunga zid ma’noda ‘‘yomon’’ so‘zining salbiy, noxush, odob doirasiga sig‘maydigan ibora ma’nolari ifodalangan. Umuman, ushbu antonim juftlik ishtirok etgan maqollar talaygina: Yaxshi oshini yer, Yomon - boshini; Yaxshi bilan yo‘ldosh bo‘lsang, yetasan murodga, Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lsang, qolasan uyatga; Yomon yashar, yaxshi qaqshar; Yaxshilikni unutma, yomonlikni ko‘zda tutma; Yaxshi o‘zar, yomon to‘zar - shu va boshqa maqollarni misol sifatida keltirishimiz mumkin. Achchiq haqiqat shirin yolg‘ondan yaxshiroq. Mazkur maqolda antonim so‘zlar sifatida ‘‘achchiq’’, ‘‘shirin’’ so‘zlari qo‘llanilgan. ‘‘Achchiq’’ va ‘‘shirin’’ so‘zlari asli sifat so‘z turkumiga tegishli bo‘lib, maqolda antonim juftlikni hosil qilmoqda. Maqolda, asosan, leksemalarning ko‘chma ma’nosi ifodalangan bo‘lib, haqiqat har doim hammaga ham xush kelavermagani uchun uni achchiq ya’ni kishiga qattiq tegadigan, noxush bo‘lsa-da, kishiga huzur baxsh etadigan, lekin tag zamiri asliyatdan yiroq shirin yolg‘ondan ko‘ra afzalligi ifodalangan. Shuni ta’kidlash kerakki, ‘‘achchiq’’, ‘‘shirin’’ so‘zlari nutqimizda keng qo‘llanilib, o‘z va ko‘chma ma’nolarda ham qarama-qarshiliklarni ifodalab keladi. Shuningdek, ushbu paremiologik birligimizda kontekstual antonimiya hodisasi ham aks etgan. Kontekstual antonimiya o‘zaro zid ma’no ifoda etmagan leksemalarning ma’lum konteks ichida so‘zlovchi yoki muallif tomonidan antonimlik munosabatlariga kiritilishidir.3 Yuqorida keltirilgan maqol tarkibidagi ‘‘haqiqat’’, ‘‘yolg‘on’’ so‘zlari tilda aynan antonimlar emas, ammo qo‘llanish doirasida zid ma’nolarni ifodalab, kontekstual antonimiya hosil qilgan. Nodon do‘stdan dono dushman afzal. Ushbu maqoldagi ‘‘do‘st’’, ‘‘dushman’’ so‘zlari o‘zaro bir grammatik turkumga mansub bo‘lib, nutqda faol qo‘llaniladigan antonim so‘zlar hisoblanadi. Shuningdek, konteksdagi ‘‘nodon’’ va ‘‘dono’’ leksemalari ham antonimlik hosil qilmoqda. Ilm-ma’rifatdan xabari yo‘q, ongi past, qoloq do‘stdan aql-zakovatli, oqil dushman afzalroq degan fikr ilgari surilgan. Insonda nodon do‘st bo‘lsa, u, albatta, pand berishi mumkin, har qalay foyda bermaydi, lekin dono dushmandan yomonlik kutilsa-da, undan ibrat, tajriba olish mumkin. Zero, ‘‘Aqlli dushman bilan kengashish mumkin, lekin johil do‘stning maslahatidan qochish kerak’’.4 Shuningdek, maqollarda affiksal antonimiyani ham ko‘rishimiz mumkin. Affiksal antonimiya - qo‘shimchalar o‘rtasidagi zid ma’nolilik. Asosan, sifat so‘z turkumidagi qo‘shimchalarda ko‘p uchraydi. Masalan: Bilimlining bilimi yuqar, Bilimsizning ni

Доказательный фрагмент

«The emotional power and charm of the Uzbek language is reflected in the proverbs and sayings of our people.»

Образец извлечения

Демо-превью

The emotional power and charm of the Uzbek language is reflected in the proverbs and sayings of our people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
proverbs, antonyms, opposition, lexeme, contextual antonymy, affixal, antonim so‘zlar, kontekstual antonimiya, семасиология, лексема, linguistic analysis., leksema, affixal antonymy, контекстуальная антонимия, affiksal antonimiya, lingvistik tahlil., пословицы, аффиксальная антонимия, semasiology, semasiologiya, oppozitsiya, maqollar, антонимы, лингвистический анализ., оппозиция
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники