К содержанию
РецензированоRU2024

РОЛЬ ИОРДАНИИ В ПАЛЕСТИНСКОМ КОНТРОЛЕ В КОНЦЕ МАНДАТНОЙ СИСТЕМЫ

Abduraxmonov Alisher Ulug`bek o`g`li

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

Since its establishment, Jordan has been recognized as a state directly related to Palestine. Especially due to King Abdullah's territorial policy and geopolitical strategies, the issues of Jordan and Palestine came to the fore. This article examines Jordan's policy on Palestine after World War II. Keywords: Palestine, Jordan, Jewish Alliance, UN Partition, Arab Legion, Free Officers, West Bank, Gaza. РОЛЬ ИОРДАНИИ В ПАЛЕСТИНСКОМ КОНТРОЛЕ В КОНЦЕ МАНДАТНОЙ СИСТЕМЫ Аннотация. С момента своего создания Иордания была признана страной, напрямую связанной с Палестиной. В частности, благодаря территориальной политике и геополитической стратегии короля Абдаллы, вопросы Иордании и Палестины вышли на первый план. В данной статье рассматривается политика Иордании в отношении Палестины после Второй мировой войны. Ключевые слова: Палестина, Иордания, Еврейский альянс, Раздел ООН, Арабский легион, Свободные офицеры, Западный Берег, Газа. Ikkinchi Jahon urushi davomida fashistlar tomonidan qirg‘inga uchragan yahudiylar dunyo nigohida mazlum holiga kelib qolgandi. Bu esa, AQSH va Angliyaning milliy yahudiy birligini tuzish va yahudiylarni Falastinga ko‘chirish siyosatini ahamiyatini oshirib yubordi. 1942-yilda o‘tkazilgan Biltmor konferensiyasidan so‘ng, AQSH yahudiylarning eng yaqin hamkoriga aylandi, Yahudiy lobbisining ta’siri ostida harakat qilgan Harri Trumen Biltmor konferensiyasi qarorlarini amalga oshirishga faol kirishdi. 1 Angliya va AQShning ayri-ayri olib borgan harakatlari natijasi kutilgandek bo‘lmagani sabab, yahudiy qochqinlar masalasi BMT tomonidan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi, bu esa hech 1 “Ürdün-Filistin İlişkilerine Tarihsel Bir Bakış” N. Neşe Kemiksiz 1 18 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bitmayotgan urushning boshlanish nuqtasi edi. BMTning Falastin yerlarini bo‘lish va u yerda Arab va yahudiy birliklarini tashkil etish qarori, dastlab, ikki tomonning ham noroziliga sabab bo‘ldi biroq, keyinchilik, yahudiylar bu taqsimotni qabul qildilar, arablar esa, qurolli to‘qnashuvlarga hozirlikni boshladilar. Natijada, 1947-yilda bu o‘lkada to‘qnashuvlar boshlandi. Bundan eng manfaatdor o‘lka esa, Iordaniya davlati edi. Garchi arab davlati bo‘lsa-da, davlat manfaatlari sabab Falastindagi to‘qnashuvlardan foyda chiqarishga uringan Iordaniya qiroli Abdulloh Falastin taqsimotidan biroz avval yahudiy alyansi vakili Golda Meyr bilan ko‘rishib, Falastin masalasiga Husayn (Falastin ozodlik rahbarlaridan biri) va boshqa arab davlarlarining aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun diplomatik va strategik rejalarni muvofiqlashtirishdi. Kelishuvning yana bir sharti shu ediki, Abdulloh taqsimot asosida berilgan Yahudiy yerlariga kirmaslik va’dasi evaziga, alayansni arab yerlari deya berilgan hududlarni Iordaniyaga qo‘shib olishga rozilik berishga majbur qildi. Abdullohning asl maqsadi Iordan daryosining ikki qirg‘og‘ini o‘z davlatiga birlashtirish edi. Shu maqsadda, u Arab davlatlari ligasida o‘zining bu rejasini qabul qilinishi uchun harakat qilib ko‘rdi va hatto bu harbiy amaliyotning moliyalashtirilishiga ham erishmoqchi edi. 1948-yil aprel oyida Arab davlatlar ligasining yig‘ilishida qirol Abdulloh mandat tizimi yakuniga yetgach, Iordaniya armiyasining (arab legioni) Falastin hududlariga kirishini e’lon qildi. Garchi Misr keskin qarshilik bildirsa-da, Arab legioni qudrati oldida ojiz edi. 2 Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, Falastin hududlari nafaqat yahudiylar uchun balki arab davlatlari uchun ham juda ahamiyatli hudud hisoblangan, misol tariqasida ko‘rib o‘tilayotgan Iordaniya qirolligi ham Falastinni o‘z hududlarinig ichkki qismi deb hisoblagan, shu ma’noda bu hududlarni egallashga o‘z hukmronligini o‘rnatishga harakat qilgan. Hatto, Arab-Isroil urushi natijasida, qochqinga aylanib, Iordaniya hududlariga ko‘chib o‘tgan falastinliklarga Iordaniya fuqaroligini berib, Falastin milliy birligi g‘oyasini yo‘qotishga ham uringan, chunki Falastin birligi bevosita Iordaniya qirolligi birligi va mavjudligiga xavf sifatida baholangan. Bu fikrlar isbotini quyida ko‘rib chiqamiz. 1950-yilda G‘arbiy sohilning anneksiya qilinishidan so‘ng, 1954-yilda bu yerda yashovchi falastinliklarga Iordaniya fuqaroligi berildi, ularga parlament quyi palatasidan o‘rinlar ajratildi. Bu siyosiy harakat qirol Abdullohining arabizm idealogiyasi sifatida ko‘rilsa-da, aslida Iordaniya qirolligi hududlarini kengaytirish siyosati ham edi. Bu anneksiya o‘lkadagi demografik jarayonni tubdan o‘zgartirib yubordi, bu hududda falastinliklar aholining uchdan ikki qismini tashkil eta boshladi. Bu esa Iordaniyaning falastinliklarga vakillik qilishiga va ushbu joriy etilgan rejimga xavf tug‘dira boshladi. 3 Iordaniyaning assimilatsiya siyosatiga javoban Misr G‘azo sektorini Mirsga qo‘shib olinganligini, uning haqiqiy egalari falastinliklar ozod davlat qursa, bu hudud ularga qaytarilishini e‘lon qildi. Biroq, Iordaniya tomonidan G‘arbiy sohilning egallanishi mustaq

Доказательный фрагмент

«Since its establishment, Jordan has been recognized as a state directly related to Palestine.»

Образец извлечения

Демо-превью

Since its establishment, Jordan has been recognized as a state directly related to Palestine. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Palestine, Jordan, Jewish Alliance, UN Partition, Arab Legion, Free Officers, Газа., G‘arbiy sohil, Falastin, Еврейский альянс, Иордания, West Bank, Свободные офицеры, yahudiy alyansi, ozod zobitlar, BMT taqsimoti, Палестина, Западный Берег, Arab legioni, Iordaniya, Раздел ООН, Gaza., G‘azo., Арабский легион
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники