К содержанию
РецензированоUZ2025

THE ORGANIZATION OF THE KINGDOM OF XIVA, THE POLITICAL SITUATION AND THE STATE ADMINISTRATION SYSTEM IN THE KINGDOM

UZBEKISTAN” JURNALI · Nabijanov Umidjon Abdug’ani o’g’li

Современная наука и исследования · 3 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Sohibqiron Amir Temurning Hindiston o’lkasi bilan bo’lgan harbiy harakatlar, urushning kelib chiqishi, urushda qo’shin foydalangan harbiy taktika va qurollar va urushning natijalari haqida ma’lumot beriladi. Kalit so’zlar: Amir Temurning Hindistonga yurishi, Eryob qal’asi, arbalet, Jamna daryosi, Jahonnamoy qal’asi, Panipat yaqinidagi jang, Sulton Mahmud, jangovor fillar O’zbekiston mustaqilligini har tomonlama mustahkamlash uning umumbashariyat tan olgan ma’naviyatini tiklash va yangi davr talablari asosida yuksak darajaga ko’tarishni talab qiladi. Aynan shu masala yuzasidan 1998-yil O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarixchi olimlar bilan uchrashuvda tariximizni xaqqoniy ravishda yozish masalasini qo’yadi. I.Karimov Amir Temur haykalining ochilishiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishda shunday deydi: “Biz yashab turgan shu muqaddas zaminda buyuk bir davlatga asos solgan, olamni tebratgan, nomi yetti iqlimda mashhur bo’lgan ulug’ bobokalonimiz Amir Temur yoshligidan boshlab o’z oldiga ona yurtini mo’g’ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo’ydi, yer yuzida buyuk saltanat sohibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi, mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko’tarib, dunyoga mashhur qildi”1. Sohibqiron Amir Temur bobomizning yurishlari ko’plab tarixchilar tomonidan bo’limlarga bo’lib o’rganilgan. Masalan, uch yillik urish, besh yillik urish va yetti yillik urishlarga bo’lib o’rganishgan. Bu bosqichlarning hammasi ma’lum bir maqsadda amalga oshirilgan. Har bir bosqichda amalga oshirilgan 1 I.Karimov. Sohibqiron Amir Temur haykalining ochilishiga bag’ishlangan tantanada 1993 yilning 31-avgustida so’zlagan nutqi. “O’zbekiston ovozi”. 1993 yil, 1 sentabr 145 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 taktikalar Sohibqiron tomonidan mukammal o’ylab chiqilgan. Aynan Hindiston tomon urushlarida ham Amir Temur yurish oldidan qo’shin joylashuvi, qurol- yarog’larni hisobga olgan holda alohida yondashgan. Amir Temurning Hindistonga yurishi Dashti Qipchoq yurishidan qaytib kelgach, Xitoy yurishiga tayyorgarlik ko’rish uchun 1397-yil nabirasi Muhammad Sultonni 30 ming kishilik qo’shin bilan Mo’g’uliston chegaralariga yuborishi va “Nihoyat AmirTemur 1398-yil mart oyida kofirlar bilan jihod qilishini e’lon qilib, harbiy safarga chiqdi. Old qoshin qomondoni sifatida yuborgan nabirasi Pir Muhammad may oyida Multanga kirdi. U oktyabr oyida Hind daryosini kesib o'tdi. Yo‘lida Kobul viloyatini qo‘lga kiritgach, Panjob va Sind daryolaridan o‘tib, Hindistonning mashhur Batnir qal’asini atroflarini zabt etadi”2. Amir Temur Hindistonga yurishini mart oyida boshlaydi. Ba’zi tarixchilarning fikricha Amir Temurning Hindistonga yurishidan ko’zlangan asosiy maqsadi Buyuk Ipak yo’lini egallash va uning to’la xavfsizligini ta’minlash, Sharqu G’arbni o’zaro iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga aloqasi bo’lmagan, faqat bosqinchilik va o’ljani qo’lga kiritishga qaratilgan harbiy yurish sifatida baho berishadi. Lekin bu fikrlarga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki, Amir Temurning Hindistonga bo’lgan urishida ko’zlangan asosiy maqsad karvon yo’llari xavfsizligini ta’minlash, bu yo’ldagi ko’plab qabilalar savdoga yomon ta’sir qilishgan. Ushbu qabilalarga misol qilib afg’on qabilalarini keltirsa bo’ladi. Ularning doimiy beboshligi savdo rivojiga katta ta’sir o’tkazgan. Ushbu yurish davomida Sohibqiron Amir Temur asosan afg’on qabilalari bilan bo’lgan urushlar bilan band bo’lganligi, u yerda buzib tashlangan qal’alar va mudofaa devorlarini tiklashga katta e’tibor bergan. Vayronaga aylangan Afg’onistondagi Eyrob qal’asini va Qorabog’dagi Baylokon shahrini qaytadan bunyod ettirgan. Bu shaharlar me’morchilik va san’at uchun qurilmagan. Bu shaharlarni bunyod qilish va qayta tiklashdan asosiy maqsad–iqtisodiy va harbiy maqsadlar ko’zlangan. Bu shaharlar iqtisodiy va harbiy-strategik jihatdan muhim joylarda joylashgan. Misol qilib keltiradigan bo’lsam, Eryob qal’asi Hindistonga boradigan savdo yo’li xavfsizligini ta’minlashda va shu atrofdagi hududlarni va aholini to’belikda ushlab turishda muhim o’ringa ega bo’lgan. 2 Bebitov. M, Abdullayeva. M. Amir Temurning Hindistonga yurishi. “Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences”. 2023. –B. 679. 146 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Amir Temur qo’shinlari Termiz orqali Samarqand tomonga harakatlana boshlaydi. Bog’lon viloyatidagi Hindikush tog’laridan o’tgan Amir Temur qo’shini eski Kofiriston (hozirgi Nuriston) aholisi bilan bir necha oy jang qiladi. 1398-yil Amir Temur Andarob orqali Kobulga keladi va shu yerda boshqa davlatlarning elchilarini qabul qiladi. Afg’on qabilalari bo’ysindirilgan. Dastlab Amir Temur qo’shini kelayotgani haqidagi habarni eshitgan Dibalpur shahri aholisi c

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Sohibqiron Amir Temurning Hindiston o’lkasi bilan bo’lgan harbiy harakatlar, urushning kelib chiqishi, urushda qo’shin foydalangan harbiy taktika va qurollar va urushning natijalari haqida ma’lumot beri…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Sohibqiron Amir Temurning Hindiston o’lkasi bilan bo’lgan harbiy harakatlar, urushning kelib chiqishi, urushda qo’shin foydalangan harbiy taktika va qurollar va urushning natijalari haqida ma’lumot beri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
политическая ситуация, Khanate of Khiva, Xiva xonligi, siyosiy vaziyat, Хивинское ханство, political situation
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники