К содержанию
РецензированоUZ2026

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari

TA’MINLASH MASALALARI · Akmalov Hamid Akmalovich Berdaq nomidagi

Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada joriy yilda mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan, qonunchilikni isloh qilishni talab etadigan konstitutsiyaviy islohotlar va undan kelib chiqqan holda qabul qilingan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi haqida bayon etilgan. Shuningdek, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Strategiya - 2030, Prezident farmoni, qonun ustuvorligi, milliy qonunchilik, huquqiy davlat, davlat fuqarolik xizmati, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvi, adolatli va zamonaviy davlat. Qonun ustuvorligi har qanday davlat va jamiyat hayotining muhim tamoyillaridan biri bo‘lib, barcha demokratik institutlar, inson huquqi va erkinliklari qonun ustuvorligining ta’minlanishi asosida amalga oshiriladi va joriy etiladi. Qonunda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va intilishlari o‘zining ifodasini topadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish mamlakatimizning asosiy maqsadidir. Ushbu jarayonda qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash - bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi va eng muhim sharti hisoblanadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 1-moddasida mamlakatning suveren demokratik respublika ekanligi bilan bir qatorda huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi qat’iy belgilab qo‘yildi. Huquqiy davlat konsepsiyasi asosida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 15, 16-moddalarida Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga eganligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari mamlakat huquqiy tizimining tarkibiy qismi ekanligi belgilandi. Inson huquqlariga oid normalar uch baravardan ortiq oshirilganligi ham bunga yaqqol misol [1]. Yana bir muhim o‘zgarish - davlatning ijtimoiy sohadagi vazifa va majburiyatlari kuchaytirilganligidir. Xususan, Asosiy qomusimizda davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish (43-modda), aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy- joy bilan ta’minlash (47-modda) bo‘yicha davlatning majburiyatlari, fuqarolarning davlat hisobidan kafolatlangan tibbiy yordamga bo‘lgan huquqlari (48-modda), inklyuziv ta’lim va tarbiya masalalari (50-modda) kabi ijtimoiy kafolatlar belgilandi. Bu kabi yangiliklar ko‘plab xalqaro kuzatuvchilar, xususan konstitutsiyaviy islohotlar doirasida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya va tadbirlarda ekspert va mutaxassislar tomonidan ijobiy tarzda baholandi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 154-moddasida yuqorida qayd etilgan O‘zbekistonning suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi haqidagi qoidalar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emasligi mustahkamlandi [2]. Amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar Asosiy qomusimizda belgilangan davlatning majburiyatlari va ustuvor vazifalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishni taqozo etadi. Shu sababli ham bunday ishlarni tizimli va mantiqiy izchillik asosida tashkil etish maqsadga muvofiq. Binobarin, mamlakatimiz keyingi istiqbolda rivojlanishi uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilovchi hujjat qabul qilinishi taqozo etiladi. Bugungi kunda jamoatchilik vakillari tomonidan ijobiy tahlil etilayotgan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi aynan shunday hujjatdir. Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida joriy yilning 11-sentyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 158- sonli “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi. “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida quyidagi beshta asosiy g‘oya asos qilinganligini ko‘rishimiz mumkin: 1) barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish; 2) aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish; 3) aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish; 4) xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish; 5) mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash. Mazkur g‘oyalarni amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida 5 ta ustuvor yo‘nalish, ular doirasida 12 ta kichik yo‘nalish hamda 100 ta maqsadni

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada joriy yilda mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan, qonunchilikni isloh qilishni talab etadigan konstitutsiyaviy islohotlar va undan kelib chiqqan…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada joriy yilda mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan, qonunchilikni isloh qilishni talab etadigan konstitutsiyaviy islohotlar va undan kelib chiqqan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rule of law, Strategy - 2030, Prezident farmoni, huquqiy davlat, Strategiya - 2030, milliy qonunchilik, Указ Президента, national legislation, davlat fuqarolik xizmati, fair and modern state, state civil service, справедливое и современное государство, государственная служба государственное управление, Presidential decree, верховенство закона, adolatli va zamonaviy davlat, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvi, qonun ustuvorligi, public service public administration, правовое государство, национальное законодательство, Стратегия-2030, legal state, государственная гражданская служба
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники