МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИБадриддин МАКСУДЗОДА2025
Традиционные образы и их характеристики в мировой литературе
JAHON ADABIYOTIDA АN’ANAVIY OBRAZLAR · VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI · Ma’diyeva Adiba Dovudovna
Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026
Аннотация
Традиционные образы имеют особое значение для любителей литературы, это персонажи, обладающие способностью пересекать границы отдельных стран, народов, культур и, как правило, обладающие возможностью философского осмысления существования. В статье проведен сравнительный анализ интерпретации традиционных образов в немецком, русском и узбекском литературоведении, особенно в поэзии, в научных работах. Ключевые слова: литература, духовность, традиция, образ, миграция, символ. Annotation. Traditional images are of particular importance for literature lovers; these are characters who have the ability to philosophically comprehend existence. The state has conducted a comparative analysis of the interpretation of traditional images of German, Russian and Uzbek literature, especially in poetry and scientific activity. Key words: literature, spirituality, traditional, image, migration, symbol. Dunyo adabiyotshunosligi uchun doimiy takrorlanadigan, asrlar osha abadiy bo‘lgan va har xil qiyofada, shaklda namoyon bo‘ladigan, ammo Sharq va Gʻarb adabiyotida farqlanadigan obraz, ya’ni bir davrdan ikkinchisiga o‘tadigan, shoirlar tez-tez murojaat qiladigan va ularga o‘z talqinlarini beradigan badiiy tasvirlarga an’anaviy obraz, deb ataladi. Ular har doim uzoq vaqt davomida o‘zgarmas bo‘lib qoladigan ma’lum ma’noga ega. Biroq, davr va muallifning dunyoqarashi va niyatiga ko‘ra, tasvirning yangicha talqinlari yuzaga chiqishi mumkin. 671 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman An’anaviy obrazlar adabiyot ixlosmandlari uchun o‘zgacha ma’noga ega bo‘lib, alohida mamlakatlar, millatlar, madaniyatlar chegaralarini kesib o‘tish qobiliyatiga, qoida tariqasida, borliqni falsafiy tushunish imkoniyatiga ega bo‘lgan obraz-personajlardir. Barcha an’anaviy tasvirlar abadiy bo‘lib qolmaydi, chunki ba’zida ular faqat ma’lum bir millat yoki xalq uchun ma’no-mohiyatga ega. Har bir milliy madaniyat o‘ziga xos an’anaviy tasvirlarga ega. Masalan, Yaponiyada folklor, fantastika va shoirlar uchun an’anaviy tasvirlar sakura (gilos), Fudzi tog‘i, go‘zallik, samuray (Qadimgi Yaponiyadagi jangchi, xizmat qiluvchi shaxs) va boshqalar, rus an’anaviy obrazlari sifatida shoirlar ijodiyotida ko‘pincha qayin, tol, quyosh, qahramon, ona, nemis she’riyatida Alp tog‘i, daryo, suv, bahor, kuz, qish, bulut, osmon, ona,... o‘zbek she’riyatida esa ko‘pincha ona, ishq- muhabbat, yor, bahor, gul, oy-quyosh obrazlarini an’anaviy obraz sifatida kuzatiladi. Bundan kelib chiqib, an’anaviy obrazlar haqidagi faylasuflarning bir necha nazariy qarashlariga nazar tashlasak, M. Andreottining “Die Struktur der modernen Literatur” (“Замонавий адабиёт структураси”) ilmiy-nazariy asarida miloddan avvalgi IV asrga tegishli Aristotelning “Poetika” asariga an’anaviy obrazlar adabiy matnlarda voqelikni hal qiluvchi omilmi, degan savolga urg‘u berilgan. An’anaviy obraz bugungi kun she’riyatida alohida o‘rin egallaydi va mohiyatni yaratishda muhim rol o‘ynaydi. N.V. Pavlovichning «Словарь поэтических образов» (“She’riy obrazlar lug‘ati") kitobida ta’kidlaganidek, "Har bir an’anaviy obrazda o‘z-o‘zidan emas, balki boshqa bir qatorda – tashqi, ehtimol, har xil, ammo chuqur ma’noda o‘xshash tasvirlar mavjud bo‘lib, ular bilan birgalikda umumiy ma’lum bir semantik invariantni, ya’ni model yoki paradigmani amalga oshiradi.” Muallif bir nechta misollarni keltiradi, jumladan: quyosh nuri – yorqin mato kabi: quyoshning zarrin nurlari, tongning qizil qismlari, oltin to‘qilgan shafaq va boshqalar. Garchi bu so‘zlar leksik yoki sintaktik darajada kesishmasa ham, N.V. Pavlovich “semantik o‘zgarmas” deb ataydigan ularning noaniq semantik o‘xshashligini ko‘rish mumkin. Keyin tasvirlar paradigmasini “bir qator o‘xshash tasvirlarda yuzaki lingvistik darajada amalga oshiriladigan barqaror semantik invariant” deb atash mumkinligini bildiradi. Aytish kerakki, “She’riy obrazlar lug‘ati”da material sifatida XIX–XX asr rus she’riyati va nasridan foydalanilgan. Lug‘at katta bo‘limlarni o‘z ichiga oladi, har bir bo‘lim bo‘lim sarlavhalari bilan bog‘liq aniq tushunchalarni ifodalaydi. Masalan, “Ibtido” sarlavhasi “yosh”, “o‘lim”, “boqiylik”, “vaqt”, “taqdir” va hokazo tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Rus adabiyotshunosi, faylasufi N.A. Afanasev an’anaviy she’riy obrazga quyidagi ta’rifni beradi: “bu – she’riyatda uzoq vaqtdan beri foydalanish an’analariga ega, nisbatan barqaror semantik yadro va og‘zaki ifodaga ega bo‘lgan tasvir”. Muallif an’anaviy she’riy obrazning quyidagi xususiyatlarini ta’kidlaydi: “an’anaviy tasvirlar ma’lum bir universal xususiyatga ega (ular rus zaminiga Yevropa, klassik va Bibliya adabiyotidan kelgan)”. Bunday tasvirlarga quyidagilar kiradi: “yo‘l, olov, sharob, ip, teatr, o‘yin – “hayot”; olov, sharob, kasallik – “sevgi” 672 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va boshqalar”. O‘zbek adabiyotshunosi T. Boboyev ko‘chi
Доказательный фрагмент
«Традиционные образы имеют особое значение для любителей литературы, это персонажи, обладающие способностью пересекать границы отдельных стран, народов, культур и, как правило, обладающие возможностью философского осмы…»
Образец извлечения
Демо-превьюТрадиционные образы имеют особое значение для любителей литературы, это персонажи, обладающие способностью пересекать границы отдельных стран, народов, культур и, как правило, обладающие возможностью философского осмы… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- literature, spirituality, traditional, image, migration, symbol, an’anaviy, adabiyot, tradition, традиция, ma’naviyat, литература, символ, образ, ko‘chim, миграция, ramz, духовность, obraz
Смежные источники
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИДилором САЛОХИ2025
American Journal of Philological SciencesPAGE NO. -, Khudayberganova Dilafruz Usmanovna2025
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИХолыгит Холмуродов2022