К содержанию
РецензированоUZ2026

Davlatlar tashqi siyosatini o‘rganish usullari va xususiyatlari

Sheraliyev N. · olimlari G.Morgentau · S. Hantington · Z.Bjezinskiy katta

Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 599-622 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada tashqi siyosat tushunchasi, uning ijtimoiy va siyosiy fanlar yo’nalishi doirasida berilgan tariflar, shuningdek, tashqi siyosat metodologiyasi uni rivojlantirishda va tadqiq etishda katta hissa qo’shgan olimlar va ularning fikrlari yoritib o’tilgan. Kalit so’zlar. Tashqi siyosat, xalqaro munosabatlar, g’arb tadqiqotchilari, tizimli yondashuv. Xalqaro munosabatlar va davlatlarning tashqi siyosat muammolarini o‘rganishni turli fanlar, ularni o‘z nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadilar: tarix, siyosatshunoslik, sotsiologiya, iqtisod va huquq fanlari va boshqalar. Shu sababli “davlat tashqi siyosati” tushunchasiga ta‘rif berishda ma‘lum farqlar mavjud. Eng maqbuli, bizning fikrimizcha, quyidagi ta‘rifdir: “Tashqi siyosat - bu davlatning xalqaro maydondagi faoliyati, tashqi siyosiy faoliyatning boshqa sub‘ektlari: davlatlar, xorijiy partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlari, jahon va mintaqaviy xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi faoliyati. Tashqi siyosat davlatning iqtisodiy, demografik, harbiy, ilmiy-texnik va madaniy salohiyatiga tayanadi; Shuningdek, Tashqi siyosat - boshqa davlatlar bilan o‘z davlati manfaatlaridan kelib chiqqan holda munosabatlar; davlatning xalqaro munosabatlardagi umumiy kursi, shuning bilan birga, tashqi siyosat davlatning ichki siyosati bilan uzviy bog ‘liqdir. Davlatning tashqi siyosatini murakkab ko‘p olchovli va dinamik ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganish uning tadqiqotiga nazariy va uslubiy yondashuvlarni aniqlash va asoslashni o‘z ichiga oladi. Xalqaro munosabatlar va davlatlarning tashqi siyosatining zamonaviy nazariyasini yaratish va rivojlantirishga, ularning tadqiqot metodologiyasini ishlab chiqishda g‘arb 192 olimlari G.Morgentau, Rosenau, R.Aron, S. Hantington, Z.Bjezinskiy katta hissa qo‘shdilar. Yuqorida aytib o'tilganlar bilan bir qatorda, turli xil ob‘ektiv va sub‘ektiv sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda, xalqaro munosabatlar va davlatlarning tashqi siyosatini rivojlantirish va faoliyat ko‘rsatish muammolariga kompleks, har tomonlama yondashuvni amalga oshirish imkonini beradigan yetakchi umumiy metodologik usul sifatida tizimli usulni qollash eng samarali hisoblanadi. Uning umume‘tirof etilgan afzalligi shundaki, u o‘rganish ob'ektini uning birligi va yaxlitligida taqdim etishga imkon beradi, tashqi siyosat amaliyotining qonunlarini aniqlashga yordam beradi, uning to‘liq va ob‘ektiv tavsifiga va tahliliga yordam beradi. Bilish usuli sifatida tizimli yondashuv XX asr o‘rtalarida adabiyotlarda ilmiy atamalarga aylanishi oqibatida “tizim”, “element”, “boglanishlar”, “tuzilma”, “funksiya”, “barqarorlik”, “atrof-muhit” kabi tushunchalar kirib kelgan paytda shakllangan. Tizimli yondashuvni qollagan birinchi eng mashhur nazariyotchilar amerikalik olimlar Devid Iston va Talkott Parsonsedi.[1] Shuningdek, R.Aronning nuqtai nazari bo‘yicha, “xalqaro tizim muntazam munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaydigan va umumiy urushga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan siyosiy birliklardan iborat” chunki Aron uchun xalqaro tizimdagi o‘zaro munosabatlar davlatlar bo‘lib, bir qarashda u xalqaro munosabatlarni jahon siyosati bilan birlashtiradigandek taassurot qoldirishi mumkin. Biroq, aslida, xalqaro munosabatlarni davlatlararo o‘zaro munosabatlar tizimi bilan cheklash, R.Aron, ayni paytda nafaqat resurslarni baholashga, balki xalqaro maydonda o‘z harakatlarini belgilaydigan davlatlarning salohiyatiga katta e‘tibor qaratibgina qolmay, balki bunday baholashni xalqaro munosabatlarning sotsiologiyasining asosiy vazifasi va mazmuni deb hisobladi. Shu bilan birga, u davlatning potentsialini (yoki kuchini) uning geografik muhiti, moddiy va inson resurslari, jamoaviy harakat qobiliyatidan iborat agregat sifatida ifodaladi. Shunday qilib, tizimli 193 yondashuvga asoslanib, mohiyatiga ko‘ra, xalqaro (davlatlararo) munosabatlarni ko‘rib chiqishning uchta darajasini belgilaydi: davlatlararo tizim darajasi, davlat darajasi va uning kuch (potentsial) darajasi.[2] Zamonaviy xalqaro munosabatlarni tahlil qilishning uslubiy yondashuvlari uch jihat atrofida qurilmoqda:[3] — tadqiqot pozitsiyasini axloqiy qadriyatlar yoki shaxsiy qarashlardan ajratish; — barcha ijtimoiy fanlar uchun umumiy bo‘lgan tahliliy uslub va tartiblardan foydalanish; — tizimlashtirish, umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish va qonuniyatlarni ochishga yordam beruvchi modellarni qurish. Shu bilan birga, tarixiy-sotsiologik usulning xalqaro munosabatlarga tatbiq etilishi va uning bashorat qilish imkoniyatlarini R.Aron ko‘rsatib berdi, u xalqaro munosabatlarni o‘rganishning to‘rtta darajasini: mohiyati va o‘ziga xosligini (xalqaro munosabatlar nazariyasi, determinantlar va qonuniyatlarni (sotsiologiya) tubdan belgilaydi, siyosiy qarorni tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirish jarayoni deb ta’kidlagan. Shuningdek, R.Aron xalqaro tizimni o‘rganishga o‘z yondashuvini qollagan holda, jahon siyosatida kommunistik mafkuraning yemirilishidan, postindustrial jamiyatga o‘tishdan boshlab va milliy davlatlarda suverenitet ma‘nosining o

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tashqi siyosat tushunchasi, uning ijtimoiy va siyosiy fanlar yo’nalishi doirasida berilgan tariflar, shuningdek, tashqi siyosat metodologiyasi uni rivojlantirishda va tadqiq etishda katta hissa qo’shga…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tashqi siyosat tushunchasi, uning ijtimoiy va siyosiy fanlar yo’nalishi doirasida berilgan tariflar, shuningdek, tashqi siyosat metodologiyasi uni rivojlantirishda va tadqiq etishda katta hissa qo’shga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Внешняя политика, international relations, Tashqi siyosat, системный подход, Foreign policy, the West researchers, tizimli yondashuv, g’arb tadqiqotchilari, международные отношения, xalqaro munosabatlar, systematic approach, Запад исследователи
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[4]ЮриспруденцияRUРецензированоОткрытый доступ