К содержанию
РецензированоUZ2026

Yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoyalashda oila muhitining o‘rni

YOSHLARNI MA’NAVIY TAHDIDLARDAN HIMOYALASHDA OILA · MUHITINING O‘RNI · Mo‘ydinova Dilfuzaxon Murodovna O‘zMU

Узбекистан – стратегия 2030 с точки зрения молодых ученых: экономика, политика и право · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoyalashda oilaning ahamiyati va o’rni haqida batafsil yoritilgan. Farzand tarbiyasida qo’llash zarur bo’lgan usul va tarbiya vositalaridan foydalanish yuzasidan taklif, tavsiya va xulosalar berilgan. Kalit so’zlar: oila, ma’naviy tahdid,ta’lim, tarbiya, muammo, axloq, yoshlar, millat. Har qanday millat o’z tarixi davomida o’zining ajdodlari qanday inson bo’lganini, ularning yashash tarzini bilmog’i, barkamol inson bo’lib shakllanishiga ta’sir etgan omillar va shu bilan birga tarixiy merosini ham avaylab asramog’i kerak. Bu borada eng asosiy omil oila muhiti bo’lib, u tarbiya tizimidagi shunday bo’g’inki, butun jamiyatning, millatning bugungi va kelajak hayoti uni qanday tashkil etilishiga, undagi mavjud ijtimoiy- ma’naviy muhitga bog’liq. Umuman, xar qanday insonning asosiy hususiyatlari, avvalo, oila muhitida shakllanadi. Oila xar bir jamiyatning asos-negizi bo’lib, yoshlarimizda insonparvarlik, mehnatsevarlik, ahloqiylik, vatanparvarlik va shu kabi yuksak tuyg’ular, avvalo, oila muhitida singadi. O’zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib kelayotgan, o’z ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan ajoyib an’analaridan biri ota- onani yuksak darajada e’zozlash, izzat-ikromini, hurmatini joyiga qo’yishdan iboratdir. Ota-onani qadrlash, ularning beo’lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodiq bo’lish, duolarini olish farzandlik burchimizdir. 178 Albatta, ota-ona ham xar bir qilgan ishi bilan o’z farzandiga namuna bo’la olishi kerak. Bunday o’zbek millatiga hos bo’lgan an’analar farzandlarimizni milliy g’urur va iftixor ruhida tarbiyalanishi, o’zining mustaqil fikriga ega, ijtimoiy faol bo’lib shakllanishida zamin bo’lib hisoblanadi. Farzand tarbiyasida ota-onalar quyidagi 5 ta xatolikka yo’l qo’ymasligiga erishishishmiz zarur: Birinchi xato: "Seni yaxshi ko’rmayman”. Nega farzandlarimiz xar bir iltimosimizni muammoga aylantirishadi, qo’rqitish shartmikan, bunday deyish orqali tarbiyasini to’g’ri tarafga yo’naltira olamizmi? Ana shunday paytlarda ko’pgina oilallarda ota-onalar “Oyijoning endi seni yaxshi ko’rmaydi”, “Otang seni yoqtirmaydi” iborasidan qurol sifatida foydalanishadi. Yaxshisi, “Men seni xar doim yaxshi ko’raman, lekin bu hatti-harakatingni oqlamayman”, deganimiz ma’qul. Ikkinchi xato: “Beparvolik”. “Istaganingni qil, menga farqi yo’q”, “Nima qilishni o’zing bilasan, meni ishim yo’q” kabi tushunchalar albatta o’sib kelayotgan yosh avlodni noto’g’ri yo’ldan ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Oiladagi tartib-qoidaga asosan hech qachon farzandlarimizning qiziqish va mashg’ulotlariga befarqligimizni ko’rsatmasligimiz kerak. Agar farzandimizning hatti-harakatlariga nisbatan e’tirozimiz bo’lsa: “Bolajonim, mana bu masalada sen bilan chiqisha olmayman. Lekin men istagan paytingda yordam beraman, chunki, seni yaxshi ko’raman” - deb aytsak to’g’ri yo’l tutgan bo’lardik. Uchinchi xato: “O’ta qattiqqo’llik”. Ba’zi oilalarda - “Xar bir ishni men aytgandek qilishing kerak”, “Bu uyda faqat mening deganim bo’ladi” kabi so’zlarni eshitamiz. Farzandalarmizda shunday tuyg’uni shakllantirishimiz kerakki, ular o’zlarining xar bir qilgan xatti-harakatini ongli ravishda qilishlari va buning uchun javobgar ekanliklarini ham bilishlari kerak. Ishontirish va tushintirish orqali to’g’ri yetkazib berish qattiqqo’llikdan yaxshi. 179 To’rtinchi xato: “Erkatoy”. “Yaxshisi buni o’zim qilaman”, “Bolajonim xali buni uddasidan chiqa olmaydi”, “Ko’p-ko’p uxlab dam olgan, ishlarni o’zim qilaman” va shu kabi so’zlar bilan yoshlarimiz ongida erkatoylik, dangasalik, ishyoqmaslik singari salbiy fazilatlarni shakllanishiga sababchi bo’lishimiz mumkin. Ko’plab tadqiqotlar natijasini shuni ko’rsatadiki, hayotda hech narsadan qiynalmay o’sgan farzand keyinchalik hayotga moslashishi juda qiyin bo’ladi. Albatta bunday xollarda “O’zing bajarib ko’rchi, agar qiynalsang senga o’zim yordam beraman”, deyish ham mumkin. Beshinchi xato: “Majburiy sirdosh”. Ko’pchilik ota-onalar “Bolam - mening eng yaxshi do’stim, sirdoshim”, “Bolam meni juda yaxshi tushinadi, xuddi katta odamlardek fikr yuritadi” singari so’zlar bilan farzandlarimizni yoshiga munosib bo’lmagan ma’suliyati katta, og’ir ishlar va vazifalar orqali uni xar xil muammolar bilan qiynab qo’yishadi. Ularga vazifa berish va maslaxat so’rab, maslaxat olish mumkin faqatgina yoshiga doir masalalar bo’yicha, albatta. O’zbekiston davlat mutaqilligiga erishishi bilan yoshlarni xar jihatdan ma’nan kuchli, barkamol inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi. 1998 yil - “Oila yili”, 2000 yil - “Sog’lom avlod yili”, 2001 yil - “Onalar va bolalar yili”, 2005 yil - “Sixat-salomatlik yili”, 2008 yil - “Yoshlar yili”, 2010 yil - “Barkamol avlod yili”, 2012 yil - “Mustahkam oila yili”, 2014 yil - “Sog’lom avlod yili” va 2016 yilni “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilingani va boshqalar[1] fikrimizning isbotidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Oila” deb atalgan bobida quyidagi so’zlar mavjud: Ota- onalar o’z f

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoyalashda oilaning ahamiyati va o’rni haqida batafsil yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoyalashda oilaning ahamiyati va o’rni haqida batafsil yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, family, axloq, семья, мораль, morality, воспитание, youth, millat, oila, muammo, образование, yoshlar, problem, моральная угроза, nation, moral threat, tarbiya, upbringing, молодежь, ta’lim, проблема, ma’naviy tahdid, нация
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники