МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
Основная суть понятия перевода
TARJIMA TUSHUNCHASINING ASOSIY MOHIYATI · Nishanbayeva Elvira Abdurashid qizi · Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich
Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026
Аннотация
Данная статья посвящена предоставлению информации о понятии перевода, его происхождении, основной сущности, а также мнениях и исследованиях различных лингвистов и ученых Ключевые слова: перевод, переводчик, язык, язык оригинала, язык перевода, оригинальный текст, переведенный текст, процесс перевода, суть, искусство слова. Qadim-qadimdan insonlar barcha sohalarda bir –biri bilan muloqot qilish orqali ma’lumot almashgan va o‘rgangan. Insoniyat yashash tarzi rivojlangani sari muloqot va aloqa maydoni kengayib borgan, ya’ni xalqaro munosabatlar shakllana boshlagan. Turli til vakillarining muloqotida qiyinchiliklarning yuzaga kelishi o‘z-o‘zidan tarjimonlikning shakllanishiga sabab bo‘lgan. “Tarjima jarayonlari yer yuzidagi xalqlarning insoniyat siviiizatsiyasini birgalikda, yaqin hamkorlikda yaratib borganini ko‘rsatadi. Ilk tarjimalar insoniyatning bir-biriga tomon ochgan karvon yo‘llarida tug‘ilgan. Folklor va xalqlaming turli o‘yinlari bilan tanishish va tomoshalarda tillardan-tillarga tarjimalar ishtiyoqi va ehtiyoji tug‘ilgan. Tarjima tarixi Eng qadimgi dunyo, O‘rta asrlar, Yangi va Eng yangi deb ataladigan, juda uzoq davom etadigan tarixiy davrlarni o‘z ichiga oladi”. Turli manbalardagi mulohazalar va olimlarning fikriga ko‘ra quyidagicha xulosa qilish mumkin: boshqa millat vakillari bilan savdo-sotiq qiluvchi savdogar, ovchi, hunarmandlar yoki turli xil sabablarga ko‘ra boshqa davlatlarga olib ketilgan qullar ilk tarjimonlar vazifasini bajarganlar. 580 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman “Tarjima” so‘zining kelib chiqish tarixiga kelsak, qadimda O‘rta Osiyo va Eron xalqlari o‘rtasida notiqlik san’ati juda rivojlangan. Notiqlarni esa “tarzabon” deb ataganlar. “Tar” – fors tilida yangi, shirali, tarovatli, nozik, latif kabi ma’nolarni “zabon” –esa til degan ma’noni anglatadi. Tarzabon notiq, chiroyli gapiruvchi, so‘z ustasi, yangi so‘zlarni aytuvchidir. Tarzabonlar chuqur bilim, keng dunyoqarash. notiqlik mahoratiga ega bo‘lishdan tashqari, bir necha tillarni ham bilganlar va o‘z nutqlarida ulardan foydalanganlar. Tarjima shunday yirik madaniy hodisaki, tarjima adabiyotlari tarixidan ijtimoiy tuzumlar, tabaqalarning o‘zgarishlarinigina emas, balki tarjima onglardagi, fikrlardagi, ma’naviy-ruhiy dunyoqarashlardagi, ilm-fanlardagi o‘zgarish jarayonlariga juda chuqur va har tomonlama ta’sir ko‘rsatgan deb ayta olamiz. Tarjima jarayoniga "Tarjima nazariyasi"¹ asarida quyidagicha izoh berilgan: “Tarjima ayni paytda ham jarayon, ham faoliyat mahsuli hisoblanadi. Bunday faoliyat mahsuli sifatida bir tildan (asliyatdan) ikkinchi tilga tarjima qilingan matn nazarda tutiladi. Barcha talablarga javob beradigan tarjima sirasiga odatda 90 foizdan ortiq ma’noni saqlab qolgan matnlar kiradi. Tarjimada qo‘llangan har bir so‘z ikki jihatga egaligini e’tiborga olish zarur. Birinchisi ifoda plani, ikkinchisi esa ma’no plani. Tarjimada ifoda plani o‘zgaradi, ma’no plani esa o‘zgarishlarsiz qoladi. Tarjima jarayonida ikkita til ishtirok etadi. Birinchisi asliyat tili va ikkinchisi tarjima tili. Masalan, ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish haqida gap borganda ingliz tili asliyat tili hisoblanib, u “manba tili”, hamda tarjima qilinadigan til o‘zbek tili bo‘lib, u “tarjima tili” deb ataladi”. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich o‘zining “Tarjima nazariyasi” asarida tarjima tushunchasiga quyidagicha izoh bergan: “Tarjima asliyat matnidagi og‘zaki yoki yozma shakldagi har qanday so‘z, gap, matn va hokazolarni, asliyat va tarjima tillarining lingvistik: sintaktik, semantik, stilistik xususiyatlari hamda ekstralingvistik: lingvokulturologik, pragmatik va kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda tarjima tiliga olib o‘tish jarayonidir”. Tarjima nusxa koʻchirish emas; tarjimonning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, tarjimada iz qoldiradi. Yozuvchi hayot voqealaridan olgan mushohadalarini tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asl matnini yangi til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan voqelikning muallif darajasida puxta bilishi kerak. Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida tarjimachilikning taʼsiri katta boʻladi, zero tarjima tarixi adabiyot tarixi bilan uzviy bog‘liq. Tarjimaning mohiyati madaniyatning belgisi sifatida xizmat qilish mumkin. Tarjimon ikki madaniyat o‘rtasidagi farqlarni bilishga intiladi. Tillar, ularning strukturasi, grammatika va fonetikasi, tarixi va adabiyoti, shevalari haqida yetarli bilim talab etiladi. Tarjimon ona tilining rivojlanish darajasi, tarjimachilik anʼanalari, tajribalariga suyanadi, turli xil tafovutlarning 581 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman mavjudligini hisobga oladi. Tarjimonning ijodiy qobiliyati va bilimi uning imkoniyatlarini kengaytiradi. Tarjima jarayonida tarjimon hammavaqt oʻz ona tilida fikrlaydi, ona tili unga tahl
Доказательный фрагмент
«Данная статья посвящена предоставлению информации о понятии перевода, его происхождении, основной сущности, а также мнениях и исследованиях различных лингвистов и ученых Ключевые слова: перевод, переводчик, язык, язык…»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья посвящена предоставлению информации о понятии перевода, его происхождении, основной сущности, а также мнениях и исследованиях различных лингвистов и ученых Ключевые слова: перевод, переводчик, язык, язык… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- translation, translator, language, source language, target, tarjimon, target language, tarjima matni, original language, переводчик, translated text, искусство слова, процесс перевода, суть, перевод, mohiyat, tarjima, переведенный текст, til, язык перевода, asliyat matni, tarjima jarayoni, so‘z san’ati, язык, art of words., essence, tarjima tili, original text, язык оригинала, оригинальный текст, translation process
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИрода Баенханова2019