МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
Репрезентация социолингвистических единиц в творчестве итальянского писателя Алессандро Манцони.
ITALYAN YOZUVCHISI ALESSANDRO MANZONI IJODIDA · SOTSIOLINGVISTIK BIRLIKLARNING IFODALANISHI · Otaxonova Munisxon Janibek qizi
Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2026
Аннотация
This article talks about the life and work of the Italian writer Alessandro Manzo, a number of his works and his role in that period. Manzoni reveals historical truths to the public in his works. His work reveals the social and cultural reality of 17th century Italy. Manzo‘s works are characterized by deep human spirit, strong moral feeling and historical events. His works are simple but elegant at the same time. Manzoni is considered one of the greatest Italian writers of all time, and his masterpieces help shape scientific thinking. Key words: sociolinguistics, novel, enlightenment, dialect, character, intelligentsia, liberalism Alessandro Manzoni italiyalik yozuvchi, shoir va dramaturg boʻlib, 1785-yil 7-martda Milanda tugʻilgan. U oʻzining mashhur “I Promessi Sposi” (Juftlarning ahdlashuvi) romani orqali italiyalik yozuvchilar orasida zamonasining eng buyuk 540 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yozuvchilaridan biri sifatida tamal toshini qoʻyadi. Manzoni ziyolilar oilasida tugʻilgan. Uning ta’limi ma’rifatparvarlik va liberalizm qadriyatlariga asoslangan edi. 1808 yilda u Enrichetta Blondel bilan oila quradi va farzandli boʻladi. Manzoni adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. Uning bu davrdagi eng yuksak asarlari qatorida Napoleon Bonapartning oʻlimiga bagʻishlangan “Il combattimento di Tarquinio e Lucrezia” (Tarkunio va Lukretsiya jangi, 1807) va “Il cinque maggio” (Beshinchi may, 1821) sheʼrlari bor. Manzoni roman va she’rlaridan tashqari bir qancha ocherk va tanqidiy asarlar ham yozgan. U italyan tilini adabiy til sifatida qo‘llash tarafdori bo‘lgan va Italiyada romantizmining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Manzoni italyan adabiyotida Dante Alegieridan keyingi eng muhim shaxslardan biri hisoblanadi. Uning ijodi nafisligi, oʻziga xosligi, axloqiy va tarbiyaviyligi bilan ajralib turadi. U romannavistlar orasida muhim shaxs bo‘lib, uning ijodi Italiya adabiyoti va madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Manzoni tomonidan qilingan eng dolzarb jihatlardan biri bu lingvistik tanlovdir. Muallif, aslida, ziyolilar sinfi boʻlgan florensiyaliklardan ilhomlanadi, ammo keng qamrovli auditoriyaga tushunarli bo‘lgan italyan tilini tanlaydi. Italyan tili tarixiga chuqur ta’sir koʻrsatgan bu tanlovga bir qator omillar, jumladan, geografik yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, barcha italiyaliklar uchun tushunarli boʻlgan asar yaratish istagi sabab boʻlgan. “Lotin tilidan kelib chiqqan italyan tili XIXasrdan boshlabgina adabiy til me’yorlari asosida sayqallashtiriladigan bo‘ldi. Italyan adabiyotida so‘zlashuv tili va badiiy tilda hozirgi kunga kelib deyarli tafovut kuzatilmaydi”. Yana bir muhim sabalardan biri ijtimoiy lingvistik birlik – dialektlardan foydalanishidir. Manzoni ziyolilar qatlamiga mansub boʻlgan personajlarni ifodalash uchun milan dialektidan foydalanadi. Bu tanlov uning tarixiy voqelikka boʻlgan e’tiboriga mos keladi, chunki dialekt XVII asrda Italiya aholisining koʻpchiligi foydalangan til boʻlgan. Nihoyat, Manzoni tildan turli personajlar orasidagi ijtimoiy va ma’daniy farqlarni ifodalash uchun foydalanadi. Misol uchun, ziyolilarning nutq uslubi rasmiyligi va nafisligi bilan ajralib turadi, oʻrta qatlamning gapirish uslubi esa ochiq-oydin va tushunarli boʻlgan. Bu lingvistik farq XVII asrdagi Italiyaning turli ijtimoiy qatlamlar oʻrtasidagi ijtomoiy ma’daniy farqlarni ta’kidlashga yordam beradi. Alessandro Manzoni ijodi XVII asr Italiyasining ijtimoiy va ma’daniy voqeligini tasvirlashga yordam beradigan sotsiolingvistik elementlarga boy. Manzoni asar negizida “haqiqat’’ bo‘lishi kerak deb ta’kidlaydi, uning fikricha mifologiya va adabiy asar haqiqat va uydurmani o‘zida uyg‘unlashtirishi kerak edi. Uning fikricha, she’riyat umuman olganda san’at axloqiy funktsiyaga ega edi, ular jamiyatni yaxshilash uchun ta’lim-tarbiya berishlari kerak edi. 1825-yilda Manzoni XVII asrda Lombardiyada sodir tarixiy roman boʻlgan “I Promessi sposi”ni birinchi marta nashr qildiradi. Asar tezda muvaffaqiyat qozonadi, lekin Manzoni oʻz ishidan qoniqmaydi va uni qayta koʻrib chiqish va 541 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tuzatishga qaror qiladi. “I Promessi sposi”ni ikkinchi marta 1840-yilda nashr etiradi va bu asar italyan adabiyotining durdonasiga aylangan. “I Promessi sposi” italyan milliy romani sanaladi. Bu asar italyan millatining birdamligi va erkinlik qadriyatlarini yoyishga hissa qoʻshgan asar hisoblanadi. Manzoni “I Promessi sposi’’ asarida kelib chiqishi Italiyaning turli xil tumanlaridan boʻlgan personajlarni ifodalash uchun har xil dialektlardan foydalanadi. Masalan, roman qahramoni Renzo Tramaglino milan dialektida gapirsa, din arboblaridan hisoblanmish Don Abbondio italyan tilida gapiradi. Romanda Italiya hayotidagi qiyinchiliklar haqida, jumladan vabo va vaqtinchalik hokimiyat zulmiga duchor bo‘lgan ikki yosh oshiq
Доказательный фрагмент
«This article talks about the life and work of the Italian writer Alessandro Manzo, a number of his works and his role in that period.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the life and work of the Italian writer Alessandro Manzo, a number of his works and his role in that period. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sociolinguistics, novel, enlightenment, dialect, character, роман, intelligentsia, просветительство, ma’rifatparvarlik, персонаж, personaj, sotsiolingvistika, диалект, интеллигенция, dialekt, социолингвистика, roman, либерализм, liberalism, liberalizm, ziyolilar qatlami
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеНазарова Шаҳло2017
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021