МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
Перспективы обучения иностранным языкам детей младшего школьного возраста
O‘RGATISH ISTIQBOLLARI · Xolova Shahnoza Davronovna · Narzulloyeva Dilfuza Bahriddin qizi
Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения · 2012
Аннотация
This article deals with the methodology of teaching foreign languages (in particular: English, Russian, French) to pre-school educational organisations and primary school students, mainly in a creative approach that allows for quick and easy transfer of information. Key words: foreign languages, multimedia, information, children, natural inclinations, teaching methods, Montessori teaching method, creative abilities. Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimizda chet tillarini o‘rganishga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori hamda 2013–2014-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni uzluksiz o‘rgatishning joriy etilishi buning yaqqol isbotidir. Hozirgi kunda nafaqat maktab, litsey, kollej o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalariga, balki maktabgacha ta’lim muassalari tarbiyalanuvchilari va turli sohada ishlovchi xodimlarga ham chet tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan. Iqtisodiy, fan va madaniy jihatdan rivojlangan davlatlarning tillarini o‘rganish jahon ilm-fani va taraqqiyoti yutuqlarini egallashning bosh omili hisoblanadi. 271 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Ma’lumki, til o‘rganish yoshga bog‘liq, psixologlarning fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o‘zlashtiradilar, chunki bolalarda til o‘rganishga bo‘lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko‘pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni hisobga olish kerakki, 6–7 yoshli bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga xorijiy tilni o‘rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda, chet tilini o‘rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani zo‘riqtirib qo‘yish va qiziqishini so‘ndirib qo‘yish mumkin. Shunday ekan, kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o‘rgatish ancha mushkul va mas’uliyatli jarayondir. Pedagogikada 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga chet tillarini o‘rgatishning turli xil yondashuvlari mavjud. Eng muhimi, tilning qiziqarli va jozibador tarzda taqdim etilishini ta’minlashdir. Buning uchun o‘yinlar va mashg‘ulotlardan tortib, qo‘shiqlar va bolalar she’riyatigacha ko‘p usullar mavjud. Qaysi yondashuvni tanlashingizdan qat’iy nazar, bolalarning o‘quv jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlash muhimdir. Bu ularga tilni tezroq o‘zlashtirishga va o‘rganganlarini saqlab qolishga yordam beradi. Bir oz ijodkorlik bilan siz chet tillarini o‘rganishni o‘zingiz va talabalaringiz uchun qiziqarli qilishingiz mumkin. Darhaqiqat, 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar yangi tilni o‘rganishni boshlash uchun ideal yoshdir. Maktabda chet tillarini o‘rgatishning eng yaxshi usuli turli interaktiv metodlarni, zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalarini o‘quv dasturiga kiritishdir. Masalan, bolalar ingliz, ispan, fransuz yoki xitoy tillarida kundalik oddiy jumlalar va so‘z birikmalarini o‘rganishlari mumkin. Ya’ni, biror xorijiy tilda muloqot ko‘nikmasini o‘rgatishda, alohida so‘z emas, balki, tayyor so‘z qo‘shilmalari – frazemalar korinishida yangi leksik birliklar o‘rgatish samarali ekanligini bir qator tadqiqotchilar alohida ta’kidlaydilar. Aytaylik, fransuz tilida «Bonjour», «Bonsoir», «Au revoir», «À bientôt», «Je vous en prie», «S’il vous plaît», «Merci beaucoup», «Comment ça va?», «Très bien» «Voilà», «Voici», «C’est assez»,.. kabi kichik jumla, so‘z birikma va iboralar muloqot jarayonini osonlashtiradi. Shuningdek, kichik yoshdagi til o‘rganuvchilar san’at, musiqa va raqs orqali xorijiy madaniyatlar bilan tanishishlari mumkin. Chet tillarini o‘rganishni qiziqarli tarzda olib borish orqali bolalar o‘rganganlarini eslab qolish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Ular kelajakda boshqa madaniyatlarga qiziqishni rivojlantiriladi. Qo‘shiqlar va bolalar uchun sodda ashulalar yosh bolalarni bir yoki bir nechta xorijiy tillar bilan tanishtirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Siz ularni Internetda osongina topishingiz mumkin. Bir oz kattaroq yoshdagi bolalar uchun esa yangi so‘z va iboralarni o‘rganish uchun yordam beradigan o‘yinlar, onlayn mashqlar va flesh-kartalardan foydalanishga harakat qilinadi. Bundan tashqari asosiy suhbat ko‘nikmalarini shakllantiradigan onlayn resurslarni topish mumkin. Nihoyat, esda tutingki, mavzu qiziqarli, tanish vaziyatlar bo‘yicha kundalik ehtiyojga mos bo‘lsa, unga bolalar ko‘proq qiziqishadi. Ozgina ijodkorlik bilan o‘quvchilaringiz qisqa vaqt ichida ona tilida so‘zlashuvchi kabi gapira oladilar. Bolalarga tillarni 272 “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman imkon qadar erta o‘rgatish muhimdir. Bir yoki bir nechta yangi til(lar)ni o‘rganish miyani rag‘batlantiradi va bolanin
Доказательный фрагмент
«This article deals with the methodology of teaching foreign languages (in particular: English, Russian, French) to pre-school educational organisations and primary school students, mainly in a creative approach that a…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article deals with the methodology of teaching foreign languages (in particular: English, Russian, French) to pre-school educational organisations and primary school students, mainly in a creative approach that a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- foreign languages, multimedia, information, children, natural, метод обучения Монтессори, иностранные языки, natural inclinations, творческие способности, Xorijiy tillar, ijodkorlik qobiliyatlari, tabiiy moyillik, Montessori teaching method, bolalar, Montessori ta’lim usuli, дети, creative abilities, teaching methods, информация, o‘rgatish usullari, природные склонности, мультимедиа, иностранные языки, мультимедиа, информация, дети, природные склонности, методы обучения, метод обучения Монтессори, творческие способности, foreign languages, multimedia, information, children, natural inclinations, teaching methods, Montessori teaching method, creative abilities, методы обучения, ma’lumot
Смежные источники
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИЛутвия Сулейман кызы Аскерзаде2022
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИАбдурахмон Гузель2022
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИСувонова Джумагуль Рашидовна2022