К содержанию
РецензированоRU2024

РАЗЛИЧИЯ МЕЖДУ СОВРЕМЕННОЙ И СТАРИННОЙ ОДЕЖДОЙ И ИХ ОБЩИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ

ULARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI · Omonova Maftuna Soatmurodovna · GENERAL FEATURES

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article contains information about the names, history, and characteristics of clothes in English and Uzbek languages. Keywords: Fashion, French Fashion, Fashion, Renaissance, Dress, Lace, Ruffles, Bows, Skirt and Blouse. РАЗЛИЧИЯ МЕЖДУ СОВРЕМЕННОЙ И СТАРИННОЙ ОДЕЖДОЙ И ИХ ОБЩИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ Аннотация. В данной статье содержится информация о названиях, истории и характеристиках одежды на английском и узбекском языках. Ключевые слова: Стили одежды, французская мода, развитие одежды, Возрождение, одежда, кружево, складки, банты, юбка и блузка. 14—15-asrlarda Gʻarbiy Yevropada chizmachilik ilmining taraqqiyoti hozirga qadar mavjud boʻlgan andazalarning barcha turlarini yaratilishini taʼminladi, matolarning nafisligi, iplarining joylashishi bichishni mukam-mallashtirdi. Bu yutuqlar Kiyimni aniq loyihalash va qomatga mos nafis Kiyimning paydo boʻlishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Xalqlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarning kengayishi natijasida Kiyim bichimlari bir mamlakatdan ikkinchisiga tarqalgan. Masalan, 11 — 14-asrlarda Gʻarbiy Yevropaga fransuz, 14— 16-asrlarda Flandriya va Burgundiya, 16-asr 2-yarmidan ispan, 17-asr 2-yarmidan yana fransuz modalari tarqalgan. Rus zodagonlari Sharqda tayyorlangan zarboft, kimxob toʻnlar, zardoʻzi telpak va b. buyumlarni juda qadrlashgan (mas, Monomax telpagi). 14-asrda Kiyim taraqqiyotiga maʼlum darajada meʼmorlik va tasviriy sanʼatdagi uslublar taʼsir etgan. Masalan, 10— 12-asrlarda Gʻarbiy Yevropada Kiyim bichimida roman uslubi aks etgan, yaʼni uzun koʻylak va yelkaga tashlab yuriladigan yopinchiq urf boʻlgan; 12-15-asrlarda gotika uslubida tikilgan kalta va tor Kiyim kiyishgan. Uygʻonish davri (15-16-asrlar) da kalta, lekin keng bichimdagi Kiyim rasm boʻlgan, 16-18-asrlarda barokko, 18-asrda rokoko uslubidagi, yaʼni murakkab bichimli Kiyimlar kiyila boshlangan. Kiyim toʻr, burma, bantiklar bilan bezatilgan. 18- asr fransuz inqilobi davrida yuzaga kelgan erkaklar libosi Yevropa erkaklar Kiyimini shakllanishida muhim rol oʻynadi. 19-asrda yagona Yevropa Kiyimi shakllanishi yakunlandi, 19- asr 2-yarmidan Kiyimlarni ommaviy i.ch. natijasida quyi qatlamlar orasida ham yangi modali Kiyimlar keng tarqaldi. Angliya erkak Kiyimi yaratishda yetakchi boʻlib qoldi. 7 44 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 20-asrda texnika taraqqiyoti va oʻnga bogʻliq holda oʻzgargan hayot tarzi, tikuvchilik sanoatining oʻsishi Kiyim tarixida yangi davrni ochib berdi, avtomobil va mototsiklda yurishning keng tarqalishi tufayli erkaklar Kiyimida oʻzgarishlar roʻy berdi: kalta shim, kurtka, rangli koʻylak, bosh Kiyim — keplar paydo boʻldi. 20-yillardan erkaklar yagona bichimdagi Kiyim kiya boshladi. 50-yil lardan erkin harakatga qulay boʻlgan Kiyim yuzaga keldi, ancha yengil va shaklan nafis Kiyim yaratildi, yenglari yaxlit bichimli koʻylaklar, pochasi tor shimlar paydo boʻldi, sport Kiyimlari keng tarqaldi. Ayollar Kiyimida 20-asr 10-yillar Kiyim shaklidagi bejamdorlik, chiziklar va bezakdagi asimmetriya yoʻqoldi, koʻylaklarda elastik matolarning erkin bur-malari bilan hosil qilinadigan chiziqlarning oquvchanligi paydo boʻldi. Urush yillarida kundalik Kiyim — yubka va bluza boʻlib, koʻylaklar kaltalashdi. Bu Kiyimda paypoq muhim oʻrin tutdi. 30— 40-yillarda nozik shaklda (egri ip yoʻnalishida bichilgan mato qomatga mos yotadi) qarbiy Kiyim xususiyatlari (yelkaning keng va balandligi boʻrttirilgan va b.) koʻzga tashlanadi, poyabzal qalin taglikka (platformaga) ega boʻldi; 50-yillarda ayollar Kiyimida uslubiy oʻzgarishlar roʻy berdi: qatʼiy shakldan mayin oquvchan chiziqlarga ega boʻlgan yangi bichim yaratildi; yengi bilan yaxlit bichimli qomatga mos Kiyimturi (beli va yubkasi tor koʻylak) va uchli, nafis va ingichka poshnali poyabzal yuzaga keldi. 60-yillar boshida yubkalar oʻrnini egʻallay boshlagan shimlar keng tarqaldi. 60-yillarda oyoq Kiyimda oʻzgarishlar roʻy berdi: sport uslubidagi keng va oʻrtacha baland poshnali poyabzal paydo boʻldi. Qishki poyabzallardan etiklar keng tarqaldi. 60-yillardan erkak va ayollar Kiyimidan yoshlar libosi ajralib turadi: oʻsmir yigit va qizlar Kiyim bi-chimining oʻxshashligi deyarli bir xil boʻlgan buyumlar yaratishga olib keldi. 70-yillardan Kiyim turi va uning shakllari juda rang-baranglikka ega. Modelyerlar ana shu xilma-xillikda ayrim qismlarni uygʻunlashtiruvchi oʻziga xoslikni koʻradilar. Kiyim modelini yaratishda zamonaviy Kiyimlarni loyihalash markazi shakllangan Fransiya yetakchi oʻrin egʻallaydi (G. Shanel, K. Dior, P. Karden va b.). 20-asr 2-yarmidan Angliya (M. Kuant), Italiya (opa-singil Fontanalar, Valentino), shuningdek, AQSH, Yaponiya va b. firmalar ular bilan erkin raqobatlashadi. ʻMDH hududida matodan tikilgan Kiyim neolit davridan maʼlum. Mil. av. 1-ming yillikda skif-sarmat qabilalarining erkaklari koʻylak va kaftan, uchli qalpoq, etik, ayollar keng koʻylak, ustki (yopinchiq) Kiyim kiyishgan. Rus, ukrain va beloruslar toʻgʻri bichimli uzun koʻyl

Доказательный фрагмент

«This article contains information about the names, history, and characteristics of clothes in English and Uzbek languages.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article contains information about the names, history, and characteristics of clothes in English and Uzbek languages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Fashion, French Fashion, Fashion, Renaissance, Dress, Lace, Ruffles, Bows, Стили одежды, Kiyim bichimlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники