К содержанию
РецензированоRU2026

СТАБИЛЬНЫЕ УСТРОЙСТВА С РЕЛИГИОЗНОЙ СОСТАВЛЯЮЩЕЙ В САГЕ ОБ АЛПОМИШЕ

Ahmedov Hakim Yarashevich · F.f.d. PhD (TerDu)

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

In this article, stable devices with a religious component used in the Alpomish epic, their semantics and their interrelation, the nature of phraseological units used in the epic are studied. Key words: phraseologisms with mythical and religious meaning, consisting of elements of the national language, religious stable compounds with theonim component belonging to the exotic lexicon, phraseologisms related to the situation, phraseologisms related to activity. - lexicon related to marriage or wedding based on religio-ethical principles, phraseologisms with lexical units expressing abstract religious concepts. СТАБИЛЬНЫЕ УСТРОЙСТВА С РЕЛИГИОЗНОЙ СОСТАВЛЯЮЩЕЙ В САГЕ ОБ АЛПОМИШЕ Аннотация. В данной статье изучаются устойчивые приемы с религиозной составляющей, используемые в саге об Алпомиш, их семантика и взаимосвязь, характер фразеологизмов, употребляемых в саге. Ключевые слова: фразеологизмы мифологического и религиозного значения, состоящие из элементов национального языка, религиозные устойчивые соединения с теонимическим компонентом, принадлежащие к экзотической лексике, фразеологизмы, связанные с ситуацией, фразеологизмы, связанные с деятельностью. - лексика, связанная с браком или свадьбой, основанная на религиозно-этических принципах, фразеологизмы с лексическими единицами, выражающими абстрактные религиозные понятия. 336 Alpomish dostonida qo’llanilgan frazeologik birliklarni diniy mazmunga ega ekanligini tasnif qilish avvalida ularni til birliklarining ishlatilish jihatiga koʻra asosiy ikki guruhga: 1) umumilliy til unsurlaridan tarkib topgan mifik va diniy mazmunli frazeologizmlar. 2) ekzotik leksikaga mansub teonim komponentli diniy barqaror birikmalarga boʻlib o’rganishni zarur deb bildik. Birinchi guruhga mansub maʼjoziy tabiatli barqaror birliklar ham, aslida, oʻz maʼnosida talqin etiluvchi iboralar boʻlib, ularning barchasi oʻzbek lingvomadaniyatida oʻz maʼnosida qabul qilinuvchi va toʻgʻridan-toʻgʻri maʼnoga ega iboralar sifatida talqin qiluvchi birliklardir. Tilning frazeologik fondining yarim qismini diniy tushunchalar bilan bogʻliq elementlar tashkil etadi. Ular tilimizga tayyor holda kirib kelgan emas, balki milliy lingvokulturologik mahsulot sifatida keyin paydo boʻlgan1. Arabcha, forscha, hamda turkiycha diniy onomastik leksika bunday turdagi teofrazeologik birliklar semantikasida Alloh va uning qudrati, insonni yaxshilik va islomiy eʼtiqodga daʼvat qiluvchi niyatlar va duolar bilan bogʻliq tarzda rang- barangdir2. Teonim (yunoncha teog – xudo (Olloh) + onoma – nom, atoqli ot) – Ollohning nomi va atributlarining atoqli oti degan maʼnoni bildiradi. “Teonimiya” diniy xarakterdagi atoqli otlarning toʻplami, yigʻindisi, “teonimika” diniy, ilohiy onomastik koʻlamga mansub atoqli otlarni oʻrganuvchi soha maʼnosini bildiradi. Oʻzbek onomastikasining haqiqiy bilimdonlaridan biri professor Y. Begmatov diniy (Xudo, Paygʻambarlar va avliyolar) va muqaddas joylar ( Jannat, Doʻzax, Kaʼba...) kabi onomastik birliklarni teonim deb ataydi. Xizr, Luqmon kabi avliyolar va Azroil, Jabroil, Isrofil, Mekoil, Munkar, Nakir singari farishtalarning nomlari, shuningdek, Azozil, Molik, Uzzo, Uzoyo, Horut, Morut kabi antroponimlar ham farishtalarning ismlari boʻlib, ular ham teonimlar sanaladi. Islom taʼlimotiga koʻra, Alloh taolo – yuksak fazilatlar sohibi. Diniy amallarning barchasi Alloh va uning elchilari – paygʻambarlari bilan bogʻliq. “Alpomish” dostonida ham Allohning xislat va xulqlarini ifoda etuvchi nomlar asosiy oʻrin tutadi va dostonda islomiy din ruhni taʼminlaydi. Oʻzbekcha diniy matnlarida Alloh, turkiy (moʻgʻulcha) Tangri, fors-tojikcha Xudo soʻzlarining barchasi qoʻllanadi. Alloh lafzi barcha tillarda, Tangri faqat turkiy tillarda, xudo soʻzi 1 Farmonova N.F. The concept of phraseology and the basic types of phraseological units // Universum: filologiya i iskusstvovedenie: elektron. nauchn.jurn. 2021. 6(84). URL: https://7universum.com/ru/ philology/archive/item/11938 (15.09.2022) 2 Omonturdiyeva Sh. Oʻzbekcha diniy matnlar frazeologiyasi. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. – №6, 2022. – B. 503. 337 fors-tojik, oʻzbek, hind, urdu, pushtu, dariy va turkiy tillarda ishlatiladi. Demak, Alloh soʻzi bugungi kunga kelib, ekzotizmlik xususiyatini yoʻqotib, tilga oʻzlashgan. Biroq yuqorida tilga olinganidek, Alloh shunday ulugʻ qudrat va hikmat, fazilat va hulqlar egasiki, bu uning nomlarida oʻz ifodasini topgan. Chunonchi: oʻzbekcha diniy matnlarda Alloh, Xudo, Tangri soʻzlariga odatda sifat qoʻshib, Alloh Taolo, Xudoyi Taolo, Tangri Taolo shaklida ishlatiladi: Taolo soʻzi arabcha boʻlib, ulugʻ va oliy degan maʼnolarni bildiradi. Oʻzbekcha diniy matnlarda bu soʻzlarni tarjima qilib, ulugʻ Alloh, oliy Alloh, ulugʻ Xudo, oliy Xudo shaklida qoʻllansa, bu soʻzlarning jarangdorligi va arabcha tarovati buziladi. Chunki, ulugʻ, oliy soʻzlari insonga va boshqa narsalarga nisbatan ham qoʻllanadi: ulugʻ inson, oliy tabaqa kabi. Umumilliy til unsurlaridan tarkib topgan mifik va diniy mazmunli frazeol

Доказательный фрагмент

«In this article, stable devices with a religious component used in the Alpomish epic, their semantics and their interrelation, the nature of phraseological units used in the epic are studied.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, stable devices with a religious component used in the Alpomish epic, their semantics and their interrelation, the nature of phraseological units used in the epic are studied. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
phraseologisms with mythical and religious meaning, consisting of elements of
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники