МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВАТагаева Сайёра Улашевна, Уразкулова Азизатель2024
ВОПРОСЫ РЕСТАВРАЦИИ МУЗЕЙНЫХ ПРЕДМЕТОВ ЗООЛОГИЧЕСКОЙ КОЛЛЕКЦИИ В МУЗЕЯХ
RESTAVRATSIYA QILISH MASALALARI · Norqobilov Murodjon Mirzoaliyevich
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article provides information on the storage and restoration of museum exhibits related to the zoological collection and located in museum collections, as well as their specific aspects, problems and solutions. Keywords: Conservation, restoration, taxidermy, taxidermist, scarecrow, exhibit. ВОПРОСЫ РЕСТАВРАЦИИ МУЗЕЙНЫХ ПРЕДМЕТОВ ЗООЛОГИЧЕСКОЙ КОЛЛЕКЦИИ В МУЗЕЯХ Аннотация. В данной статье представлена информация о хранении и реставрации музейных экспонатов, относящихся к зоологической коллекции и находящихся в музейных фондах, а также об их специфических аспектах, проблемах и решениях. Ключевые слова: Консервация, реставрация, таксидермия, таксидермист, чучело, экспонат. Tabiiy va tarixiy-o‘lkashunoslik muzeylari uchun xos bo‘lgan zoologiya kolleksiyasiga oid muzey ashyolarini saqlash va ularni restavratsiya qilish birmuncha murakkab jarayondir. Sababi, bunday turdagi ashyolarning asosi jonivorlar va qushlarning tulumlari bo‘lib, vaqt va turli omillar ta’sirida tulumlarning patlari va junlari to‘kilishi, terisining yemirilishi yoki o‘zgarishga uchrashi tabiiy jarayondir. O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi fondida ham bugungi kunda asosiy qismini hayvonlar, qushlar va sudralib yuruvchilarning tulumlari tashkil etgan 1000 dan ortiq zoologiya kolleksiyasiga oid bo‘lgan muzey ashyolari mavjud bo‘lib, ularning konservatsiya va restavratsiyasini doimiy ravishda amalga oshirib borish muhim vazifa sanaladi. 460 Zoologiya kolleksiyasiga oid bo‘lgan muzeyga kelib tushgan yangi ashyolar muzey fondiga kiritilishidan oldin maxsus dizokameraga olinib, birinchi sanitariya ishlovidan o‘tkazilishi shart. Bu orqali tulumda mavjud bo‘lgan turli zararli hashorot, zamburug‘ va bakteriyalarning yo‘q qilinishiga va fonddagi boshqa muzey ashyolari ham zararlanishining oldi olinishiga erishiladi. Muzey ashyolari maxsus ishlov jarayonlaridan o‘tkazilib, fond saqlov xonlariga joylashtirilganda ularning to‘g‘ri saqlanishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Tulumlar saqlov xonalarida +18-24 Cº haroratda, namlik 55-65% dan, yorug‘lik 75 lyuksdan oshmagan holatda saqlanishi maqsadga muvofiq. Agarda saqlov xonalaridagi namlik me’yordan ortib ketadigan bo‘lsa, tulumlarning terisi deformatsiyaga uchrashi mumkin. Shuningdek, ularga quyosh nurlarining to‘g‘ridan-tog‘ri tushishi oqibatida tulumlar rangining o‘chishi, o‘zgarishi, hattoki yonib ketishi kuzatiladi. Sababi, shahar sharoitida avtomobillar va turli korxonalardan havoga har xil zararli kimyoviy birikmalarning ajralayotgan bo‘lishi tabiiy. Ulardan eng xavflisi oltingugurt dioksidi bo‘lib, u namlik bilan qo‘shilib sulfat kislotaga aylanadi va har qanday muzey eksponatini zararlashi mumkin. Shu sababli ham tulumlarning maxsus himoyalangan germetik vitrinalarda saqlanishi talab etiladi. Har bir tulum fond zahira xonalaridan olinib, ekspozitsiya va turli ko‘rgazmalarga tayyorlanishi oldidan restavrator nazoratidan o‘tadi. Agar tulumlarda biror bir nuqson yoki o‘zgarish aniqlansa ular tegishlicha hujjatlashtirilib, restavratsiyaga yuboriladi. Restavratsiya jarayoni maxsus mutaxassis restavrator (taksidermist) tomonidan ashyo tegishli bo‘lgan muzey fondinining muhofizi yoki fond saqlovchi bo‘limning mas’ul ilmiy xodimlari kuzatuvida amalga oshiriladi. Restavratsiya jarayoni taksidermistdan maxsus bilim, yuqori malaka va ko‘nikmalarni talab etadi. Taksidermist ko‘plab mutaxassisliklar chorrahasida ish olib boradi. U biologiya, fiziologiya va hayvonlar anatomiyasi bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lishi, ishlatiladigan xom ashyolarning fizik va kimyoviy xususiyatlarini mukammal bilishi lozim. Shuningdek, taksidermist yuqori tasviriy-badiiy mahoratga ham ega bo‘lishi kerak. Biror bir nuqson aniqlangan hayvon tulumini restavratsiya qilishning dastlabgi jarayoni uning tana tuzilishini yaxshilab o‘rganish hisoblanadi. Bu restavratsiya qilinayotgan hayvonning shaklini (figurasini) bexato qayta yaratishga yordam beradi. Tulumlarning shikastlanganligiga qarab har bir ashyoga turlicha yondoshuvdagi ta’mirlash ishlari olib boriladi. Kirlangan yoki chang bilan qoplangan tulumlarni tozalash doimiy va rejali ravishda amalga oshirilishi lozim. Restavratsiya qilishda taksidermistlar va restavratorlar odatda qo‘lqop va respirator bilan ishlashadi. Lekin, XX asrning oxirida ko‘pgina eksponatlar zararli hasharotlardan himoya qilish 461 maqsadida simob va mishyak bilan ishlov berilganligini hisobga olsak, yaxshi himoyalanmagan vositalar bilan ish olib borish sog‘liq uchun birmuncha xavf tug‘diradi. Bu ayniqsa, tozalash jarayonida tulumlardan uchib, havoda tarqalgan chang nafas yo‘liga tushib, zararlash ehtimoli bor. Shu sababli, taksidermistdan yuqori sifatli va zamonaviy himoya vositalari bilan ish olib borish talab etiladi. Tulumlarni changdan tozalash uchun maxsus changyutgichdan yoki maxsus fenlardan foydalaniladi. Shuningdek, quruq yoki nam momiq paxta bilan avaylab, qushlar tulumlari patlari, hayvonlar tulumlari junlari ularning o‘sish yo‘nalishi bo‘yicha tozalanadi. Tulumlar tozalangach zararkunandala
Доказательный фрагмент
«This article provides information on the storage and restoration of museum exhibits related to the zoological collection and located in museum collections, as well as their specific aspects, problems and solutions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on the storage and restoration of museum exhibits related to the zoological collection and located in museum collections, as well as their specific aspects, problems and solutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Conservation, restoration, taxidermy, taxidermist, scarecrow, exhibit, Konservatsiya, Консервация
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025