К содержанию
РецензированоRU2026

Технология организации самостоятельного обучения рисованию

Dotsent v.b. А.S.АRZIEV

Тенденции и перспективы развития городов · 2026

Аннотация

Independent work of students, problem methods, assimilation of educational material, formation of free thinking and worldview using opportunities. Kalit soʼzlar: Mavzu, metod, mustaqil taʼlim, mustaqil ish, grafik. Ключевые слова: Тема, метод, самостоятельное обучение, самостоятельная работа, график. Keywords: Topic, method, independent learning, independent work, schedule. Boʼlajak muxandislarga grafik fanlaridan bilim berishda oʼqitish metodlarining eng maqbul usullarini tanlash kerak. Maqbul oʼqitish metodlarini tanlashni oʼqitish jarayoni va uning barcha komponentlari qonuniy oʼzaro aloqada namoyon boʼlishini talab qiluvchi didaktik tizimli yondoshuvdan foydalanibgina amalga oshirish mumkin. [1] Yu.K.Babanskiy taʼkidlaganidek: «Pedagog oʼz fanini oʼquvchiga yetkazib berishda faqat tizimli yondashuvdagina bilim olish jarayonining vazifasi, mazmuni metodlari, vositalari, shakillari kabi elementlari orasidagi bogʼliklikni, shuningdek, u amalda boʼladigan sharoitlarni nazardan qochirmaydi. Chunki bir tomonlama yondashuvda maqbul yechimni tanlash mumkin emas». Bu taʼrifdan kelib chiqib oʼqitish metodlarining maqbul usulini tanlashning asosiy mezonlarini sanab oʼtishimiz mumkin: - dars jarayonini rejalashtirish; - oʼqitishning asosiy maqsadi; - mavzu mazmunining xususiyatlari; - talaba va oʼqituvchi imkoniyatlari; - oʼqitishga ajiratilgan vaqt; - oʼqitishning sharoitlarga muvafiq kelishi. Mashgʼulotni boshqarish texnologiyasida avvalambor darsning maqsadi aniq, kasbga yoʼnaltirilgan boʼlishi bilan birga, qaysi vosita yordamida va qanday ketma-ketlikda bu maqsadga erishish mumkinligini koʼrish mumkin. Oʼqituvchining faoliyati oʼquv materialini oʼzlashtirish jarayonining tashkilotchisi tarzida koʼrinib, talaba faoliyatining faolligiga ahamiyat berishi kerak. Buning uchun material mazmunining bayonida oʼqituvchi turli xil oʼqitish metodlari va imkoniyatlaridan foydalanadi.[2] Har bir mashgʼulotda qoʼllaniladigan metodlar uchun pedagogik tizimda ularning oʼziga xos xususiyatlari bor. Tushunchalar va hatti-harakatlarning shakillanishini oʼqituvchi boshqarib boradigan asosiy mashgʼulot turi amaliy mashgʼulotlar hamda boshqa dars metodlari boʼlib, uni oʼtkazish metodikasi pedagogik tajriyba va mahoratga bogʼliqdir. Bu jarayonni tinmay oʼrganib borish, oʼqituvchining oʼz kasbiga mohirligi oʼqitish texnologiyalari va ularning maqbul shakllari majmuasini egallab olganligi bilan belgilanadi.[2] Taʼlim muassasalaridagi oʼquv jarayonini davlat taʼlim standartlariga mos ravishda ilgʼor pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish, oliy taʼlim muassasasi oʼqituvchilaridan ham yuqori malakani talab qiladi. Shuning uchun ular quyidagi taʼlim metodlarini bilishlari singdirishlari zarur: 1. Ogʼizaki metod (maʼruza, suhbat, hikoya va boshqalar); 2. Аmaliy va laboratoriya ishlari; 3. Mustaqil taʼlim; 4. Oʼqitishning mantiqiy metodi; 5. Muammoli izlanish (reproduktiv) metodi; 6. Ko’rgazmali metod; 7. Induktiv va deduktiv metodlar; 8. Ilmiy metodlar; 9. Oʼqitishning nazorat va oʼz-oʼzini nazorat qilish metodlari. Oʼqituvchining bu metodlardan qaysi hollarda, qanday muammolarni hal qilishda foydalanishi uchun qanday imkoniyatlarga ega boʼlishlari kerakligi hamda talabalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda foydalanish holatlari va ularni dars jarayonlarida oqilona qo’llash masalalari haqida batafsil yoritib berilgan.[1] Bu metodlardan «Chizma geometriya» darslari jarayonida bir qanchasi ishlatiladi. Bulardan ogʼizaki, koʼrgazmalilik, oʼqitishning mantiqiy metodlari dars turining maʼruza shaklida qoʼllanilib, mustaqil ishlash, muammoli metodlar fanning amaliy-laboratoriya mashgʼulotlarida, ilmiy, induktiv va deduktiv metodlardan esa talabalarning mustaqil taʼlim olishlarida keng qo’llanish maqsadga muvofiqdir. Talabalarning mustaqil ishlashi oʼquv jarayonining ajralmas bir qismidir. Hozirgi kunda oliy taʼlim muassasalarida oʼqitiladigan taʼlim yoʼnalishlari oʼquv rejasida mustaqil taʼlim uchun katta hajmda soat ajratgan. Chunki, u taʼlim – tarbiyaviy masalalarni, bilish mustaqilligi va masalalarni ijodiy hal qilishning keng tarqalgan usullaridan biri boʼlib kelmoqda. Talabalarni erkin fikrlash va dunyoqarashini shakllantirish hamda rivojlantirishda ularni mustaqil faoliyatini tashkil qilish va oʼtkazish muhim ahamiyatga ega.[3] Chizmachilik fanida talabalarni mustaqil ishlari uchun maxsus mavzular kiritilishi lozim. Kiritilgan mavular esa talabalarning oʼtilgan mavzusini keng oʼrganishiga, koʼnikma va malakalarini oshishiga zamin yaratadi. Biz amaliy mashgʼulotlar bilan mustaqil ish farqini va ularni alohida- alohida ajratish zarurligini quyidagilarda koʼramiz. Аmaliy mashgʼulotlar asosan nazariy bilimlarni amaliy qoʼllash va mustahkamlashga, shuningdek, koʼnikma va malakalarni maromiga yetkazishga yoʼllangan boʼladi. Ular koʼpincha oʼqituvchining bevosita raxbarligi ostida qoʼllaniladi. Mustaqil ishlash esa, mashqlar jarayonida bilimlarni qoʼllashga yordam beribgina qolmay, balki talabalar tomonidan ya

Доказательный фрагмент

«Independent work of students, problem methods, assimilation of educational material, formation of free thinking and worldview using opportunities.»

Образец извлечения

Демо-превью

Independent work of students, problem methods, assimilation of educational material, formation of free thinking and worldview using opportunities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Topic, method, independent learning, independent work, schedule, график, Тема, mustaqil ish, grafik, самостоятельная работа, metod, Mavzu, самостоятельное обучение, метод, mustaqil taʼlim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники