К содержанию
РецензированоRU2023

НАУЧНОЕ НАСЛЕДИЕ СУФИЯ АЛЛОХОЙАРА

Ramazonova Raʼno

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about the scientific heritage and creativity of Sufi Allahyor. Also, in our article, the life and work of the scholar, his works, and their significance today are studied. Reasonable opinions and comments are used throughout the article. The conclusion is given at the end of the article. Key words: Sufi Allahyor, history of great personalities, saints, ancestors, life and work of scholars. НАУЧНОЕ НАСЛЕДИЕ СУФИЯ АЛЛОХОЙАРА Аннотация. В данной статье говорится о научном наследии и творчестве суфия Аллахйора. Также в нашей статье изучаются жизнь и деятельность ученого, его труды, их значение сегодня. На протяжении всей статьи используются обоснованные мнения и комментарии. Заключение приведено в конце статьи. Ключевые слова: суфий Аллахйор, история великих личностей, святых, предков, жизнь и деятельность ученых. Yurtimizdan koʻplab buyuk shaxslar, avliyolar, allomalaru ulamolarning yetishib chiqqanini nafaqat xalqimiz, balki jahon xalqlari ham e’tirof etadi. Ana shunday mashhur allomalardan biri oʻzbek tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi, diniy ilmlarni mukammal egallagan Soʻfi Ollohyordir. Quyidagi maqolamizda allomaning hayoti va ijodi, yozgan asarlari, ularning hozirgi kundagi ahamiyati haqida soʻz boradi. Buyuk ajdodlarimizning tarixini bilish ular yozgan asarlarining mohiyatini anglash va oʻrganish har birimizning burchimizdir. Zamonamizning mashhur olimlaridan biri R.Mirzayevning izlanishlariga koʻra Soʻfi Ollohyor 1663-yil Samarqand viloyatining Minglar qishlogʻida dunyoga kelgan. 1724-yil Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Vaxshivor qishlogʻida vafot etadi. Soʻfi Ollohyor 2-3 yoshida oʻqish va yozishni oʻrganib, 6 yoshida Qur’oni karimni yod oladi. 12 yoshida esa otasi Ollohquli Buxorodagi mashhur “Joʻybor” madrasasiga oʻqishga yuboradi. U yerda barcha fanlarni yaxshi oʻzlashtirib, arab va fors tillarini mukammal oʻrganadi. Oʻzining donoligi va zukkoligi bilan Buxoro Amiri Abdulazizxonning e’tiboriga tushib, 25 yoshida bojxona-soliq toʻralsi lavozimiga tayinlanad. U bu lavozimda bir muddat faoliyat yuritib, keyinchalik oʻz ixtiyori bilan iste’foga chiqadi. Tasavvuf va ibodatga muhabbati sabab oʻsha davrning mashhur donishmandlaridan biri Shayx Habibullohga murud tushadi. U kishidan 12 yil davomida barcha 9 29 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ilm sirlarini oʻrganib, shayxlik darajasiga koʻtariladi. “Uzot naqshbandiya tariqatining murshidi komili, zohir va botin-shariat va tariqat ilmlaridan nodir alloma, Haq va xalq suyuklisi, daho mutafakkir, nodir mutasavvif, san’atkor shoir, sohibkaroamat, sohibmaqom, sohibkitob valiydir”1. Allomaning ilmiy merosi 3 tilda ya’ni arab, fors, va turkiy tillarda yozilgan. “Mahzan ul- mutein” (“Itoatkorlar xazinasi”) asari arab tilda yozilgan yagona asaridir. Bu asar ikki boʻlimdan iborat. Birinchi boʻlimi “Aqidalar kitobi” deb nomlanib 27 faslni oʻz ichiga oladi. Ikkinchi boʻlim amaliy masalarni oʻz ichiga olib 17 fasldan ziyoddir. “Maslak ul-mutttaqin” va “Murod ul-orifin” fors tilida yozilgan. “Maslak ul-muttaqin” (“Taqvodorlar maslagi”) asari allomaning eng yirik asari boʻlib, 1700-1701 yillar oraligʻida ta’lif etilgan. Uning hajmi 12 ming bayt va 135 bobdan iborat. “Murod ul-orifin” ya’ni “Oriflar murodi” kitobi 15 fasldan boʻlib, muallif uni 30 ga yaqin ulamolar va soʻfiylar risolasiga tayanib yozilganligi ba’zi manbalarda keltirilgan. “Sabot ul-ojizin” (“Ojizlar saboti”) va “Favz un-najot” (“Najot tantanasi”) 2 asari turkiy tilda yozilgan. “Sabot ulojizin” asari mashhur boʻlib, “Qur’onning magʻzi” deb ham etirof etiladi. “Sabot ul-ojizin” asari 1500 baytdan ortiqroqdir. Asar dunyoning bir qancha mamlakatlarida tarjima va nashr qilingan. Bu asar yurtimiz mustaqillikka erishgan davrda 1991-yil “Choʻlpon” nashriyotida Rashid Zohidov, “Mehnat” nashriyotida Hoji Poʻlatqori Muhammad Ali, Mahmud Hasaniy, Mirsolih Qosimlar tomonidan nashr etilgan. 2007-yil va 2018-yilda “Sharq” nashriyotida Rashid Zohidov tomonidan sharhi bilan qayta nashr etildi. 2018-yil Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyotida Mas’udxon Ismoilov va Abrorxon Akbarov tomonidan sharhlari bilan chiqdi. Bu asar ham allomaning mashhur asarlaridan hisoblanib maxsus darslik sifatida madrasalarda oʻqitilgan. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, Soʻfi Ollohyor hazratlari forsiy va turkiy tilda yozgan gʻazallari ham mavjud boʻlib Ubaydullo Alamkashning “Bayozi Alamkash” toʻplamida 73 gʻazali va 30 yaqin fors tojik tilida yozilgan “Koʻzing birla och” she’rlar toʻplami keltirilgan. Alloma turkiy-oʻzbek va fors-tojik adabiy aloqalarini va ushbu ikki adabiyot tarkibida shakllangan zullisonaynlik an’anasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan. Soʻfi Ollohyor oʻzbek adabiyoti tarixida Navoiydan soʻng naqshbandiya tariqatini she’riy shaklda izchil targʻib qilgan ulugʻ soʻz san’atkoridir’’3. Shoir oʻzbek va tojik tillarida oliy darajada she’r ijod qilgan. She’rlarining hammasi axloqiy tarbiyaga egadir. Shoir

Доказательный фрагмент

«This article talks about the scientific heritage and creativity of Sufi Allahyor.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the scientific heritage and creativity of Sufi Allahyor. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sufi Allahyor, history of great personalities, saints, ancestors, life and work of
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники