К содержанию
РецензированоRU2022

Формоструктурное описание диалектизмов в толковых словарях

IZOHLI LUG‘ATLARDAGI DIALEKTIZMLARNING SHAKLIY- · STRUKTUR TAVSIFI · Nasiba Raimnazarova

Традиции и инновации в исследовании и преподавании языков · 2022

Аннотация

Ijtimoiy hayotda tinimsiz sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar albatta tilga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bu esa tilning ayrim birliklarini yo‘qolish xavfi borligini anglatadi. Xuddi shunday salbiy ta’sir sheva birliklarini yo‘qolib ketishi bilan ham xarakterlanadi. Dialektlarni saqlab qolish, ularni ommalashtirish uchun bunday til birliklarini, avvalo shakliy jihatdan tasniflash, tavsiflash zarur. Tilning elektron korpuslarida formal-struktur tahlil qilingan ma’lumotlar bazasini kiritish, nafaqat lingvistlar, balki boshqa soha vakllari uchun ham o‘ziga xos ahamiyatga ega tadqiqotlardan bo‘ladi. Kalit so‘zlar: sodda sheva so‘zlari, 5 jildli lug‘at, yasalish asosi, tub sheva so‘zlar, dialekt, juft sheva so‘zlar, birikma sheva so‘zlar, terminologik, shakliy-struktur. “Har qanday lug‘at turi uchun so‘zlik muammosi adabiy til va uning uslublarini chuqur tadqiq qilgan holda hal qilinishi kerak. Bu o‘rinda so‘z yasalishi va grammatika masalalari, shuningdek, yasama, qo‘shma, juft va qisqartma so‘zlarning so‘zlikdan joy olishi masalalari ham ilmiy asoslanishi kerak”. Sheva so‘zlarining shakliy tavsifida uning tub yoki yasama ekanligi uning ma’nosini chuqrroq anglashga xizmat qilishini inobatga olgan holda yondashish muhimdir. Olimlarning yasama so‘zlarning lisoniy yoki nutqiy birlik ekanligiga oid qarashlarini o‘rgangan holda yasama so‘zlarning lisoniy birlik sifatida qaralishi hamda lug‘atlarda ularning bosh so‘z tarzida berilishi, izohlanishi mustahkam ilmiy asosga ega ekanligi haqidagi fikr bizningcha ham to‘g‘ri va buni sheva so‘zlar misolida ham inbatga olish zarur. Lug‘atlarda berilgan tub sheva so‘zlarning ma’nosini izohlash yasama sheva so‘zlarining ma’nosini ochib berishdan ko‘ra murakkabroq. Chunki yasama dialektlarda yasalish asosidan kelib chiqib ma’noni izohlash unchalik qiyin emas. Tub so‘zlar shaklidagi sheva so‘zlari dialekt sifatida aynan qaysi semasiga ko‘ra dialektik yukini ko‘tarib turganini izohlash ko‘p jildli izohli lug‘atlarda lug‘at maqolasining ixcham bo‘lishida jiddiy diqqat-etiborni talab qiladi. O‘zbek tilining II va V jildli lug‘atlarida mavjud sheva so‘zlarini yuqorida ko‘rsatilgan struktur turlarini izohlashga harakat qilamiz. Sodda dialektlar. Bunday sheva so‘zlari yakka asosli bo‘lib, ularda yaxlit shakliy hamda semantik tuzilish aks etadi. O‘zbek sheva so‘zlarida mavjud dialektlar yasalishiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: 1) sodda tub dialektlar; 2) sodda yasama so‘z shaklidagi dialektlar. 2 tomli O‘zbek tilining izohli lug‘atida sodda tub dialektlar: asp, biy, boz, gaza, gez, yel, yog‘, jir, jum, jul kabi 5 jildli O‘zbek tilining izohli lug‘atida sodda tub sheva so‘zlari: 500 dan ortiq bo‘lib, garchand boshqa tillardan masalan, fors, arab tillaridan o‘zlashgan bo‘lsa-da o‘zbek tili shevasida qotib bo‘lgan so‘zlardan iborat masalan, va sh.k. 2 jildli O‘zbek tilining izohli lug‘atida sodda yasama so‘z shaklidagi birliklar: biylamoq, bodilanmoq, boylov, boldoq, bosiriq, bukraymoq, lopillamoq, maytarmoq, olg‘ich 5 jildli O‘zbek tilining izohli lug‘atida sodda yasama so‘z shaklidagi +lar: badlanmoq, bachalik, bitik, borlamoq, yelmoq, ilgir, yo‘qchi, sozchi, kelbatli, urug‘lamoq, usulchi. Sheva so‘zlarini yasalish asosi o‘z yoki o‘zlashgan qatlam ekanligiga ko‘ra guruhlarga ajratib tahlil qilinganda quiydagi holat aniqlandi: Yasalish asosi o‘z qatlam sheva so‘zlari: ayanchli, belak, beldov, bitik, bovliq, bodilanmoq, boylov,bosim, boqim, sozliq, sozchi, surgi, suvlatmoq, talqinchi, tishovlamoq, tolgul, tomchi, tutatqi, elovlamoq, elovsiz, elovlamoq, elovsiramoq. Yasalish asosi o‘zlashgan qatlamga oid sheva so‘zlari: badgo‘y, badraf, bodparrak, vahmak, go‘psangi, la’li, nag‘magar, choyjo‘sh kabi. Ushbu sheva birliklari asosan turkcha+forscha, forscha+forscha, arabcha+forscha, forscha+forscha va bir dona xitoy+forscha tarzida ekanligini kuzatishimiz mumkin. Bunda o‘zlashma qatlam sheva so‘zlari o‘zbek tilining izohli lug‘atida (5 jildli) 1213 taga nisbatan jami 20 ta (1,6 foiz)ni, 2 jildlisida esa jami 820 ta sheva birliklarining 11 tasi (1,3 foiz)ni tashkil qilishini kuzatish mumkin. Qo‘shma sheva so‘zlar. Qo‘shma sheva so‘zlari deb qaralayotgan birliklar birdan ortiq asosdan tarkib topgan va yaxlit bitta tushunchani ifodalashi orqali bitta so‘zshaklga aylangan holatidir. Yuqorida keltirib o‘tilganidek, sheva so‘zlarining terminologik o‘rinlarida qo‘shma sheva so‘zlar ko‘p, biroq o‘zbek tilining izohli lug‘atida juda kam miqdorni tashkil etadi. Ya’ni, bunday shakldagi dialektlar asosan hunarmandchilik bilan bog‘liq kasblar doirasida ko‘p uchrasa-da, o‘zbek tilining izohli lug‘atida kam uchraydi. Masalan, bedapoya, yonyo‘rg‘a, ityaloq, ko‘zbog‘chi, manzilxona, olapopish, sayisxona kabi..O‘zbek tilining izohli lug‘atining 5 jildli variantida jami 46 ta qo‘shma sheva so‘zlari berilgan, bizning hisob-kitoblarmizga ko‘ra sheva soni 1213 tani tashkil qilgani holda qo‘shma sheva so‘zlari 3.7 foizni tashkil qiladi. Juft sheva so‘zlar. Sheva so‘zlari ham o‘zbek tilining izohli lug‘ati

Доказательный фрагмент

«Ijtimoiy hayotda tinimsiz sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar albatta tilga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ijtimoiy hayotda tinimsiz sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar albatta tilga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shakliy-struktur, простые диалектные слова, form-structural, juft sheva so‘zlar, terminological, 5-томный словарь, double dialect words, 5 jildli lug‘at, dialect, compound dialect words, the basis of construction, двудиалектные слова, birikma sheva so‘zlar, терминологический, yasalish asosi, диалект, simple dialect words, формоструктурный, basic dialect words, dialekt, terminologik, sodda sheva so‘zlari, tub sheva so‘zlar, 5-volume dictionary, основные диалектные слова, составные диалектные слова, основы построения
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники