Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПРЕИМУЩЕСТВА И НЕДОСТАТКИ ЧЛЕНСТВА ВО ВСЕМИРНОЙ ТОРГОВОЙ ОРГАНИЗАЦИИ
VA KAMCHILIKLARI · Xolmirzayeva Shoxista Arziqul qizi · TRADE ORGANIZATION
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
This thesis describes the analysis of the expected results and possible economic problems related to the membership of the Republic of Uzbekistan in the World Trade Organization. Key words: World Trade Organization, membership, economic growth, protectionism, self- defense. ПРЕИМУЩЕСТВА И НЕДОСТАТКИ ЧЛЕНСТВА ВО ВСЕМИРНОЙ ТОРГОВОЙ ОРГАНИЗАЦИИ Аннотация. В данной диссертации описаны ожидаемые результаты и возможные экономические проблемы, связанные с членством Республики Узбекистан во Всемирной торговой организации. Ключевые слова: Всемирная торговая организация, членство, экономический рост, протекционизм, самооборона. Aytish joizki, bugungi global dunyoda barcha davlatlar bir- birlari bilan savdo aloqalari sabab uzviy bog’liq. Bu esa o’z navbatida mazkur munosabatlar asnosida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi samarali xalqaro mexanizmni talab etadi. Negaki, savdo aloqalari davomida davlatlar o’rtasida muayyan holatlar yuzasidan turli xil kelishmovchiliklar va nizolar yuzaga kelishi tabiiy albatta. Ushbu zarurat natijasi o’laroq Jahon savdo Tashkiloti xalqaro doirada 29 30-Sentabr, 2024-Yil savdo munosabatlari sohasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatida yuzaga keldi. Ma’lumki, Jahon savdo tashkilotining asosiy vazifasi xalqaro savdoni leberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini ta’minlash, davlatlarning iqtisodiy o’sishi va xalq faravonligini oshirishdir. Xususan, Jahon savdo tashkiloti a’zo davlatlarga xalqaro tijorat uchun cheksiz imkoniyatlar eshigi hisoblanib, o’z navbatida u a’zo davlatlar oldiga muayyan talablar qo’yadi. Mazkur talablardan eng asosiysi a’zo bo’lgan mamlakatlar ichki bozorini erkinlashtirishning qat’iy talabidir. O’z navbatida mazkur vazifani bajarish ham davlatlar uchun oson bo’lmasdan aksincha aksariyat hollarda milliy sanoatning tanazzuli bilan yakun topadi. Bilamizki, mamlakatimiz iqtisodiyoti erkin bozor tamoyillariga asoslangan davlat qurish yo’lidan bormoqda. Bunda esa asosiy vazifa iqtisodiyotni leberallashtirish erkin raqobatni qaror toptirishdir. Ammo, aytish joizki, yillar davomida iqtisodiyotning ba’zi tarmoqlarida xususan transport, avtomobil sanoatida hali hanuzgacha monopoliya saqlanib kelinayotganligi oddiy xalqning noroziligiga sabab bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, hozirgi globallashuv asrida bu kabi noroziliklarni vaqtida oldi olinmasa bu o’zining salbiy natijasini ko’rsatishi muqarrar. Shu va boshqa omillarni inobatga olgan holda mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga qo’shilishi monopoliyaga barham berish barobarida bir qator o’zining ijobiy jihatlarini namoyon etadi. Mazkur manfaatlarning eng dastlabkisi bu iqtisodiy manfaat bo’lib, davlatlararo munosabatlarda hech bir to’siqlarsiz tovar ayrboshlashga erishiladi. Ikkinchidan, xalqimizning turmush sharoitlarini yaxshilashga imkon beriladi va ularga sifatli mahsulot este’mol qilish imkoni beriladi. Uchinchidan, mamlakat hududiga olib kirilgan chet el tovarlari hisobiga milliy mahsulotlar tannarxi pasayishiga va o’z o’rnida arzon mahsulot istemol qilishga erishiladi. To’rtinchidan, chet el investetsiyalarining kirib kelishi ortadi va investetsiya jozibadorligiga erishiladi. Beshinchidan, eng asosiysi ishlab chiqarishning ortishi hisobiga yangi ish o’rinlari yaratiladi va aholining bandligi ta’minlanadi. Xususan, ayni sharoitda mamlakatimiz hududida ish bilan band bo’lmagan minglab yurtdoshlarimiz xorijiy davlatlarda mehnat migranti sifatida faoliyat yuritmoqda. Va agar ularning mehnat kapitali mamlakat hududidagi ishlab chiqarishga sarflanishiga erishilsa bu iqtisodiyotimiz uchun ulkan o’sish bo’ladi. Shu o’rinda aytish kerakki, Jahon savdo tashkilotiga a’zolik mamlakatimiz iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir qilish barobarida muayyan cheklovlarni ham joriy etadi. Xususan, mazkur to’siqlar sirasiga bojxona ta’riflarini pasaytirish bilan bog’liq holda davlat byudjetini zarar ko’rishi shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini raqobat qila olmaslik va ularning sinish xavfi va eng asosiysi bozor erkinligiga davlat aralashuvini butunlay tugatish bilan bog’liq ijrosi va yakuni bosiq va vazmin siyosat yuritish talab etadigan murakkab yo’ldir. O’zbekiston esa 30 30-Sentabr, 2024-Yil ayni shu yo’lni tanladi va yangi O’zbekistoning Jahon savdo tashkiloti a’zoligiga qabul qilinishi mamlakat oldida turgan eng asosiy vazifa sifatida belgilab berildi. Xususan, “O’zbekiston- 2030” strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentning farmonida ham mamlakatimizning jahon savdo tashkilotiga to’laqonli a’zo bo’lishi mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. Mazkur farmonga muvofiq, milliy qonunchilikni va huquqni qo’llash amaliyotini jahon savdo tashkilotining qoida, mayor va bitimlariga moslashtirish, yiliga kamida 10 ta xorijiy davlat bilan bozorga kirish muzokaralarini yakunlash, jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar bilan bozorga kirish bo’yicha muzokaralarni tizimli olib borish va a’zo bo’lish jarayonini samarali yakuniga yetkazish vazif
Доказательный фрагмент
«This thesis describes the analysis of the expected results and possible economic problems related to the membership of the Republic of Uzbekistan in the World Trade Organization.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis describes the analysis of the expected results and possible economic problems related to the membership of the Republic of Uzbekistan in the World Trade Organization. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- World Trade Organization, membership, economic growth, protectionism, self-, Всемирная торговая организация, Jahon savdo tashkiloti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026