К содержанию
РецензированоRU1990

Учебный толковый словарь: новые заимствованные слова и значения

Каримова З.О. г.- С..

Традиции и инновации в исследовании и преподавании языков · 1 · 1990

Аннотация

Статья посвящена проблеме лексикографической интерпретации новых заимствований в узбекском языке. При этом внимание в основном сосредоточено на вопросе объяснения слов в учебном толковом словаре. В статье на основе метода компонентного анализа изучены слова, заимствованные в узбекский язык в период независимости. Ключевые слова: заимствования, лексика, семантический, словарь, значение, толковый словарь. Shukurov Otabek Ulashevich filologiya fanlari doktori (DSc), Qarshi davlat universiteti dotsenti Qarshi, O‘zbekiston E-mail: otabekshukurov1@mail.ru, +998914692672 O‘QUV IZOHLI LUG‘AT: YANGI O‘ZLASHMA SO‘Z VA MA'NO Annotatsiya. Maqola o‘zbek tilidagi yangi o‘zlashmalarning leksikografik talqini masalasiga bag‘ishlangan. Bunda, asosan, so‘zlarni o‘quv izohli lug‘atda izohlash masalasiga e’tibor qaratilgan. Maqolada mustaqillik davrida o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan so‘zlar komponent tahlil usuli asosida o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: o‘zlashma so‘zlar, leksika, semantik, lug‘at, ma’no, izohli lug‘at. Otabek Shukurov Ulashevich Doctor of Philology (DSc), Associate Professor at Karshi State University Karshi, Uzbekistan E-mail: otabekshukurov1@mail.ru, +998914692672 EDUCATIONAL EXPLANATORY DICTIONARY: A NEW BORROWED WORD AND MEANING Annotation. The article is devoted to the issue of lexicographic interpretation of new loanwords in the Uzbek language. At the same time, attention is mainly focused on the issue of explaining words in the educational explanatory dictionary. In the article, based on the method of component analysis, words borrowed into the Uzbek language during the period of independence were studied. Keywords: borrowings, lexis, semantic, dictionary, meaning, explanatory dictionary. O‘quv izohli lug‘atga kiritiladigan o‘zlashmalarning tanlanishi muhim jarayondir. Bu bir tomondan, o‘quvchilarning yosh darajasiga ko‘ra belgilansa, ikkinchi tomondan esa, bugungi kun muloqotida o‘zlashmaning aktualligi ham talab etiladi. Ayniqsa, yaratiladigan yangi o‘zlashmalarning o‘quv izohli lug‘ati o‘quvchilar uchun jozibador bo‘lishi shubhasiz. O‘quvchilarning lug‘at so‘zliklari bilan ishlash jarayonida ularni manba tildagi asosi – etimologik ma’nosiga qiyosan o‘rganish kompetensiyasi shakllanadi. Yangi davr o‘zlashma so‘zlarining til zaxira boyligida katta miqdorga ega bo‘lishi nutq madaniyatida ulardan foydalanish me’yorini ham talab etadi. U.Qo‘ziev o‘zining “O‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda o‘zlashma so‘zlar tahlili” nomli monografiyasida lug‘atlarda keltirilgan o‘zlashma so‘zlarni tasniflashda “Jamiyatga so‘zlarning o‘zlashish sohalari belgilab olindi: ijtimoiy sohaga oid so‘zlar, diniy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar, terminlar”, – deya takidlaydi [1:92]. Leksikada savdo maskani umumiy ma’nosi bilan tur-jins munosabatida bo‘luvchi birliklar orasida semantik jihatdan darajalanuvchi o‘zlashmalar paradigmasi ham shakllangan. Masalan, minimarket – market – supermarket – gipermarket o‘zlashmalaridagi muhim ma’noviy farqlanish lokal semaning o‘sishi asosida yuz bergan. Yagona asos (market) va (mini-, super-, giper-) prefikslar vositasida graduatsiyaning jozibador tashakkuli o‘zbek tili leksikasida kamdan-kam uchraydigan hodisalardan. Albatta, bu birliklarning morfemalarga ajralishi manba til uchungina xos. “Juz’iylik”dan “ko‘lamdorlik”kacha o‘sish belgisida ishtirok etuvchi paradigma a’zolari assotsiativ tabiatga ega, xotirada biri ikkinchisini tez eslatuvchi til birliklari sifatida ham ahamiyatli. O‘sish jarayonida market neytral leksema, nutqda o‘zigacha va o‘zidan yuqori turuvchi birliklarning tushunchalarini ham pragmatik jihatdan aks ettira oladi. Minimarket, umumiy jihatdan qaraganda, “uy do‘koni” mazmunini anglatadi, shuningdek, bunday do‘konlar turar-joy, yashash manzili atrofida joylashgan bo‘ladi va juda kichik (odatda bir xonali) savdo maskani. Shunga ko‘ra ular ko‘proq oziq- ovqat mahsulotlari savdosi bilangina chegaralanadi. Mazkur so‘z imlo lug‘atida mavjud, biroq “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da aks etmagan. Market so‘zi manba (ingliz) tilda oziq-ovqat do‘koni, savdo maskani, bozor, xomashyo bozori ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilida esa u o‘z analoglari bo‘lgan minimarket, supermarket, gipermarket so‘zlari o‘rnida qo‘llanuvchi dominant birlik sifatida shakllanyapti. Supermarket o‘zlashmasi “Turli xil oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari sotiladigan katta do‘kon”[2:588] ko‘rinishida izohli lug‘atga kiritilgan. Qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, unda jarayon mijozlarning o‘z-o‘ziga xizmat qilishi asosida tashkil etilgan bo‘ladi. Mazkur savdo maskani mahsulotlarning rang-barangligiga ko‘ra boshqalariga nisbatan eng ommalashgani, xaridorlarni o‘ziga tortadigan jozibasi jihatidan ham ajralib turadi. Gipermarket mavjud paradigmadagi darajaning eng yuqori a’zosi. Supermarketdan ham hajm sig‘imi jihatidan kattaligi uning xaridorlarni jalb qilishda peshqadamlik bo‘lishi uchun sabab bo‘lmagan. Undagi mahsulotlarning narxi supermarketdagiga qaraganda ancha past bo‘lsa-da, mahsulotning nomenklaturasi emas, ba

Доказательный фрагмент

«Статья посвящена проблеме лексикографической интерпретации новых заимствований в узбекском языке.»

Образец извлечения

Демо-превью

Статья посвящена проблеме лексикографической интерпретации новых заимствований в узбекском языке. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
borrowings, lexis, semantic, dictionary, meaning, explanatory, lug‘at, izohli lug‘at, семантический, ma’no, толковый словарь, заимствования, o‘zlashma so‘zlar, semantik, словарь, значение, leksika, лексика, explanatory dictionary
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники