Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Муллабаев Мурод Фарходжонович Секретариат Управления акционерно-коммерческого банка “Микрокредитбанк” управление подготовки аналитической информации начальник отдела Секретариата
Mullabayev Murod Farxodjonovich · Муллабаев Мурод Фарходжонович
Цифровая экономика · 2025
Аннотация
Along with the role and capabilities of this e-commerce in economic development, the main problems that hinder its development are highlighted. In particular, insufficient digital infrastructure, problems with the payment system, low internet coverage and lack of digital literacy of the population have been cited as significant obstacles. At the same time, the article developed proposals for the development of digital infrastructure, the creation of secure payment systems and the improvement of the legal framework as promising directions for the development of e- commerce. Keywords: elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot, onlayn savdo, elektron to‘lov tizimlari, internet marketing, logistika, blokcheyn, mobil ilovalar, fintech, kiberxavfsizlik, raqamli transformatsiya, elektron platformalar. KІRІSH Elektron tijorat bugungi kunda dunyo iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida an’anaviy savdo tizimlari o‘zgarib, biznes jarayonlari yanada avtomatlashtirilmoqda. Xususan, internetning keng tarqalishi, zamonaviy to‘lov tizimlarining rivojlanishi va logistika infratuzilmasining yaxshilanishi elektron tijoratning yanada kengayishiga zamin yaratmoqda. Bugungi kunda yirik transmilliy kompaniyalardan tortib, kichik va o‘rta biznes vakillarigacha bo‘lgan turli tadbirkorlik subyektlari onlayn savdo platformalaridan faol foydalanmoqda. Shu bilan birga, elektron tijorat iste’molchilar uchun ham yangi imkoniyatlarni taqdim etib, ularning mahsulot va xizmatlarni xarid qilish jarayonini soddalashtirmoqda. “RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 12-SON | 2025 WWW.INFOCOM.UZ 378 Biroq, elektron tijoratning jadal rivojlanishi bilan bir qatorda turli muammolar ham yuzaga kelmoqda. Avvalo, axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bilan bog‘liq masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Internet orqali amalga oshiriladigan savdo jarayonlarida firibgarlik holatlari, kiberhujumlar va ma’lumotlarning noqonuniy tarqalishi xavfi ortib bormoqda. Bundan tashqari, raqamli infratuzilmaning yetarlicha rivojlanmaganligi, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda internet tezligi va sifatining pastligi elektron tijoratning keng ommalashishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shuningdek, huquqiy tartibga solishning yetarlicha ishlab chiqilmaganligi, onlayn savdoda iste’molchi huquqlarini himoya qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi ham ushbu sohadagi asosiy muammolardan biri sifatida e’tirof etiladi. Elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari esa texnologik innovatsiyalarga bog‘liq. Sun’iy intellekt, blokcheyn, bulutli texnologiyalar va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish kabi zamonaviy texnologiyalar elektron tijoratni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Xususan, sun’iy intellekt asosida yaratilgan tavsiyalar tizimi mijozlarga moslashtirilgan xizmatlarni taklif qilish imkoniyatini beradi. Blokcheyn texnologiyasi esa tranzaktsiyalarning shaffofligini oshirib, ishonchlilikni ta’minlaydi. Shuningdek, elektron tijoratda transchegaraviy savdoni rivojlantirish uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish va bojxona jarayonlarini soddalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston sharoitida elektron tijorat hali to‘liq rivojlanmagan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda bu borada sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Davlat tomonidan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, tadbirkorlarni raqamli biznesga jalb etish choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatda internet infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy to‘lov tizimlarini joriy etish va tadbirkorlarning raqamli savodxonligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shu nuqtai nazardan, elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha muammolarni o‘rganish va istiqbolli yechimlarni ishlab chiqish hozirgi kunda dolzarb masala hisoblanadi. ADABІYOTLAR TAHLILI Elektron tijoratning rivojlanishi zamonaviy iqtisodiy munosabatlar tizimida muhim o‘rin egallaydi. Shu bois, mazkur yo‘nalishda ko‘plab olimlar va tadqiqotchilar tomonidan turli jihatlar – xususan, infratuzilma, ishonchlilik, to‘lov tizimlari, huquqiy muhit va raqamli savodxonlik bilan bog‘liq muammolar chuqur o‘rganilgan. Masalan, X.T.Abdurahmonov elektron tijorat infratuzilmasining yetarlicha shakllanmagani va logistika tizimining sustligi elektron savdoning keng miqyosda rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, “elektron tijorat infratuzilmasining asosiy elementlari – bu raqamli to‘lov tizimlari, internet tarmog‘ining keng qamrovi, elektron imzo tizimi va xavfsizlik kafolatlaridir. WWW.INFOCOM.UZ “RAQAMLI IQTI SODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 12-SON | 2025 379 Agar ushbu elementlar mukammal bo‘lmasa, elektron savdoning ishonchliligi va ommalashuvi sust bo‘ladi”. Bu fikrlar elektron tijoratning texnik va institutsional asoslarini takomillashtirish zaruratini ko‘rsatadi [1]. Shuningdek, M.A.Rahimova elektron tijoratda ishtirok etuvchi subyektlarning raqamli savodxonligi p
Доказательный фрагмент
«Along with the role and capabilities of this e-commerce in economic development, the main problems that hinder its development are highlighted.»
Образец извлечения
Демо-превьюAlong with the role and capabilities of this e-commerce in economic development, the main problems that hinder its development are highlighted. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot, onlayn savdo, elektron to‘lov, mobil ilovalar, raqamli transformatsiya, elektron platformalar., fintech, internet marketing, blokcheyn, kiberxavfsizlik, elektron to‘lov tizimlari, logistika
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025