Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Методы и способы развития компетентности студентов в работе с информацией
O‘QUVCHILARDA AXBOROT BILAN ISHLASH KOMPETENLIGINI · RIVOJLANTIRISHNING METOD VA USULLARI · Karshiyev Abror Amrullayevich
Информатика и инженерные технологии · 1934
Аннотация
Maqolada o‘quvchilarning axborot kompetentligini rivojlantirishning metodik jihatlari oʼrganilib, ishchi taʼrif qabul qilingan. Axborot kompetenligini rivojlantirish jarayonini mustaqil hayotiy faoliyat davomida axborotlar bilan ishlash kabi yondashuv asosida tashkil etish boʼyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit soʻzlar: kompetentsiya, kompetentlik, axborot kompitentlik, axborot – komunikattsiya texnalogiyalari, maktab. Bugungi kunda intellektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan, mustaqil ravishda zaruriy axborotlarni izlab topadigan va ulardan tahlil asosida zaruriylapini ajpatib oladigan, bapcha bilan muloqotga kipisha oladigan, ta’lim muassasasidan olgan bilimlapini shaxsiy va ta’limiy ehtiyojlapida qo‘llay oladigan yoshlapni tapbiyalash masalalapiga katta e’tibop qapatilgan. Buning uchun esa o‘quvchilapni boshlang‘ich sinflardan boshlab unga tayyoplab bopish kepak. Ya’ni, umumta’lim fanlari bo‘yicha chuqur bilim berish, xorijiy tillarni puxta o‘rgatish va axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo‘yicha kerakli malakalarni shakllantirib borish lozim. Ma’lumki, biz hozirgi kunda axborotlar olamida yashayapmiz. O‘qishda ham, ishda ham, kundalik faoliyatda ham kompyuter texnikasi vositalariga duch kelamiz va bularsiz bugungi kunimizni tasavvur ham qila olmaymiz. Shunday ekan maktab o‘quvchilarga informatika va axborot texnologiyalari fanidan chuqur bilim berish, kompyuter va uning boshqa texnik vositalaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanishga o‘rgatish kerak. O‘quvchilar esa zaruriy 413 axborotga ega bo‘lish, ularni izlab topish, undan keraklisini ajratib olish va foydalanishni o‘rganishi kerak. Shu bilan birgalikda o‘rganilgan bilim, ko‘nikma va malakalardan ular kundalik hayotlarida uchraydigan muammolarni hal etishda foydalana olishlari uchun kompetensiyalar shakllantirilishi zarur. Shunga ko‘ra, bu vazifalarni ta’lim muassasida o‘quvchilarni o‘quv predmetlarini o‘rganish jarayonida zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega qilish bilan birgalikda ularni hayotiy ehtiyojlarida qo‘llay oladigan holda tayyorlash kerak. Buning uchun esa o‘qitish jarayoni kompetentlik yondashuvga asoslangan holda tashkil etish kerak. Kompetentli yondashuvga asoslangan ta’lim – o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, ta’limiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir. Kompetentli yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot- kommunikasiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda maktab tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarini shakllantiradi. Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha tashkil etiladigan darklarda o‘quvchilarda axborot bilan ishlash komretensiyasini rivojlantirish muammosini quyidagi o‘qitish texnologiyalaridan foydalanib muvaffaqiyatli hal etish mumkin: muammoli o‘qitish texnologiyasi; o‘qitishning loyiha texnologiyasi; vaziyatli masalalarni echish usullari. Loyihalar usuli–bu o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘quvchilar o‘zlarining intellektual va jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirish orqali irodaviy va ijodiy qobiliyatlarini o‘qituvchining bevosita nazorati ostida namoyish etadigan egiluvchan modeldir. O‘quvchilar loyihani nafaqat dars vaqtida, balki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham bajarishadi. Loyihalarni bajarish jarayoni natijalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 1. O‘quvchilarda mashg‘ulotlar jarayonida quyidagilarni (axborotni tahlil qilish, tizimlashtirish, tasniflash, tushunarli va dizaynli tarzda taqdim etish, o‘z fikrlarini erkin bayon eta olish, g‘oyalarini shakllantirish, jamoada va guruhda ishlash, mustaqil ta’lim olish, mustaqil qaror qabul qilish) shakllantirish va rivojlantirish. 2. O‘quvchilarning maktabda o‘qitiladigan umuta’lim fanlari bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish hamda mustahkamlash. 3. Turli xil zamonaviy texnik vositalar (chop etish qurilmalari, skanerlash qurilmasi, mikrofon va boshqalar) bilan ishlash ko‘zda tutilgan o‘quvchilarning axborot madaniyati darajasini oshirish. 4. O‘quv loyihalarini bajarishga mo‘ljallangan pedagogik dasturiy vositalarni o‘rganish shart-sharoitlar yaratish. Bizning nuqtai nazarimizcha informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha darslarda o‘quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyalarni rivojlantirish masalasini to‘laligicha echishda o‘qitishning loyiha texnologiyasi katta imkoniyatga ega bo‘lib, bu imkoniyatlar quyidagilardan iborat: 1) mehnat mahsulotlarni yaratish bilan yakunlanadigan, aniq muammoni echishga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etish; 414 2) turli manbaalardan o‘zi uchun etarli bo‘lmagan bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirib olish; 3) bilish va amaliy xarakterdagi masalalarni echish uchun o‘zlashtirilgan bilimlardan foydalanish; 4) tadqiqotc
Доказательный фрагмент
«Maqolada o‘quvchilarning axborot kompetentligini rivojlantirishning metodik jihatlari oʼrganilib, ishchi taʼrif qabul qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada o‘quvchilarning axborot kompetentligini rivojlantirishning metodik jihatlari oʼrganilib, ishchi taʼrif qabul qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axborot – komunikattsiya texnalogiyalari, maktab, компетентность, информация - коммуникационные технологии, информационная компетентность, kompetentlik, школа, kompetentsiya, axborot kompitentlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025