К содержанию
РецензированоRU2017

Роль психологических процессов и умений в самосознании человека

. Faxriddinovna · FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI. PEDAGOGS · KO‘NIKMALARNING O‘RNI · Erkinboyeva Xolida Shavkat qizi · Otamurodov Rustam Uktamovich

Информатика и инженерные технологии · 1 · 2017

Аннотация

Insoniyat paydo bo‘lganidan buyon to hozirgi kungacha insonni o‘zi haqidagi masalalar qiziqtirib kelgan. Inson aslida kim ekanligi, qanday paydo bo‘ganligi, qay tariqa yashaganligi va qay tartibda yashashlari kerak ekanligi va boshqa mavzular haqida turli xil tortishuvlar va savollar paydo bo‘lgan. Ushbu maqolada o‘zlikni anglash bo‘yicha ma’lumot batafsil yoritib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: real, ideal Men, dinamik Men, xayoliy Men, o‘zini anglash, «Men-konsepsiyasi». Ijtimoiy munosabatlar tizimida odamlar bilan o‘zaro muloqotga kirishgandan so‘ng inson o‘zini atrofdagi muhitdan ajratadi, o‘zidagi jismoniy va ruhiy holatlar, harakatlar va jarayonlarning sub’ekti sifatida his etadi, shaxsan o‘zi uchun «boshqalar» qarshisida turgan, shu bilan birga, ularga bevosita bog‘liq bo‘lgan «Men» sifatida namoyon bo‘ladi. Merriyam-Vebster lug‘atiga binoan, o‘z o‘zini anglash tushunchasi – «o‘ziga tegishli bo‘lgan va undan kelib chiqadigan harakatlar yoki holatlarni anglash» deb ta’riflanadi. O‘z–o‘zini anglashning psixologik xususiyatatlari ijtimoiy psixologiya fanida o‘z – o‘zini anglash, ahloqiy o‘z–o‘zini anglash ijtimoiy-ruhiy hodisa, jarayon sifatida alohida ilmiy nuqtai nazardan to‘liq o‘rganilmaganligi tufayli uni tahlil qilish ahloq, milliy xarakter, milliy ma’naviyat va qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog‘liq ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu kategoriyalarni o‘ziga xos tarzda yoritish psixologiya fanining asosiy tushunchasi hisoblanmish shaxsni yaqqol anglash, uning guruh (jamoa)dagi roli, shaxslararo munosabatdagi ahamiyatini o‘rganish imkoniyatini yaratadi. XX va XXI asr psixologiya fanida ushbu masalaning ijtimoiy – psixologik tabiatini tushuntirishda ikki 383 xil qarash va yondashuv vujudga kelgan bo‘lib, ular o‘zaro bir – biridan keskin darajada tavofutlanib turadi. Birinchi yondashuv talqinicha o‘z –o‘zini anglash – bu o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan ongning aynan o‘zidir. Mazkur talqin rus psixologiyasida keng tarqalgan bo‘lib, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, V.V.Stolin va ularning shogirdlari tomonidan tadqiq qilib kelinadi. Ikkinchi yondashuv mohiyati S.L. Rubinshteynning Ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. Birinchi yondashuvning namoyondalari talqinida o‘z–o‘zini anglash: L.S. Vigotskiyning shaxsiy fikricha, o‘z–o‘zini anglash turli xil ma’nolar orasida birlikni (umumiylikni) vujudga keltiruvchi jarayon sifatida va o‘zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo‘ladi. A.N. Leontev talqiniga qaraganda, individual ongdagi mohiyat bilan mazmun o‘rtasidagi ziddiyat o‘zini – o‘zi anglashning sababchisidir. V.V. Stolinning ta’kidlashicha, o‘zini – o‘zi anglashning asosida “Men” likning mazmuni va mohiyati o‘rtasidagi ziddiyat yotadi. Ikkinchi yo‘nalish asoschisi S.L. Rubinshteyn tadqiqotlariga asoslanib, biz o‘z – o‘zini anglash muammosini tadqiq etishga e’tibor qaratamiz, eng avvalo, uning subektiga, ya’ni shaxs (individ)ga qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘z – o‘zini anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat bo‘lmasdan, balki insonning ijtimoiy muhitda tarkib topishi hamda rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus holdagi (vaziyatdagi) obektiv shart – sharoitlari sifatida odamlarning hayoti, umumiy yashash sharoiti yotadi, — deb yozadi S.L. Rubinshteyn. Insonning o‘z – o‘zini anglash jarayonidagi subektligi bilan amalga oshirishga mo‘ljallangan aloqasining shakllanishi va oqibat natijada yuzaga keladigan yangi sifatiy holat undagi oldingi ichki ziddiyatlardan tamoman forig‘ ekanligini bildiradi. Demak, bu ilmiy yondashuvda o‘z–o‘zini anglashning uzluksiz ruhiy jarayon sifatida funksiyalashuvi insonning boshqa odamlar to‘g‘risidagi tasavvurlari va ularning unga nisbatan munosabatlari o‘rtasidagi ziddiyat bilan belgilanadi. Odatda inson o‘zi haqida fikr yuritar ekan, albatta, u o‘zining boshqa odamlar bilan kechadigan o‘zaro munosabatlari natijasini tahlil qiladi va ularning samarali ekanligiga asoslanib o‘z “Men”ligini yaratadi. S.L.Rubinshteyn va K.A.Abulxanova – Slavskayalar o‘z– o‘zini anglashning ichki mohiyati ikki negiz (asos) bilan tavsiflanishini ta’kidlaydilar. Negizning birinchisi – insonning atrof – muhit va shaxslararo munosabatlarining mazmunidan iboratdir. Uning ikkinchisi esa ana shu munosabatlar to‘g‘risida uni fikr yuritish imkoniyatining ifodasidir. Shulardan birinchisi ijtimoiy, ya’ni obektiv xususiyatiga ega bo‘lsa, uning ikkinchisi subektiv, binobarin, insonning psixofiziologik va ruhiy xususiyatlariga bog‘liqdir. Har ikkala asosning o‘zaro bir – biri bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi o‘zlik, “Men”lik to‘g‘risidagi aniq, haqqoniy tasavvurlarni vujudga keltiradi. SHaxsan «Men» mavjudligining sub’ektiv kechinmasi, avvalambor, insonning hozirgi, o‘tgan zamon va kelajakda shaxsan o‘ziga nisbatan o‘zining o‘xshashligini tushunishi holatida ifodalanadi. SHunday qilib, o‘zini anglash yoki «Men- konsepsiyasi» – bu individning o‘zi haqidagi tasavvurlarning takrorlanmas tizimi sifatida kechiriladigan nisbatan barqaror u yoki bu d

Доказательный фрагмент

«Insoniyat paydo bo‘lganidan buyon to hozirgi kungacha insonni o‘zi haqidagi masalalar qiziqtirib kelgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Insoniyat paydo bo‘lganidan buyon to hozirgi kungacha insonni o‘zi haqidagi masalalar qiziqtirib kelgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘zini anglash, идеальное «я», ideal Men, real, self-realization, реальное, dinamik Men, imaginary self, xayoliy Men, «Я-концепция», ideal self, «Men-konsepsiyasi», динамическое «я», "I-concept", dynamic self, воображаемое «я», самореализация
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4