The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
Актуальность повышения педагогических и психологических знаний молодых женщин нашей страны
MAMLAKATIMIZDA YOSH XOTIN-QIZLANING PEDAGOGIK VA · PSIXOLOGIK BILIMLARINI OSHIRISHNING DOLZARBLIGI · Tolliboev Dilshod Muxammadievich
Информатика и инженерные технологии · 2026
Аннотация
Muallif ushbu maqolada bugungi kunda jamiyatda yosh avlodni tarbiyalashda yosh ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlardan xabardor bo’lishining ahamiyati haqida fikr bildirgan. Kalit soʻzlar: Pedagogik bilim, psixologik bilim, psixologik savodxonlik, dunyoqarash. Bugun insoniyat XXI asrda ya’ni axborotlashgan asrda yashamoqda. Axborot oqimining tezligi shiddat bilan jadallashmoqda. Har narsaning yaxshi va yomon tomoni bo’lganidek, axborotlashgan asrning ham yaxshi va yomon tomoni mavjud. Yaxshi tomonlari hammamizga ma’lum, biz bugun maqolamizda axborotlashgan asrning yoshlar tarbiyasiga ko’rsatayorgan salbiy oqibatlari haqida fikrlashmoqchimiz. “Qush uyasida ko’rganini qiladi” degan maqol bugun o’z ahamiyatini birozgina yo’qotayotganday, chunki bugungi kunda oilaviy tarbiya yosh avlodning tarbiyasida asosiy kuch bo’lsada, farzandlarimiz tarbiyasiga tashqaridan turli xil ta’sirlar ham o’z kuchini ko’rsatadi. Bunday ta’sirlar qatoriga albatta jangarilikni vahshiylikni aks ettirgan internet o’yinlari, internetdagi tezkor yangiliklar, jangarilikni, fohishabozlikni aks ettirgan chet el kinolari, teleseriallar, kliplar kiradi. Bu esa o’z-o’zidan yosh avlodni tarbiyalashda bir muncha qiyinchiliklar tug’dirishi tabiiy. Shuning uchun, turmush qurayotgan, bo’lajak ota-onalarni, yosh ota-onalarni pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish bugunning eng ahamiyatli vazifalaridan biri deb hisoblaymiz. Chunki, bugungi kunning o’spirin yosh yigit-qizlari ertaga ota-ona, bu yosh ota-onalar farzand tarbiyasi va uni parvarishi haqida bilimlarga ega emasligi esa katta-katta muammolarga olib kelishi mumkin. Biz bilamizki hozirgi kunda oliy ma’lumotli, pedagogik psixologik bilimlar bilan qurollangan yosh yoki bo’lajak ota-onalardan, ma’lumoti o’rta yoki tugallanmagan yosh ota-onalar yoki bo’lajak ota-onalar soni bir necha baravar ortiqligi sir emas. Shunday ekan mana shunday dastur asosida oila qurish ostonasida bo’lgan yoshlarni va farzand kutayotgan ota-onalarni qisqa muddatli o’qishlarga jalb qilish zarur. Yosh va bo’lajak ota-onalarni qanday pedagogik bilimlar bilan qurollantirish haqida to’xtalib o’tamiz. Yosh ota-onalarning pedagogik bilimlarini oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: - sharq mutafakirlarining yosh avlod tarbiyasi haqidagi fikrlari bilan tanishtirish; - tarbiya metodlari haqida tushuncha berish. Ya’ni ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar, odatlantirish va mashq, rag’batlantirish va jazolash metodlaridan o’z o’rnida, to’g’ri foydalanish haqida ma’lumot berish; - tarbiya vositalari haqida ma’lumotlar berish, ya’ni yosh ota-ona tarbiya vositasi sifatida ertaklar, nasihatlar, hikoyalar, suhbatlardan foydalanishning ijobiy tomonlari, yoki har xil qo’l telefonlari, kompyuterlar, seriallardan foydalanishning salbiy tomonlari haqida ma’lumotlar berish; 346 - yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalash vazifasi turgan yosh ota-onalarga oilada farzand tarbiyalashda barcha tarbiya turlaridan unumli foydalanish haqida bilim berish, yani axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi, ekologik tarbiya, iqtisodiy tarbiya berish yo’llari haqida ma’lumot berish. - Shuning bilan birgalikda bolalarda taqlidchanlik ustun bo’lishini nazardan qochirmasdan, ota-onalar o’z farzandlariga na’muna ko’rsatishlari lozimligi haqida tushuncha berish albatta o’z samarasini beradi. Ota-onalarga mana shunday pedagogik bilimlarning berilishi, o’z amaliyotida bu bilimlardan oqilona foydalanish yosh avlodning barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida katta omil bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek pedagogik bilimlar bilan birgalida psixologik bilimlar ham farzand tarbiyalayotgan yosh ota-onalarga judayam zarurdir. Ota-onalarning psixologik bilimdonligini oshirishda quyidagi masalalarga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo’lar edi: - psixologik jarayonlar, holatlar va individual psixologik xususiyatlar haqida qisqacha ma’lumot berish; - rivojlanish psixologiyasi haqida ma’lumot berish orqali o’z farzandlarining psixologik tomondan rivojlanish darajalarini o’rganib borishadi; - har bir yosh davri haqida ma’lumotga ega bo’lish orqali bolaning rivojlanishi uchun senzitiv bo’lgan davrlarni befarqlik bilan o’tkazib yubormaslikka erishiladi. Masalan, bola rivojlanishining eng senzitiv davri bo’lgan ilk bolalik davrini (1- 3 yosh) ko’pgina psixologik bilimlardan xabari yo’q ota-onalar, faqatgina farzandini qornini to’ydirib, kiyintirsam bo’ldi qabilida ish tutib bemaqsad o’tkazib yuborishlari mumkin. Shuningdek, bolalikdan kattalikka o’tish davri bo’lgan o’smirlik davrida ham ba’zi ota-onalar farzandlarini to’g’ri tushunmasdan, ularga yomon munosabatda bo’lishi natijasida “inqiroz davri”ni o’smirlar qiyinchiliklar bilan o’tkazishi mumkin. - Shuningdek, farzandining qobiliyatlarini o’z vaqtida ko’rish uchun ham psixologik bilimdonlikning ahamiyati katta. Farzandidagi qiziqishlar, layoqatlar asosida shakllanib boradigan qobiliyatni ham ziyrak ota-ona tezda payqashi ham farzandining katta yutuqlarga erishishiga
Доказательный фрагмент
«Muallif ushbu maqolada bugungi kunda jamiyatda yosh avlodni tarbiyalashda yosh ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlardan xabardor bo’lishining ahamiyati haqida fikr bildirgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMuallif ushbu maqolada bugungi kunda jamiyatda yosh avlodni tarbiyalashda yosh ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlardan xabardor bo’lishining ahamiyati haqida fikr bildirgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pedagogik bilim, Pedagogical knowledge, психологическая грамотность, Педагогические знания, psixologik bilim, psychological literacy, dunyoqarash, psixologik savodxonlik, psychological knowledge, психологические знания, мировоззрение, outlook
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021