American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
Психологические особенности адаптации студентов в образовательных учреждениях
TA’LIM OLUVCHILARNI TA’LIM MUASSASALARIGA MOSLASHISHINI · PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Djumanov Sherali Zakirovich · Adamboyeva Ruxsora Botir qizi · O‘ktamqulova Shahzoda Oybek qizi
Информатика и инженерные технологии · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada o‘qituvchi faoliyatini shakllantirishda kommunikativ qobiliyatlarning roli va o‘rni yoritiladi. Maqoladan mutaxassislarning kommunikativ qobiliyatni shakllantirishni takomillashtirish muammosi bilan shug‘ullanuvchilar foydalanish mumkin. Kalit so‘zlar: O‘qituvchi shaxs, shakllantirish, kommunikativ qobiliyat, boshlang‘ich sinf, axborot, kommunikativ bilimdonlik, ta’lim-tarbiya, algaritim, ketma-ketlik, dolzarblik, ijtimoiy zaruratlik. Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, ilmiy tadqiqot jarayoni va uning yechimlarini izlash natijalari jamiyat taraqqiyoti rivojining asosini tashkil etadi, ya’ni ular orqali taraqqiyot sur’ati tezlashadi. Bunday taraqqiyot sur’atini esa umummilliy tadqiqotlar yordamida ta’minlash mumkin bo‘ladi, va ular xususiy ilmiy tadqiqotlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumilmiy tadqiqotlar inson aqliy faoliyatining ma’lum (aniq) maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, hodisa va narsalar o‘rtasidagi aloqadorlik hamda taraqqiyot qonuniyatlarini yaratishga mo‘ljallangan ijodkorlikdir. Bundan ko‘zlangan maqsad hodisa va jarayon to‘g‘risida yangi bilimga ega bo‘lish, uni takomillashtirish va ular asosida qo‘yilgan muammo bo‘yicha yangi metodologiya, texnika, texnologiyalar va shu kabilarni yaratishdan iboratdir. Jumladan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi global tendensiyalar pivojlangan demokpatik davlat va fuqarolik jamiyati bappo etish talablapiga mos ravishda oliy ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarni kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirish, ularda muloqot madaniyati, empatiya, notiqlik mahorati kabi kasbiy va shaxsiy sifatlarni rivojlantirishni taqozo etmoqda. Jamiyat rivojlangan sari undagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi shakllanib borgan va bu munosabatlar sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga bog‘liq ravishda o‘ziga xos xarakter kasb etadi. Bu jarayonning ahamiyatli belgilaridan biri shuki, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘qituvchi faoliyatigaham o‘z ta’sirini qo‘rsatadi. Shu sababli ham pedagogik faoliyatning mazmuni ko‘p jihatdan o‘qituvchining o‘ziga, ya’ni atrofdagilarga, o‘z-o‘ziga, umuman hayotga bo‘lgan munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, pedagogik faoliyatda kommunikativ munosabatlar, ularning xususiyatlari boshqalar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Pedagogik faoliyatda insonlar bilan munosabatlarni tashkil qilish, ularni 315 yuragiga yo‘l topa olish, ularda o‘ziga nisbatan moyillik uyg‘otish har bir pedagog uchun juda muhim. Bunday malakalar hayotdagi va kasbiy muvaffaqiyatlarning asosi hisoblanadi. Shu sababli ham mazkur maqolaga ta’lim oluvchilar shaxsini shakllantirishda kommunikativ muloqotlarning o‘rni va ahamiyatini yoritishni maqsad qilib oldik. Pedagogik faoliyatda ta’lim oluvchilarni muloqotga chaqirish, ushbu jarayonda to‘g‘ri yo‘l topa bilish, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga va muloqotga kirisha olish har bir o‘qituvchidan o‘zaro faol muloqotlarga tegishli ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishni talab etadi. Shuning bilan birga har bir o‘qituvchi o‘zini pedagogik faoliyatidagi muvoffaqiyati uchun muloqotga kirishish, shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etish, ta’lim oluvchilarni va insonlarni o‘z tarafdorlariga aylantirish, fikrini boshqalarga to‘g‘ri yetkaza olish, o‘zgalarni tushunish borasidagi psixologik bilim va malakalarga ega bo‘lishi o‘ta muhim hisoblanadi. Ta’lim beruvchi uchun pedagogik faoliyatdagi eng zarur sifatlardan biri – bu o‘z xatti-harakatlarini boshqarish bo‘lib, bu qobiliyat o‘qituvchiga turli xil vaziyat va sharoitlarda o‘zini qanday tutish, vaziyat talablaridan kelib chiqqan holda muloqotni tashkil qilish, suhbatdoshning individual psixologik xususiyatlarini bilib, vaziyatga to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish va natijada o‘z rejalashtirgan maqsadiga erishish imkonini beradi.Bu esa, ta’lim beruvchi o‘z hayotida kommunikativ bilimlardan, ayniqsa, pedagogik faoliyatda ta’lim oluvchilar bilan muloqotda qanchalik unumli foydalana olsa, shunchalik, pedagogik faoliyatni o‘zi uchun ma’qul tarzda tashkil etish imkoniga ega bo‘ladi, unga xulosaviy fikrni qayd etishga asos bo‘ladi. Har bir ta’lim oluvchi qanchalik o‘ziga xos, individual bo‘lmasin, baribir ta’lim oluvchilar psixologiyasi o‘rtasida o‘xshashlik, umumiylik mavjudki, bunday umumiyliklar ma’lum bir qonuniyatlarda o‘z ifodasini topadi. Tadqiqot usullari: Bular: avvalo, bemavrid gapirmaslik; ikkinchidan, lutf ila yumshoqlik bilan so‘zlash; uchinchidan, ochiq chehra bilan gapirib aftini burishtirmaslik; to‘rtinchidan, eshituvchiga malol kelmaydigan tarzda gapirish; beshinchidan, faqat foydali gaplarni gapirish; oltinchidan, o‘ylab, andisha bilan so‘zlash (o‘ylamay aytilgan gap pushaymonlik keltiradi). yettinchidan, kishilar gapirayotganda oraga gap qo‘shmaslik, so‘zini bo‘lmaslik; sakkizinchidan, ko‘p gapirmaslik, zero bu fozillik belgisidir. Insonning borliq bilan hamkorlik harakatlari tizimi shaxslararo munosabatlarda, ijtimoiy
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘qituvchi faoliyatini shakllantirishda kommunikativ qobiliyatlarning roli va o‘rni yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘qituvchi faoliyatini shakllantirishda kommunikativ qobiliyatlarning roli va o‘rni yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kommunikativ qobiliyat, education, information, ijtimoiy zaruratlik, The teacher's personality, O‘qituvchi shaxs, коммуникативные навыки, dolzarblik, Личность учителя, social necessity, последовательность, актуальность, communication skills, kommunikativ bilimdonlik, социальная необходимость, образование, sequence, relevance, elementary school, начальная школа, shakllantirish, информация, ketma-ketlik, algaritim, алгоритм, algorithm, axborot, communicative skills, boshlang‘ich sinf, formation, ta’lim-tarbiya
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021