МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
Qayg‘usiz abdolning qayg‘ulari
QAYG‘USIZ ABDOLNING QAYG‘ULARI · Safartosheva Shalola Aktam qizi
Информатика и инженерные технологии · 2022
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek kitobxonlari hali tanishib ulgurmagan Turk tasavvuf adabiyotining yirik vakili Qayg‘usiz Abdolning hayoti va ijodi haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Uning asarlaridagi asosiy mazmun-mohiyat to‘g‘risida so‘z ketgan va parchalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Tasavvuf, Qayg‘usiz Abdol, Abdol Muso, “abdol” atamasi haqida, Qayg‘usiz Abdolning nasriy asarlari, nazmiy asarlari, nasr-nazm shaklidagi asarlari. Inson va uning o‘zligini tanish masalasi necha zamonlar kechsa ham muhimliligini yo‘qotmaydi. Buni anglash va o‘rganish yo‘lida esa bir qancha ta’limotlar yuzaga kelgan. Tasavvuf ham birlik va borliq, yashash anglami, nafsni tarbiyalash kabi masalalarni qamrab olib, VIII asrninng o‘rtalarida paydo bo‘lgan, o‘zining tadrijiy taraqqiyotiga, keng maydoniga ega ta’limotdir. Rus adabiyotshunosi E.Bertels o‘tgan asrning boshidayoq bu haqida qayd etgan edi: ”Tasavvuf adabiyotini o‘rganmasdan turib, o‘rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin emas. Bu adabiyotdan xabardor bo‘lmasdan Sharqning o‘zini ham 605 anglash qiyin”. Shunday ekan, tasavvufchi allomalar ijodini o‘rganish, chuqur anglash ham insonning o‘zligini tanish yo‘lidagi bir odim hisoblanadi. Hali o‘zbek kitobxonlarining ko‘pchiligi tanib ulgurmagan Qayg‘usiz Abdol ham mana shunday turk tasavvuf vakillaridan biri. Turk mutasavvufchi olimi Abdurahmon Go‘zal va boshqa ko‘plab olimlar tomonidan uning hayoti va ijodi batafsil o‘rganilgan, tadqiq qilingan. Qayg‘usiz Abdolning (1341-1444) asl ismi Alovuddin G‘aybiy bo‘lib, Abdol Musoning Janubiy Ozarbayjondan, Xoy shahridan birgalikda kelgan darveshlardan biri. Otasi Husamiddin Mahmud bo‘lganligi aytiladi. Hayoti haqidagi ma’lumotlar o‘limidan taxminan bir yarim asrdan so‘ng ba’zi tarixiy hikoyalarda uchraydi. Nasl- nasabiga ko'ra u bekning o'g'li edi. Lekin u moddiy boyliklarning, hashamatli ko‘rkam hayotning o‘rniga darveshlikni tanlaydi. Uning ustozi XIV asrda yashagan Ahmad Yassaviy darveshlaridan biri, turk eranlaridan bo‘lgan Abdol Muso edi. Shu o‘rinda “abdol” so‘ziga to‘xtalsak, bu tushunchaning tarixi hijriy taqvimiga ko‘ra miloddan avvalgi III asrga borib taqaladi. Arabchada “badal” va “bedil” bilan, forschada esa “abdalan” so‘zlari bilan ma’nodosh hisoblanadi. Turk tasavvufida manaviyati jihatdan old qatorda turgan kishilarni ta’riflash maqsadida ishlatilgan tushunchadir. Bu so‘z Turk tasavvufidan tashqari, Islomdan avval zamonlaridagi Shomonizm e’tiqodida ham uchraydi. Oldindan Ko‘k Tangri(Yaratuvchi) bilan aloqa quruvchilarga “qam” deyilgan. Bu tushuncha o‘rnini zamonlar o‘tgach “abdol” atamasi egallagan. Islom diniy ta’limotidagi ba’zi mazhablarda “abdol” so‘zi ishlatiladi, ba’zilarida esa yo‘q. Abdol deya ta’riflangan kimsa, dunyo ishlarini tamoman unutib, bor diqqatini Allohga yo‘naltirgan bo‘ladi. Bu martabaga erishgan kishilar haqiqatning, to‘g‘rining soyasi kabi uning izidan qolmaydi. Turk tili lug‘atida ”abdol” so‘zining ba’zi ma’nolari quyidagicha ochiqlanadi: - sayohatchi, darvesh; - qiyofati parishon, tilanchi ko‘rinishdagi kishi; - saffaviylar davrida Eron chegaralarida yashagan turk urug‘laridan biri; - Anado‘lida yashagan ba’zi urug‘larga berilgan nom; - tasavvufda manaviy jihatdan eng ust daraja. Qayg‘usiz Abdolning hayoti va sayohatlari haqida aniq manbalar deyarli yo‘q. Unga tegishli ma’lumotlar afsonaviy hikoyalarda va o‘zining asarlarida uchryadi. Asarlarida u ko'p joylarga sayohat qilgani aytiladi. Hayotiga oid maʼlumotlarning aksariyati Bektoshiylik afsonalariga asoslangan. Bu rivoyatlarning eng mashhuri uning Abdol Musoga bog‘lanishi haqidagi hikoyadir: Alanya (Antalya) bekining o‘g‘li G‘aybiy ov paytida otgan o‘qi bilan kiyikni qo‘ltiq qismidan jarohatlaydi. Yaralangan kiyik qochadi, G‘aybiy uning orqasidan yuguradi. Kiyik Abdol Musoning uyiga kiradi, uning ortidan kelgan G‘aybiy darveshlardan kiyik haqida so‘raydi. Darveshlar buni ko'rmaganliklarini aytishadi. Bahs boshlanadi. Abdol Muso voqeaga aralashib, qo‘ltiq ostidagi qonli o‘qni chiqarib, G‘aybiyga uzatadi. G‘aybiy o‘zining o‘qini taniydi va bu voqeadan qattiq ta’sirlanib Musoga ixlos qo‘yadi va unga murid bo‘ladi. Haq yo‘liga chiqqan Qayg‘usiz o‘ziga pir topadi va unga qirq yillar atrofida murshidlik qiladi. Aruz va barmoq(bo‘g‘inli tizim) vaznida she’rlar bitgan Qayg‘usiz Abdolning nasrda yozilgan asarlari ham talaygina. Uning aruzda yozilgan she’rlari “Devon”ga jamlangan. Aksariyat she’rlarida “Qayg‘usiz” taxallusini qo‘llagan shoir ba’zi 606 o‘rinlarda “Saroyiy” va “G‘aybiy” nomlarini ham qo‘llaydi. Qayg‘usiz nomini olgan boshqa shoirlarning ham borligi uning ayrim asarlari boshqa Qayg‘usizga tegishli bo‘lishi mumkin degan shubhani ham uyg‘otadi. U o‘z asarlaridan birida 1397-1398- yillarda tug‘ilganini aytadi. Uning asarlaridan ma'lum bo'lishicha, XIV asrda yashagan shoir Anado‘lu va Rum elining koʻp joylarini kezib, yaxshi taʼlim olgan. Barmoq vaznidagi she’rlarida va nasriy asarlarida go‘zal turk tildan foydalangan. Ijodida tasavvufga oid sheʼrlari bilan b
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek kitobxonlari hali tanishib ulgurmagan Turk tasavvuf adabiyotining yirik vakili Qayg‘usiz Abdolning hayoti va ijodi haqida atroflicha ma’lumot berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek kitobxonlari hali tanishib ulgurmagan Turk tasavvuf adabiyotining yirik vakili Qayg‘usiz Abdolning hayoti va ijodi haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- о термине «абдол», nasr-nazm shaklidagi asarlari, Sufism, about the term "abdol", Абдол Муса, prose works, Abdol Musa, nazmiy asarlari, Tasavvuf, Abdol Muso, Qayg‘usiz Abdol, поэтические произведения, прозаические произведения Беспечного Абдула, прозаические произведения, Qayg‘usiz Abdolning nasriy asarlari, prose-verse works of Careless Abdol, “abdol” atamasi haqida, Суфизм, Careless Abdol, poetic works, Беспечный Абдул
Смежные источники
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИЛутвия Сулейман кызы Аскерзаде2022
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИСувонова Джумагуль Рашидовна2022
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024