Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda keys texnologiyasidan foydalanish
O‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI · SHAKLLANTIRISHDA KEYS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH · Mingboyev Ulug‘bek Xujayevich
Информатика и инженерные технологии · 7 · 2002
Аннотация
Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fani dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini Keys texnologiyasidan foydalanib shakllantirish va mavzular bo‘yicha keyslardan namunalar keltirilgan. Kalit so‘zlar. Kommunikativ kompetensiya, Keys texnologiyasi, tarmoq, Post Ofice Protocol, IP manzil, elektron pochta. Xalqaro ilg‘or tajribalarga asosan, AQSh, Angliya, Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarida kasb- hunar ta’limi jarayonini kompetentli yondashuv asosida loyihalashni amalga oshirishning ilmiy asoslangan metodik tizimini yaratish borasida salmoqli amaliy natijalarga erishilgan. Shunga ko‘ra, raqobatbardosh va malakali bitiruvchilarni tayyorlashda amaldagi ta’lim paradigmasini o‘zgartirish va o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan o‘quvchilarning kelajakdagi faoliyatlarida kasbiy muammolarga yechim topish va amalga tatbiq etishda axborot texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari muhim o‘rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan faol ijodiy fikrlovchi, izlanuvchan, kerakli axborotlarni mustaqil ravishda izlab topuvchi va ularni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llay oluvchi mutaxassislarni tayyorlash tizimini samarali tashkil etishda axborot ta’lim muhitida ularning kommunikativ kompetensiyalariga alohida e’tibor qaratish zarur hisoblanadi. Mamlakatimizda zamonaviy talablar asosida ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan tub islohotlar natijasida kasb-hunar maktablari faoliyati yo‘nalishlari qamrovi kengaytirildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan “...mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor 590 vazifasining ijrosini ta’minlash maqsadida kasb-hunar maktablari bitiruvchilarida muhim kompetensiyalarni shakllantirishni interfaol o‘qitish metodlari asosida yanada jadallashtirish zaruriyati yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa, kasb-hunar maktablari bitiruvchilarida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishning amaldagi metodik tizimini va o‘quv-uslubiy ta’minotini innovasion yondashuvlar asosida takomillashtirish hamda o‘zlashtirish natijalarini obyektiv baholash mexanizmlarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Shunday ekan o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kasbiy faoliyatida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarga tayyorlash va o‘qitish tizimini zamon bilan hamnafas shaklda tashkil etish dars jarayonini yangicha usul hamda texnologiyalar asosida tashkil etish kerkligini ko‘rsatadi. Buning yechimi sifatida quyida informatika va axborot texnologiyalar fanini o‘qitishda “Keys texnologiyasi” asosida tashkil etish va keyslardan namunalar keltiramiz. 1-Mavzu: Elektron pochta (ye-mail va u bilan ishlash asoslari). 1- KEYS TOPShIRIG‘I Keys bayoni Elektron aloqa tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga o‘xshaydi. Haqiqatdan ham e – mail orqali xat jo‘natishda, siz oddiy xatdagidek satrlarni to‘ldirasiz, ya’ni, yuboriladigan manzil yoziladi (faqat barcha nomlar va manzillar elektron holda bo‘ladi). Siz xatni “nusxalash” orqali bir necha manzillarga jo‘natishingiz, hatto xatga faylni “qo‘shib” yuborishingiz mumkin va hokazo. Elektron xatni jo‘natishdagi ishlar ham oddiy xatni jo‘natishga o‘xshaydi. Siz aloqa serveri (odatda Post Ofice Protocol) bilan bog‘lanib, xatni “aloqa bo‘limiga olib borasiz”. Keyin aloqa serveri xatni manzillar serveriga uzatadi, u yerdan manzili ko‘rsatilgan kishi xatni “olib ketishi” mumkin. Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma’lumotlar: matn, chizma, sxema, diagramma, rasm, jadval, musiqa va boshqalarni uzatish mumkin. Ma’lumotlar ko‘rsatilgan manzilga bir zumda yetkaziladi. Ma’lumot oluvchi bo‘lmagan vaqtda aloqa qutisiga ma’lumotni qayta-qayta uzatish va saqlash imkoniyati mavjud. Alqarov Abror mail.ru elektron pochta orqali Baxmal tuman 2-son kasb-hunar maktabi “Raqamli axbarotlarni qayta ishlash ustasi” guruhida tahsil olayotgan do‘sti Xujayev Lazizga veb sahifa yaratish yo‘riqnoma faylini yubormoqchi bo‘ldi, lekin bir necha marta urinishiga qaramasdan u faylni jo‘nata olmadi. Keys savoli Nima sababdan Alqarov Abror veb sahifa yaratish yo‘riqnoma faylini bir necha marta urinishga qaramasdan do‘sti Xujayev Lazizning elektron pochtasiga jo‘nata olmadi? O‘quvchilar uchun ko‘rsatma: 1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oladi. 2. Mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlaringizni tizimlashtiring. 3. Elektron pochta bilan ishlashda kommunikativ kompetesiyalarga tayangan holda muammoning sababini toping. 4. Yechimni bayon eting. Keysni yechish jarayoni: 1. O‘quvchi keys mohiyatini yetarlicha anglab oladi. 591 2. O‘quvchi mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarni tizimlashtiradi. 3. Elektron pochta bilan ishlashda kommunikativ kompetesiyalarga tayangan holda muammoning sababini topadi. 4. Yechimni bayon etadi. O‘qituvchining yechimi O‘quvchining voqea yuzasid
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fani dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini Keys texnologiyasidan foydalanib shakllantirish va mavzular bo‘yicha keyslardan namunala…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fani dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini Keys texnologiyasidan foydalanib shakllantirish va mavzular bo‘yicha keyslardan namunala… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- сеть, elektron pochta, email, Почта Офисный протокол, tarmoq, электронная почта, Коммуникативная компетентность, Kommunikativ kompetensiya, Communicative competence, Keys texnologiyasi, Post Office Protocol, IP address, Post Ofice Protocol, Кейс-технология, network, Case technology, IP manzil, IP-адрес
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026