К содержанию
РецензированоRU2023

ИСТОРИЯ МАВЗОЛЕЯ СУЛТАНА МИР ХАЙДАРА

Oripov Shohjahon Furqat oʻgʻli · Tongatarov Mirjalol Shermurod oʻgʻli

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, the history of the origin of the mausoleum of Sultan Mir Haydar, located in Kashkadarya region, is revealed, and the history of Sultan Mir Haydar is also covered. In particular, information is provided about the cisterns there, as well as the mausoleum, the shrine, and the minaret. Keywords: Kashqadarya, Kasbi, Sultan Mir Haydar, mausoleum, mosque, chillahona, Great Silk Road, Qur'an, Balkh, family tree, «Oli Imran», imam, fiqh, ijma, hadiths. ИСТОРИЯ МАВЗОЛЕЯ СУЛТАНА МИР ХАЙДАРА Аннотация. В данной статье раскрыта история происхождения мавзолея Султана Мир Хайдара, расположенного в Кашкадарьинской области, а также освещена история Султана Мир Хайдара. В частности, представлена информация о находящихся там цистернах, а также мавзолее, святыне и минарете. Ключевое слово: Кашкадарья, Касби, Султан Мир Хайдар, мавзолей, мечеть, Чиллахона, Великий шелковый путь, Коран, Балх, родословная, «Оли Имран», имам, фикх, иджма, хадисы. Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (15—16-asrlar). Yodgorlik majmuasi Sulton Mir Haydar maqbarasi, uch gumbazli qilib qurilgan mavzoley, chillaxona, Said Mir Moʻmin Samarqandiy maqbarasi, ayvon, minora, qishki va yozgi masjidlar shaxs bilan bogʻliq. Sulton Mir Haydar majmuasi Kasbi shahristoni xarobalarining gʻarbiy qismida joylashgan. U janubdan shimolga qarab 100-120 metr uzunlikka choʻzilgan maydonni egallab olgan. Majmua ikki tomondan qabristonlar bilan oʻralgan. Shu sababli atrofi devor bilan oʻrab olingan. Majmua ikki qismdan tarkib topgan. Sulton Mirhaydar majmuasi Kasbi shahristoni harobalarining gʻarbiy qismida joylashgan. U janubdan shimolga qarab 100-120 metr uzunlikka choʻzilgan maydonni egallab olgan. Majmua ikki tomondan qabristonlar bilan oʻralgan. Shu sababli atrofi devor bilan oʻrab olingan. Majmua ikki qismdan tarkib topgan. [1] 6 10 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Sulton Mir Haydar maqbarasi Amir Temur tomonidan barpo etilgan. Majmua (maydoni 90 x 40 metr) yopiq va yarim ochiq binolar, 3 hovlidan iborat. Keng sahnli janubiy hovlidan qator ustunli masjidga (16-asrda bunyod etilgan) kirib, undan oʻrtadagi hovliga oʻtiladi. Hovlining shimoliy va sharqiy tomonidan qadimiy maqbaralar, janubiy va gʻarbiy tomonida ayvon (16-asr) joylashgan. Ayvon (maydoni 11,6 x 6,6 metr) ning gʻarbiy devori yoqalab oʻtgan yoʻl shimoliy hovliga olib boradi. Hovlida 14—16-asrlarga oid marmar sagʻanalar mavjud. Maqbara jami 3 ta xonadan iborat. Xonalar chor qirrali taxmon va ravoqlarga ajratilgan. Devorlaridagi kichik mehrobi 3 tokcha oraligʻida chiroqlar uchun tutun yoʻli ishlangan. Ravoqlarning burchak bagʻallari mayda muqarnaslar bilan bezatilgan. Birinchi maqbara (maydoni 3,3 x 3,3 metr) da Said amir Shamsiddinbek alhoji Haydar sagʻanasi saqlangan. Sagʻana toʻq kulrang tusli marmardan ishlangan. Unda hijriy 897-yil (milodiy 1491-yil) sanasi qayd etilgan. Ikkinchi maqbara (maydoni 5 x 5 metr) da shaxsi nomaʼlum boʻlgan insonlarga tegishli 3 ta sagʻana bor.[2] Bu sagʻanalardan birinchisi Amir Temur davrida, ikkinchisi Shayboniyxon avlodi Abdullaxon II davrida qoʻyilgan. Maqbara gumbazli, burchaklariga 5 qirrali gʻishtin muqarnaslar terilgan. Oʻrtadagi hovlining sharqiy tomonida alohida qurilgan Axliboy maqbarasi (maydoni 4,4 x 4,4 metr) ham 14-asrga oid deb taxminan qilinadi. Masjidda namozgoh (maydoni 20 x 9,6 metr) janubdan maqbara bostirmasiga tutashgan. Undagi bezaklar 13—19-asrlarga oiddir. Masjidning oʻrta qismi keng qator ustunli, bosh tarzi yassi peshtoqli, pastak gumbazli qalqonsimon bagʻallarga tayangan. Devoridagi tokcha burchaklari ravoqli, qirrali qilib bezatilgan. Masjid oldidagi minora (balandligi 8,5 metr) eski binolari gʻishtidan qurilgan (19 asr oxiri — 20-asr boshlari), koʻrinishi pastdan yuqoriga qarab ingichkalashib borgan, tepasi mezanali qilib bunyod etilgan. [3] Lekin unga ishlatilgan gʻishtlar 13-asrga tegishli boʻlib, Kasbi shahristonidagi boshqa inshootdan olingan. Pastki qismi bir necha bor taʼmirlangan. Sulton Mirhaydar majmuasi Qashqadaryo viloyati madniy meros boshqarmasi tasarrufiga olingan. Sulton Mir Haydar yodgorlik majmuasining yonidagi katta tepalikning oʻrnida boʻlgan. Shahar hududidan Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. Shuning uchun tarixning shahodat berishicha Kasbi shahri eng obod va boy 6 11 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ shahar boʻlib “Shahri Misr” deb atalgan. Shaharda ilm-fan bilan birgalikda xalq milliy hunarmandchiligi rivojlangan va hozirgi kunga qadar bu anʼana saqlanib qolgan. Hozirgi kunda ham Kasbi qishlogʻida kulollar, qandolatchilar, holvapazlar, chilangarlar, temirchilar, kashtadoʻz va zardoʻzlar yashab mehnat qilib kelmoqdalar. [4] Buyuk ipak yoʻli ustida joylashgan shahar boʻlganligi uchun bu yerda oʻnlab karvonsaroylar, sardobalar boʻlgan. Majmuada Sulton Mir Haydar hamda Said Mir Moʻmin Samarqandiy

Доказательный фрагмент

«In this article, the history of the origin of the mausoleum of Sultan Mir Haydar, located in Kashkadarya region, is revealed, and the history of Sultan Mir Haydar is also covered.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the history of the origin of the mausoleum of Sultan Mir Haydar, located in Kashkadarya region, is revealed, and the history of Sultan Mir Haydar is also covered. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kashqadarya, Kasbi, Sultan Mir Haydar, mausoleum, mosque, chillahona, Qashqadaryo, Kasbi, Kashqadarya, Kasbi, Кашкадарья, Касби
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники