The American Journal of Social Science and Education InnovationsJour nal Website:2021
Imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga moslashtirishda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI JAMIYATGA · MOSLASHTIRISHDA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISHNING O‘ZIGA · XOS XUSUSIYATLARI · s.f.n. Hakimov Orziqul Melievich
Информатика и инженерные технологии · 2001
Аннотация
Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari ularning jamiyatga moslashish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari va amaliy jihatlari yoritilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan muloqotga kirishish, ularni ham sog‘lom insonlar qatorida imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijtimoiy ish va sotsiologiya mutaxasislariga zaruriy va ilmiy tavsiyalar berilgan. Bu maqolada bugungi kunda ijtimoiy hayotda dolzarb hisoblangan imkoniyati cheklangan bolalar hayotini yaxshilashga, ularning jamiyatda faol o‘zini namoyon qilish borasidagi asosiy echimlar ko‘rsatib berilgan. Ilmiy maqolada qayd etib o‘tganki, imkoniyati cheklangan bolalarni sog‘lom hayotga qaytarish, ular bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari va 408 samarali yo‘nalishlari ochib berilgan. Ayniqsa, bu turdagi bolalar xuquqlarini himoya qilish ular bilan muomala qilish jarayonlari hususida zaruriy tavsiyalar berib o‘tgan. Kalit so‘zlar: Imkoniyati cheklangan, nogiron, ruhiy holat, ichki hissiyot, muloqot qilish, samimiy, ma’naviy olam, mehr-oqibat. Kirish. Dunyoda aholining demografik holatiga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar sonining o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmoqda, bunda jahondagi aholining 15 % nogironligi bo‘lgan insonlar tashkil etib, shundan 100 milliondan ortig‘i bolalar hisoblanadi [1]. Darhaqiqat, nogironligi bo‘lgan bolalarning ko‘payishi esa har bir davlatning istiqboliga xavf solib, bolalarni ijtimoiy himoya qilishga oid davlat siyosatini amalga oshirishga sabab bo‘ladi. Bunda inklyuziv jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi nogironlikni inson huquqlarining sub’ekti sifatida tan olinishi, ularga nisbatan ijtimoiy yondashuvni qo‘llash, ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan tendensiyalarni yanada rivojlantirishni taqozo etadi. “Jahonning yirik ilmiy markazlarida nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash yo‘nalishida bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada, nogironligi bo‘lgan shaxslar hayot sifatini oshirishga qaratilgan baholash mezonlarini ishlab chiqish, nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiyaga barham berish, jamiyatda ularga nisbatan yuzaga keladigan noqulayliklarni kamaytirish, mahsulot va xizmatlarning qulayligini ta’minlash, teng huquqlilik siyosatini olib borish, oila qurish huquqini ta’minlash, ularni davolash, inklyuziv ta’lim berish orqali jamiyatga uyg‘unlashtirish va ijtimoiy himoya qilishda kompleks yondashuv zarurati ilgari surilmoqda”[2]. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng har bir sohada islohotlar amalga oshirildi. SHuningdek, sohalarni rivojlantirish bilan birgalikda eng asosiy e’tibor inson manfaatlarini taminlash, ularning xohish istaklari, eng yuksak orzulari, ko‘zlagan maqsadlariga erishishga, har tomonlama qulayliklar yaratish istagi eng oldingi maqsad sifatida qo‘yildi. Ayniqsa kam ta’minlangan oilalarga har tomonlama yordam berish, nogironlarni ham o‘ziga xos ijtimoiy himoya qilish masalalariga jiddiy e’tibor berila boshlandi, hamda bu ishlar samarasi va davomiyligi bugungi kungacha og‘ishmay amalga oshirilayotganligi diqqatga sazovordir. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Sotsiologiyaning klassik nomoyondasi E.Dyurkgeym atamalar lug‘atida ijtimoiy moslashuv tushunchasini quyidagicha ta’riflaydi, “ijtimoiy moslashuv bu - individ tomonidan ijtimoiy me’yorlarning o‘zlashtirilishidir. Individning moslashuvi va jamiyatning moslashuvi sifat va miqdoran yagona jarayon bo‘lib, “moslashuv” va “ijtimoiylashuv” tushunchalari esa – sinonimlardir. Biroq jamiyatning me’yoriy modeliideal darajada emas. Pozitivizm konsepsiya ijtimoiy moslashuv nazariyasini ochib berish uchun zarur, biroq etarli bo‘la olmaydigan metodologik asos sifatida talqin etiladi”[3].M.Veber bir vaqtning o‘zida bir qancha o‘zaro bir-birini inkor etuvchi me’yorlar hambo‘lishi ehtimoli mavjudligini ta’kidlagan [4]. Ushbu yondashuv individning shakllanishida me’yorning ahamiyati hamda me’yorning shakllanishida individning rolini ko‘rsatadi. SHunday qilib, nisbatan moslashgan inson “me’yoriy” emas, aksincha “ratsional“, garchi “me’yoriy” inson etarlicha “ratsional” bo‘ladi. M.Veber insonning birlamchi (ehtimol nisbiydir), jamiyatning esa ikkilamchiligiga ishora qiladi, bu esa ijtimoiy moslashuvni tushunishimiz uchun juda muhimdir. 409 T.Parsoncning ijtimoiy moslashuv borasidagi qarashlari ham qiziqarli. Uning “muvozanatdagi jamiyat” konsepsiyasi individning mazkur muhitda ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan muhim ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtirishi davomida kechadigan individ hamdaijtimoiy muhit ehtiyojlari orasidagi muvozanatga bag‘ishlangan. Muvozanat bor ekan –jamiyat barqaror, muvozanat bo‘lmasa – ijtimoiy nizo sodir bo‘ladi. Jamiyatning muhim vazifasi – ushbu muvozanatga intilish, garchi T.Parsoncning fikricha, absolyut muvozanatganerishib bo‘lmaydi. Individning ehtiyojlari va ijtimoiy me’yorlar – dinamik qiymat bo‘lib, ularning mos kelishi kutilmaganda va faqat qisqa muddatgagina sodir bo‘lishi mumkin. T.Parsons “moslashuv” va “ijtimoiy muhit” atamalaridan foy
Доказательный фрагмент
«Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari ularning jamiyatga moslashish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari va amaliy jihatlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan ijtimoiy ish olib borish yo‘llari ularning jamiyatga moslashish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari va amaliy jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ichki hissiyo, inner feeling, disabled, sincere, kindness, Ограниченные возможности, инвалид, nogiron, Imkoniyati cheklangan, психическое состояние, общение, доброта, mehr-oqibat, mental state, communication, ruhiy holat, искренний, muloqot qilish, духовный мир, внутреннее ощущение, ma’naviy olam, spiritual world, Limited capacity, samimiy
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsYunus Ortikovich Kholikov, And Information Technology +22021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Karimov Husan Muminbekovich, Jour nal Website:2021
Обзор законодательства УзбекистанаA Эранов2018