К содержанию
РецензированоRU2019

Значение цифровизации в повышении экономического потенциала промышленных предприятий

to‘g‘risida”gi PF--son Farmoni. · SANOAT KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATINI · OSHIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI · Madaminova Gulmira Ikromaliyevna · Omonov Jasur Sayfulla oʻgʻli

Информатика и инженерные технологии · 2019

Аннотация

Maqolada iqtisodiyotini yuksaltirishda sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirishda raqamlashtirishning ahamiyati haqida bayon etilgan. Kalit soʻzlar. Iqtisodiyot,raqamlashtirish,yalpi ichki mahsulot, moliya, resurs, axborot texnologiyasi. Davlatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirish g'oyat muhim ahamiyatga egadir. Chunki, sanoat tarmog'i rivoji orqali mamlakatning barcha tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan, shuningdek fan-tehnikaning barcha yutuqlaridan unumli foydalanish imkoniyati yuzaga keladi. Sanoatni raqamlashtirish esa ushbu jarayonda muhim ahamiyatga ega bo’lib, mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Dunyo hamjamiyatida raqamlashtirish darajasiga ko’ra korxonalarning nominal yalpi ichki 117 mahsulotiga qo’shgan hissasining yillar davomidagi o’zgarish tendensiyasidan ham ushbu jarayon global miqyosdagi maqsadga aylanganini ko’rish mumkin. Ya’ni, 2018 yilda raqamlashtirilgan korxonalar tomonidan 13.5 trillion AQSH dollari miqdorida moddiy va nomoddiy ne’matlar yaratilgan bo’lsa, axborot texnologiyalaridan foydalanmaydigan korxonalar 67.7 trillion AQSH dollariga teng mahsulotlar yaratgan. 2022 yilda esa bu ko’rsatkichlar mos ravishda 44.6 trillion AQSH dollari (raqamlashtirilgan korxonalar) va 52.3 trillion AQSH dollari ga teng bo’lgan miqdorlarni tashkil etdi. Shuningdek, 2018 yilga taqqoslanganda, 2022 yilda raqamli korxonalar yaratgan mahsulotlar qiymati 31.1 trillion AQSH dollari miqdoridagi o’sish tendensiyasini ko’rsatdi [1]. Mamlakatimizda ham bu borada zaruriy ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"ning, "Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash" yo'nalishi doirasida raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish, iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026 yil yakuniga qadar 70 foizgacha oshirish maqsadlari qo’yilgan [2]. Tarixdan ma’lumki hozirgi vaqtga qadar 4 ta sanoat inqilobi yuz bergan va ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega (1-rasm). Ushbu inqiloblarning zamirida turli kashfiyotlarning yaratilishi va buning natijasida ishlab chiqarish jarayoni samaradorligining sezilarli ravishda oshishi yotadi. 1-rasm. Hozirgi vaqtgacha yuz bergan sanoat inqiloblari va ularning xususiyatlari Manba: muallif tomonidan shakllantirilgan Sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirishda Sanoat 4.0 konsepsiyasining o’rni juda muhimdir. Ushbu atamadan Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF) ijrochi raisi Klaus Martin Shvab tomonidan 2016-yilda bo’lib o’tgan forumda 118 foydalanilgan va ommalashtirilgan[3]. Ushbu konsepsiyaning mohiyati esa avtomatlashtirishning yuksalishi va aqlli mashinalar yordamida ishlab chiqarish jarayoni yuz beradigan aqlli korxonalarning yaratilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu korxonalarda ishlab chiqarish kiber jismoniy tizimlar yordamida boshqariladi, bu esa o’z navbatida jarayonning samaradorligi va unumdorligini oshiradi. Moslashuvchanlik yaxshilanadi, shuning uchun ishlab chiqaruvchilar ommaviy sozlash yordamida mijozlar talablarini yanada yaxshiroq qondirishlari mumkin bo’ladi. Bunda global ishlab chiqarish va ta'minot tarmog'ining zamonaviy aqlli texnologiyalar, kata ma’lumotlar bazasi (Big Data), sun’iy intellect (AI), keng ko'lamli mashinadan mashinaga modeli (M2M), buyumlar interneti (IoT), “bulutli” hisoblash (Cloud computing) va boshqa texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarish amaliyotlarini doimiy avtomatlashtirish orqali tub o'zgarishlar ro'y bermoqda.. Ushbu integratsiya avtomatlashtirishni oshirishga, aloqa va o'z-o'zini nazorat qilishni yaxshilashga, shuningdek, inson aralashuvisiz muammolarni tahlil qilish va tashxislash imkonini beradigan aqlli sanoatni yuzaga keltiradi. Sanoat 4.0 nafaqat ishlab chiqarish jarayonini, balki sanoatda boshqaruv, yetkazib berish jarayoni hamda marketing tadqiqotlarining raqamlashishini ham o’z ichiga oladi. Sanoatni raqamlashtirish “aqlli” korxonalarga mijozlarning talabiga to’la mos keladigan mahsulotlar yaratishga imkon beradi. Bu konsepsiyaning ijobiy jihatlaridan biridir. Lekin, raqamlashishning salbiy jihati ham mavjuddir. Bunday korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni deyarli inson aralashuvisiz amalga oshiriladi. Bu esa ishsizlik darajasining oshishiga olib keladi. Bu holda mamlakatlar mehnat resurslarining malakasini oshirishi, ularni zamon talabiga javob beradigan kasblarga yo’naltirishi darkor. Ammo ushbu jihatlar raqamlashtirishning ahamiyatini kamaytirmaydi. Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish kerakki, sanoat korxonalarini raqamlashtirish uchun eng avvalo raqamli infratuzilmani yaratish, O’zbekiston Respublikasi hududini yuqori darajadagi global internet tarmog’iga ulanish imkoniyatlarini

Доказательный фрагмент

«Maqolada iqtisodiyotini yuksaltirishda sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirishda raqamlashtirishning ahamiyati haqida bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada iqtisodiyotini yuksaltirishda sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirishda raqamlashtirishning ahamiyati haqida bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
resources, Экономика, gross domestic produc, информационные технологии, raqamlashtirish, information technology, digitization, moliya, ресурсы, Economy, валовой внутренний продукт, finance, yalpi ichki mahsulot, resurs, цифровизация, финансы, Iqtisodiyot, axborot texnologiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники