Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference TEKSTIL SOXASIDA RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISH Ikramova Nodira Burkhon kizi
MANAGEMENT AND ECONOMY · Ikramova Nodira Burkhon kizi
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются вопросы повышения конкурентоспособности текстильной промышленности Узбекистана. Проанализированы мировые тенденции, внедрение инновационных технологий, диверсификация продукции, создание бренда и стратегии расширения экспортного потенциала. В качестве методологического подхода использованы системный анализ, изучение международного опыта и экономико-статистические методы. На основе результатов определены приоритетные направления повышения конкурентоспособности. Ключевые слова: текстильная промышленность, конкурентоспособность, инновации, экспорт, бренд, международные стандарты. Annotation. This article explores the issues of enhancing the competitiveness of Uzbekistan’s textile industry. It analyzes global market trends, the introduction of innovative technologies, product diversification, brand development, and strategies for expanding export potential. Methodological approaches include system analysis, examination of international experience, and economic-statistical methods. Based on the findings, priority directions for improving competitiveness have been identified. Keywords: textile industry, competitiveness, innovation, export, brand, international standards. Global iqtisodiyotda tekstil sanoati nafaqat iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi yirik tarmoq, balki eksport salohiyati, bandlik darajasi va yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi strategik yo‘nalish sifatida 57 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference e’tirof etiladi. So‘nggi yillarda xalqaro tekstil bozorida raqobatning keskinlashuvi, texnologik yangiliklarning tez joriy etilishi va ekologik talablarning kuchayishi natijasida korxonalar uchun innovatsion rivojlanish, mahsulot sifatini oshirish va bozor diversifikatsiyasi kabi masalalar dolzarb bo‘lib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida tekstil sanoati iqtisodiyotning yuqori qo‘shimcha qiymat yaratuvchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, paxta-to‘qimachilik klasterlari tizimi, xomashyoni chuqur qayta ishlash imkoniyatlari va geografik jihatdan qulay eksport yo‘nalishlari uning raqobat ustunligini belgilovchi omillar sirasiga kiradi. Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda1 mamlakat tekstil mahsulotlari eksporti 80 dan ortiq davlatga yetkazilgan bo‘lib, umumiy hajmi 3,5 milliard AQSh dollaridan oshdi. Biroq, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushining yetarlicha oshmasligi, dizayn va brend yaratishdagi yetarli darajadagi innovatsiya kamligi, hamda xalqaro sifat va ekologik standartlarga to‘liq moslashmaganlik tarmoqning global raqobatbardoshligini cheklab qolmoqda. Shu bois, tekstil sohasida raqobatbardoshlikni oshirish — zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish, xalqaro sertifikatsiya talablariga javob berish, marketing va brending strategiyalarini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu maqolada O‘zbekiston tekstil sanoatining raqobatbardoshlik salohiyatini oshirish yo‘nalishlari ilmiy tahlil qilinadi, xalqaro tajriba asosida samarali strategiyalar ishlab chiqiladi va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri baholanadi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Tekstil sanoatida raqobatbardoshlik masalalari bo‘yicha ilmiy adabiyotlar asosan uch asosiy yo‘nalishga jamlangan: xalqaro raqobat nazariyalari, innovatsion rivojlanish strategiyalari va global qiymat zanjirida integratsiyalashuv mexanizmlari. Michael Porter (1985)2 o‘zining “Competitive Advantage” asarida raqobat ustunligini shakllantirish omillarini “Besh kuch” modeli orqali tahlil qilib, soha korxonalari uchun mahsulot differensiyatsiyasi, tannarxni optimallashtirish va bozorga kirish strategiyalarining ahamiyatini ta’kidlaydi. Gereffi va Frederick (2010)3 esa global kiyim-kechak qiymat zanjiri modelini ishlab chiqib, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish va brend yaratishning strategik ahamiyatini ko‘rsatadi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. (2024). O‘zbekiston iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha yillik hisobot. https://www.mf.uz 2 Porter, M. E. (1985). Competitive advantage: Creating and sustaining superior performance. Free Press. 3 Gereffi, G., & Frederick, S. (2010). The global apparel value chain, trade and the crisis: Challenges and opportunities for developing countries. World Bank Policy Research Working Paper, 5281. https://doi.org/10.1596/1813-9450-5281 58 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference OECD (2023)4 hisobotida tekstil sanoatining barqaror rivojlanishi uchun “yashil” texnologiyalar, qayta ishlangan materiallardan foydalanish, energiya tejamkor ishlab chiqarish tizimlari va ekologik sertifikatsiya talablarini bajarish muhim omillar sifatida qayd etilgan. Shuningdek, Banga (2013) o‘z tadqiqotida global qiymat zanjirida ishtirok etish mamlakatlar uchun nafaqat iqtisodiy foyda, balki texnologik bilim transferini ham ta’minlashini ta’ki
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются вопросы повышения конкурентоспособности текстильной промышленности Узбекистана.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются вопросы повышения конкурентоспособности текстильной промышленности Узбекистана. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- textile industry, competitiveness, innovation, export, brand, innovatsiya, tekstil sanoati, eksport, raqobatbardoshlik, brend, xalqaro standartlar.
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025