Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING SHAXSLARARO MUNOSABATI
Creative Behavior,(),-. · AND RELATED FIELDS. · MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING SHAXSLARARO MUNOSABATI (3. Дианы Борисовны Богоявленской // Вестник Московского университета.)
Цифровизация современного образования: проблема и решение · 1967
Аннотация
Maqolada maktabgacha yosh davridagi shaxslararo munosabatlar muammosining psixologik nazariy adabiyotlarda o‘rganilganligi tahlil qilingan. Maktabgacha yosh davrining o‘ziga xos psixologik hususiyatlari va o‘yinning maktabgacha yosh davrida shaxslararo munosabatlar tizimiga ta’siri mexanizmlari haqida fikrlar bildirilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxslararo munosabatni aniqlovchi o‘yinli mashg‘ulotlari ko‘rib chiqildi. Kalit so‘zlar: shaxslararo munosabat, maktabgacha yosh, psixologik hususiyat, o‘yin Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bunga qo‘shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo‘q. Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shu munosabat bilan joriy yilning 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 107 Jamiyatni rivojlantirish, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli farzandlarimizning tarbiyalanganlik darajasi bugungi kunda zamon talablariga javob beradigan vazifalarni bajarish buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada rivojlantirish zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishda uzluksiz ta’limning bosh harakatlantiruvchi zamini maktabgacha ta’lim tizimidan bolalarga ma’naviy, ruhiy, jismoniy, axloqiy tarbiya berib maktab ta’limiga tayyorlashdir. Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, balki fikrlash ko‘nikmasi, kattalar va tengdosh o‘rtoqlarini tushinish, ular bilan hamklorlik qilish ham talab etiladi. Bola maktabga qadam qo‘yayotganda qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallshiga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi ko‘nikmalari, voqea-hodisani mustaqil ravshda tahlil etishi va mustaqil harakat qilishiga o‘rgatishgina emas, balki unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda bolada “Men” konsepsiyasini shakllatrishda muhimdir. Bolalar jamoasini shakllantirish masalalari, bolalar bog‘chasi guruhining o‘ziga xos xususiyatlari va undagi shaxslararo munosabatlar, maktabgacha ta'lim muassasalarining bolalar individual psixologik xususiyatlarini shakllantirishga ta'siri maslasi - bularning barchasi tadqiqotchi psixologlarda alohida qiziqish uyg‘otadi. Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3-4 yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik bog‘cha yoshi), (4-5 yosh) o‘rta maktabgacha davr, (o‘rta bog‘cha yoshi) , (6-7 yosh) katta maktabgacha davr (katta bog‘cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog‘cha Yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratilish lozim. Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. Shuning uchun ham bir qator fanlar - falsafa, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi va pedagogikasining kesishmasida vujudga kelgan shaxslararo munosabatlar muammosi hozirgi zamonning eng muhim muammolaridan biridir. Bu muammo yosh avlodni tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti uchun juda muhim bo‘lgan "jamoaviy munosabatlar tizimidagi shaxs" muammosi bilan birlashadi [7]. Shaxslararo munosabatlar - bu birgalikdagi faoliyat jarayonida odamlarning o‘zaro ta'sir qilish tabiati va usullarida ob'ektiv ravishda namoyon bo‘ladigan, sub'ektiv ravishda odamlar o‘rtasidagi tajribali munosabatlar. Bu odamlar bir-birini idrok etadigan va baholaydigan munosabatlar, yo‘nalishlar, kutishlar, stereotiplar va boshqa moyilliklar ti
Доказательный фрагмент
«Maqolada maktabgacha yosh davridagi shaxslararo munosabatlar muammosining psixologik nazariy adabiyotlarda o‘rganilganligi tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada maktabgacha yosh davridagi shaxslararo munosabatlar muammosining psixologik nazariy adabiyotlarda o‘rganilganligi tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psychological characteristics, игра, o‘yin, game, preschool age, межличностные отношения, maktabgacha yosh, shaxslararo munosabat, психологические особенности, дошкольный возраст, psixologik hususiyat, interpersonal relationship
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026