Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПОРТРЕТ-КАК МЕТОД ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО ИЗОБРАЖЕНИЯ
Rushana Zaripova
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Портрет – один из средств изображения, помогающий ясно представить себе персонажей художественного произведения. То есть художественное мастерство художника можно определить по изображению им портрета литературного героя. В данной статье на примере творчества Абдукаюма Юлдоша подробно освещена роль портрета в возникновении художественного психологизма, художественного мастерства и их исследования. Ключевые слова: портрет, образ, художественность, психологизм, психологический образ, стиль, мастерство. Epik turning roman janrida qahramon portretini batafsil chizish imkoniyati kengroq, hikoyada bu imkoniyat nisbatan chegaralangan bo‘lishiga qaramay, qahramon xarakterini ochishda portret muhim ahamiyat kasb etadi. Biz yuqorida portret–badiiy asar qahramonlarni aniq tasavvur qilishga yordam beradigan tasvir vositalaridan biri ekanligi haqida fikr yuritgan 140 edik. Ya’ni ijodkorning badiiy mahoratini uning adabiy qahramon portretini tasvirlashiga qarab ham belgilasa bo‘ladi. Biz odamlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tasvirlashda mavjud kishilarga monand va ayni vaqtda chiroyliroq qilib ishlaydigan yaxshi portret ustalaridan o‘rnak olishimiz kerak1ligini hayot yana bir bor isbot etadi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joiz, portret orqali xarakterni ochib berishda o‘tgan asrning boshlaridayoq o‘z mahoratini namoyon qilgan adib Abdulla Qodiriydir. Ijodkorning “O‘tkan kunlar” romanida Oftob oyim, O‘zbek oyim, Yusufbek Hoji, Otabek, Hasanali, Homid kabi obrazlarning o‘ziga xos portreti yaratilgan. Qodiriy Kumushni tanishtirar ekan uning portretini yuzidagi “qora xoli”gacha ixlos bilan, o ‘zgacha bir mehr bilan tasvirlaydi. Xuddi mana shu “ixlos” Zaynabga kelganda ijodkorning “xasisligi” tutadi. Zaynabning go’zalligi o‘zgalar tilidan, masalan, O‘zbek oyim tomonidan “Toshkent shahrining eng go‘zal qizlaridan ekan”ligi oddiy xabar sifatida, gap orasida “qistirib” o‘tiladi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, bu, albatta, yozuvchining badiiy niyati bilan bog‘liq. Masalan, Kumush portretini eslaymiz: “...uyning to‘riga soling‘an atlas ko‘rpa, par yostiq quchog‘ida sovuqdan erinibmi va yo boshqa bir sabab bilanmi uyg‘oq yotqan bir qizni ko‘ramiz. Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonig‘a tartibsiz suratda to‘zg‘ib, quyuq jinggila kiprak ostidag‘i timqora ko‘zlari bir nuqtag‘a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko‘rgan kabi... qop-qora kamon, o‘tib ketkan nafis, qiyig‘ qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi... to‘lg‘an oydek g‘uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi... Shu vaqt ko‘rpani qayirib ushlagan oq nozik qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabi’atning nihoyatda usta qo‘li bilan qo‘ndirilg‘an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘lturdi. Sariq rupoh atlas ko‘ynakning ustidan uning o‘rtacha ko‘kragi bir oz ko‘tarilib turmoq-da edi. Turib o‘lturgach boshini bir silkitdi-da, ijirg‘anib qo‘ydi. Silkinish orqasida uning yuzini to‘zg‘ig‘an soch tolalari o‘rab olib jonso‘z bir suratka kirgizdi. Bu qiz suratida ko‘ringan malak qutidorning qizi — Kumushbibi edi.”2 Qodiriyning portret yaratish an’anasi zamonaviy adabiyotimizda ijod qilayotgan yozuvchilarimiz asarlarida, jumladan Abduqayum Yo’ldosh asarlarida ham o‘ziga xos uslubda davom ettirilmoqda. Masalan, “Tushov” hikoyasida Ayol portretini tasvirlar ekan, yozuvchi bunda portretning ekspozitsion turidan foydalanadi, ya’ni qahramon asarda ilk marta ko‘rinishi bilanoq uning tashqi ko‘rinishini ta’riflaydi: “Ayol... go‘zal edi. Sutday oydin oqshom uning marmar kabi oppoq, silliq yuzini, o‘ng 1 Arastu. Poetika. Ritorika. Toshkent–2011, 41-b. 2 Қодирий А. Ўткан кунлар. – Тошкент: Шарқ, 2014. 23-24-б. 141 yonog‘idagi moshday qora xolini, nim ochilgan g‘unchaday ol lablarini, iyagidagi tugmadekkina chuqurchasini, parvozga shaylangan qaldirg‘och qanotiday qoshlarini, safga tizilgan mag‘lub cherikning nayzalariday quyuq kipriklarini, oqqushniki misol bo‘ynini, mutanosib nozik yelkalari-yu siynalarini, ne bir ajib shaklda harakatsiz qotgan ingichka, uzun- uzun barmoqlarini alohida ta’kidlab ko‘rsatmoqdaydiki, baayni hozirgina musavvir Behzod yoyinki Chingiz Ahmar mo‘yqalamidan bunyod bo‘lgan Sharq go‘zali hali farog‘atda xobgohida orom olayotganday...”3 deb tasvirlansa, yana bir hikoyasi “Homiy”dagi Oysuluvni “Yuzlari tiniq, qoshlari qaldirg‘och qanotiday, uzun-uzun kipriklari quyuq, hech qanday bo‘yoq-mo‘yoq surilmasa-da g‘unchadek qip-qizil lablari tagida bittagina moshdek xol, iyagida husnini yana oshirib turgan chuqurcha, zulukday qop-qora soch deganingiz yelkani shaloladay qoplab turibdi” – deb Qodiriyona portretni chizib beradi. Lekin, shu o‘rinda aytish joizki, ikki asardagi porteretda ham o‘xshash jihatlar ko‘p. Yana biz Qodiriyning ayrim qahramonlar, jumladan salbiy obrazlar xarakterini ochib berishida o‘ziga xos uslubni ko’ramiz. Masalan, Otabek va Kumushga dushmanlik qilgan Jannatning qiyofasi, “yerdan bichib olg’andek pak-pakana, burni yuzi bilan baravar, deyarli tep-tekis, ko’zi qoqqan qoziq
Доказательный фрагмент
«Портрет – один из средств изображения, помогающий ясно представить себе персонажей художественного произведения.»
Образец извлечения
Демо-превьюПортрет – один из средств изображения, помогающий ясно представить себе персонажей художественного произведения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- portrait, image, artistry, psychologism, psychological image, style, skill, portrait, image, artistry, psychologism, psychological image, style, skill., portret, obraz, badiiyat, psixologizm, psixologik tasvir, uslub, mahorat., портрет, образ, художественность, психологизм, психологический образ, стиль, мастерство.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураМихаил Иванин2018