К содержанию
РецензированоRU2026

ИССЛЕДОВАНИЯ С ЦЕЛЬЮ ОПРЕДЕЛЕНИЯ СРЕДСТВ ИДЕНТИФИКАЦИИ И ПОКАЗАТЕЛЕЙ ОТДЕЛЬНЫХ КОСМЕТИЧЕСКИХ ПРОДУКТОВ

Shukurov Shahboz Anvar o`g`li · Hamroqulov G’ofurjon Xolyigitovich

Современная наука и исследования · 4 · 231-234 · 2026

Аннотация

Identification carried out for the purpose of examination and certification of cosmetic products is of great practical importance, so it is important to determine the identification criteria necessary for the identification of cosmetic products. Identification criteria for specific types of cosmetic products differ from each other, which is determined by the variety of goals, composition and functional features of cosmetic products of various types. As you know, the number of identification indicators should be acceptable, that is, tests should not be carried out on a whole range of quality indicators, which complicates identification, so they should be reasonably selected and at a level that allows sufficient information to be provided for an expert opinion. Keywords: cosmetic products, identification criteria, identification methods, identification index, certification, labeling. Mavzuning dolzarbligi: Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, maqsadga qarab mezon va ko‘rsatkichlar soni, shuningdek qo‘llaniladigan vositalar va usullar har xil bo‘ladi. Bu identifikatsiya paytida amalga oshirilgan ishlar hajmini aniqlaydi. Ishning tahlili va amaliy natijalarini hisobga olgan holda, biz kelajakda boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan, ikki turdagi faoliyatni identifikatsiyalash tartibini ishlab chiqishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bular ekspertiza va sertifikatlashdir. Identifikatsiyani amalga oshirishda mahsulot turiga qarab va maqsadga ko‘ra dastlab identifikatsiya mezonlari aniqlanadi. Keyin tanlangan mezonlarni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan vositalar aniqlanadi. [1] Vositalarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: me’yoriy (texnik) va yuk hujjatlari (YuH). Identifikatsiya qilish uchun mos ko‘rsatkichlar me’yorlarini va ularni aniqlash usullarini belgilaydigan normativ yoki texnik hujjatlarga muhim ahamiyat beriladi. Identifikatsiya qilish uchun biz beshta usul guruhini aniqladik: analitik, ekspert, organoleptik, o‘lchash va ekspress usullar, ularning qo‘llanilishi tanlangan mezonlarga muvofiq belgilanadi [2]. Identifikatsiyaning har bir turi tegishli mezonlar bilan tavsiflanadi. Mezonlar orasida deyarli har doim identifikatsiya amalga oshirilishida inobatga olinadigan umumiy mezonlarni ajratish mumkin, masalan, mahsulot turi, nomi, ishlab chiqaruvchisi, YuHga muvofiqligi. Bundan tashqari, faqat ma’lum bir identifikatsiya turi uchun ishlatiladigan aniq mezonlar mavjud. Eng muhim identifikatsiya mezoni kosmetika mahsulotining nomi [3, 4]. Nomiga (turiga) qarab mahsulotning me’yoriy hujjati, maqsadi, qo‘llash usuli va saqlash shartlari aniqlanadi. 69 Kosmetika mahsulotlarining nomenklaturasi juda xilma-xildir, yangi turlari doimiy ravishda paydo bo‘ladi, shuning uchun hozirda barcha turdagi mahsulotlar uchun standartlar mavjud emas. Bundan tashqari, kosmetika mahsulotlari murakkab va ko‘p komponentli tarkibga ega, shu sababli ba’zida mahsulotni u yoki bu turga bog‘lash qiyin bo’ladi. Nomi va asosiy funktsional xususiyatlarga muvofiqligini aniqlash mahsulotning xususiyatlarini organoleptik o‘rganishdan boshlanadi: rang, hid, ushbu maqsaddagi mahsulotning xarakteristikasi. Ba’zida mahsulot nomini to‘g‘ri aniqlash uchun faqat organoleptik xususiyatlar yetarli emas. Misol uchun, shampunlarni vannalar uchun ko‘pikdan yoki konditsionerlardan ajratish ko‘pincha qiyin. Shuning uchun ushbu nomlarni yanada aniqlashtirishda mahsulotlarning belgilangan nomga muvofiqligini yanada ishonchli tasdiqlash yoki rad yetish imkonini beruvchi laboratoriya (o‘lchash) tahlil usullari qo‘llaniladi. Shunday qilib, shampunlarni, vanna ko‘piklarini va konditsionerlardan farqlash uchun kerak bo‘lganda uchta ko‘rsatkichni tanlash mumkin: pH, sirt faol moddalar tarkibi va ko‘piklanish qobiliyati. Firmalar o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshqa ishlab chiqaruvchilarga ishonib topshirishlari mumkin, bu qabul qilingan amaliyot ham identifikatsiyani qiyinlashtiradi. Mahsulotlar uchun mas’ul bo‘lgan va ishlab chiqaruvchi ro‘yxatiga kiritilgan kompaniya mahsulot uchun javobgar hisoblanadi, garchi konteynerlar va hatto tovarlarning o‘zini ishlab chiqarish uning nomidan boshqa korxonalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lsa ham. Tovarlarni identifikatsiyalashning 3 ta bosqichi mavjud: 1. Dastlabki identifikatsiya- bunda mahsulot hujjatlari o‘rganiladi, tahlil qilinadi, qadoqlari tekshiriladi, muvofiq va nomuvofiq xususiyatlari ajratilib, organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari baholanadi. 2. Yakuniy identifikatsiya- bunda sinov ma’lumotlari tahlil qilinadi va xulosa uchun to‘liq tahlil ishlari amalga oshiriladi. 3. Muvofiqlik to‘g‘risida xulosa tuzish. Identifikatsiyaning birinchi turi mahsulotlarni nomi va uning asosiy funktsional xususiyatlari meyoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Mahalliy mahsulotlarning yorlig‘ida ushbu mahsulot ishlab chiqariladigan GOST yoki boshqa standart ko‘rsatiladi. Mahsulotning muvofiqlik sertifikati, yo‘l varaqasi yoki schyot-faktura, invoys, shartnoma yoki k

Доказательный фрагмент

«Identification carried out for the purpose of examination and certification of cosmetic products is of great practical importance, so it is important to determine the identification criteria necessary for the identifi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Identification carried out for the purpose of examination and certification of cosmetic products is of great practical importance, so it is important to determine the identification criteria necessary for the identifi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
cosmetic products, identification criteria, identification methods, identification, kosmetika mahsulorlari, identifikatsiyalash, косметические продукты, идентификационные критерии, cosmetic products, identification criteria
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники