Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI Gulmatova Hurriyat Sadikovna
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Gulmatova Hurriyat Sadikovna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 355–358 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada talabalarning ixtisoslik fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili sifatida, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda o‘qitishning interaktiv metodlari yordamida mustaqil ta’lim olishni yo‘lga qo‘yish, elektron darslik va multimediya vositasida o‘qitish haqida fikr yuritilgan. Tayanch so‘zlar: axborot-kommunikatsiya, texnologiya, oliy ta’lim, pedagogik texnologiya, ta’lim sifati, elektron o‘quv vositalari, elektron darslik. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot- hisoblash tarmog‘i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo‘lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda Respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o‘zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog‘liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog‘liqdir. O‘quv fanlari bo‘yicha elektron o‘quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o‘z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili bo‘lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o‘qituvchilarni ilg‘or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o‘rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi. Multimedia – gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy mahsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari, muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati operativ va video- xotira, katta sigimli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi, “inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish 32 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo‘lga qo‘yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Oliy ta’lim tizimida talabalarni kasbiy faoliyatga o‘rgatishda ularning izlanuvchanlik, ijodiy va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalardan samarali foydalanish muhim hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimida axborot texnologiyalari bilan zamonaviy pedagogik texnologiyani birgalikda ta’lim jarayoniga tatbiq etish. o‘qitish jarayonida juda yaxshi samara beradi. Zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda o‘qitishning interaktiv metodlari yordamida mustaqil ta’lim olishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Talabalar bilimini har xil turdagi mashg‘ulotlar bo‘yicha xolisona baholash mezonlari, tanqidiy fikrlash va ijodni rivojlantirish, interaktiv ta’lim bo‘yicha metodik ishlanmalarni yaratish zamon talabidir. Ta’lim sifatini boshqarish asosan informatsion texnologiyalar asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish va samarali pedagogik faoliyat uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirish kerak. Informatsion texnologiyalarni qo‘llash sharoitida o‘qituvchi faoliyati o‘zgaradi. Bu esa o‘qituvchining yangi pedagogik muhitda yangi o‘qitish vositalarini qo‘llab, talabalarga tayyor bilimlarni berish emas balki ularga yangi bilimlarni mustaqil izlash va topish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Kompyuter texnikasining qo‘llanilishi an’anaviy o‘qitish falsafasini o‘zgartiradi, ya’ni o‘quv jarayonida uchinchi ishtirokchi, kompyuter ishtirok etadi. An’anaviy o‘qitish texnologiyasiga o‘rgangan pedagoglar kompyuterli o‘qitishning ahamiyati va afzalliklarini ham sezmayaptilar. Ular uch
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada talabalarning ixtisoslik fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili sifatida, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning ah…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada talabalarning ixtisoslik fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili sifatida, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning ah… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogik texnologiya, axborot-kommunikatsiya, texnologiya, ta’lim sifati, elektron darslik., oliy ta’lim, elektron o‘quv vositalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025