Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ СЛОВА НА КОРЕЙСКОМ ЯЗЫКЕ
Sherov Rasul Ravshanovich
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
Vocabulary plays an important role in the development of Korean language learners. The reason for this is that in the initial stage of Korean language learning, reading, writing, listening and speaking skills can only be developed with the help of a dictionary. The more vocabulary students have, the easier it is to learn Korean. Although vocabulary plays a central role in language learning, its importance has sometimes been neglected by researchers and teachers. Most teachers focus on syntax and phonology when teaching Korean. Therefore, this article will talk about the importance of vocabulary in learning Korean. Key words: Korean language, vocabulary, syntax, reading ability, listening comprehension, method. ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ СЛОВА НА КОРЕЙСКОМ ЯЗЫКЕ Аннотация. Словарный запас играет важную роль в развитии изучающих корейский язык. Причина этого в том, что на начальном этапе изучения корейского языка навыки чтения, письма, аудирования и разговорной речи можно развивать только с помощью словаря. Чем больше у учащихся словарного запаса, тем легче изучать корейский язык. Хотя словарный запас играет центральную роль в изучении языка, его важность иногда упускается из виду исследователями и преподавателями. Большинство учителей при обучении корейскому языку уделяют особое внимание синтаксису и фонологии. Поэтому в этой статье пойдет речь о важности словарного запаса в изучении корейского языка. Ключевые слова: корейский язык, словарный запас, синтаксис, умение читать, понимание на слух, метод. Lug‘at chet tilini o‘rgatishning asosiy to‘rt komponenti: fonematik xabardorlik, fonetika, ravonlik va tushunish komponentlaridan so‘ng beshinchi o‘rinda turadigan muhim komponentlardan biri hisoblanadi. O‘quvchining so‘z boyligi (og‘zaki yoki yozma) qanchalik boy bo‘lsa, tinglash yoki o‘qish jarayonida matnlarni tushunish shunchalik oson bo‘ladi. Lug‘at boyligi ma’lumot olish va samarali muloqotga kirishish uchun muhim vositadir. Lug‘atning bilish darajasi 3 03 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ akademik muvaffaqiyatni aniqlab beruvchi omil bo‘lib, bunda so‘z boyligi keng bo‘lgan o‘quvchi yangi tushuncha va g‘oyalarni so‘z boyligi cheklangan o‘quvchiga qaraganda tezroq tushuna oladi. Ushbu muhim omillarga qaramay, aksariyat koreys tili o‘qituvchilari o‘z talabalariga lug‘atni o‘rgatishning eng samarali usullarini aniqlashda qiynalmoqda. So‘z boyligini rivojlantirishning ko‘plab uslubiy va nazariy yondashuvlari mavjud. Koreys tilini o‘rgatuvchi o‘qituvchilar uchun ilovalar, vizual tasvirlar va videolar kabi multimediya va kompyuter dasturlarini birlashtirgan turli xil o‘quv vositalari ishlab chiqilgan. Ushbu vositalar qisqa vaqt ichida katta hajmdagi leksik ehtiyojni ta’minlashda va o‘quvchilarning koreys tilini bilish uchun motivatsiyasini rag‘batlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Biroq, shunga qaramay, o‘qituvchilar hali hanuz koreys tilini o‘rganuvchi o‘quvchilarga tilni maqsadli o‘zlashtirishga yordam berishning eng yaxshi usulini aniqlash muammosiga duch kelishmoqda. Shuningdek, guruhdagi o‘quvchilarning bilimlari va ularning kommunikativ qobiliyatlari o‘rtasida jiddiy tafovut mavjud. Lug‘atni o‘rgatishdagi qiyinchiliklarning uchta asosiy sababi bor. Birinchidan, o‘qituvchilar ko‘pincha asosiy manbaa sifatida darslik yoki boshqa o‘quv materiallaridan foydalanadilar. Ko‘plab darsliklarda koreys tili koreyslarning kundalik suhbatlarida ishlatadigan shaklda emas, balki uning standart shaklida taqdim etiladi. Ikkinchidan, koreysi tilini o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi tomonidan taqdim etiladigan lug‘at materiallarining aksariyatida fonematik tushuncha, fonetika va so‘zlarni tahlil qilish ko‘nikmalari yetishmaydi. Bu esa o‘quvchining so‘z boyligini o‘zlashtirish jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Uchinchidan, o‘qitish usullari va materiallarining katta qismi o‘qish, yozish va gapirishga emas, balki lug‘atning o‘zigagina qaratilgan. Shu sababli, o‘quvchi o‘rganish jarayonida har doim ham o‘zi o‘rgangan mos so‘zlarni qo‘llamasligi va buning natijasida o‘rgangan lug‘atni osongina unutib qo‘yishi mumkin. Bu muammo ayniqsa koreys tilini o‘rganuvchilar orasida keng tarqalgan. Ta’lim berish jarayoniga ijtimoiy harakatchanlik va iqtisodiy farovonlikka erishishning eng muhim usuli sifatida qaralishi lozim. O‘quvchiga sifatli ta’lim berish orqali uni qo‘llab- quvvatlashlari mumkinligi barchaga ma’lum. So‘ngi yillarda yurtimizda “Koreys to‘lqini”ning ommalashuviga bir qancha omillar, jumladan, kirish imtihonlarida koreys tilidan testlarning joriy etilishi, boshlangʻich maktabda ham koreys tili taʼlimining joriy etilishi va boshqalar sabab bo‘lmoqda. Koreys tilini o‘zlashtirishga e’tibor kuchaygan bir paytda, bu tilni o‘qitishdagi muvaffaqiyatsizliklar an’anaviy grammatik tarjima usuli bilan bog‘lanmoqda. Shu sababli, ba’zi ekspertlar og‘zaki tildagi ravonlik koreys tilini o‘qitishning asosiy maqsadi bo‘lishi kerak, degan to‘xta
Доказательный фрагмент
«Vocabulary plays an important role in the development of Korean language learners.»
Образец извлечения
Демо-превьюVocabulary plays an important role in the development of Korean language learners. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Korean language, vocabulary, syntax, reading ability, listening, Korean language, vocabulary, syntax, reading ability, listening comprehension, method., корейский язык, словарный запас, синтаксис, умение читать, понимание на слух, метод., koreys tili, lug‘at, sintaksis, o‘qish qobiliyati, tinglab tushunish, metod.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026